Mustaqillik urushining boshlanishi 1775 yil 19 aprelida ingliz generafi Geyj Konkorddagi zambaraklar, porox, musbket o`qlari va un zahiralarini egallash maqsadida Bostondan 1700 kishidan iborat harbiy korpusni jo`natdi. Boshqa mustamlakalardan kelgan aholi Boston shahrida lager lashkil qilib, uni "Ozodlik lageri" deb atadilar. Tezda Bostinda amerikaliklarning 20 ming kishilik qo`shini tashkil topdi. 1775 yil 17 iyunda Boston yaqinida mustamlakalarning qo`shini Angliyaning Bostondagi harbiy garnizonini mag`lubiyatga uchratdi. Shundan so`ng boshqa rayonlarda ham harbiy harakatlar boshlanib ketdi.
1775 yil may oyida Filadelfiyada kongress chaqirildi va u ikkinchi kontinental kongress deb nom oldi. 15 iyunda Yangi Angliya dcputatlarining taklifi bilan kongress poikovnik Jorj Vashingtonni oliy bosh qo`mondon qilib sayladi. Vashington jangovar qo`shin tashkil qiHshga kirishdi. 1776 yil mart oyida Vashington qo`shini Bostonni egalladi. Jon Adamsning aytishicha, urush davrida Amerika aholisining uchdan biri mustaqillik tarafdori. biri qarshi, uchinchisi betaraf bo`lgan Amerikada bu davrda qurol ko`tarishga qurbi etadigan 2 million 200 ming kishilik oq tanli aholi bo`lgan. Ammo Vashington qo`shinining soni 22 ming kishidan oshmagan. Bu vaqtda 50 mingdan ziyod amerikalik ingliz qo`shinlari tarkibida xizmat qilgan. Hammasi bo`lib Shimoliy Amerikaga Angliyadan 90 ming kishilik qo`shin yuborilib, ularning 30 minggi yollangan nemis qo`shinidan iborat bo` Igan.
Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik deklarasiyasi". Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik deklarasiyasi". 1775-1776 yillarda ayrim muslamlakalar o`zlarini ozod va mustaqil davlat deb e`lon qildilar. Kontinental kongressdagi mustamlakalar deputatlarining ko`pchiligi inqilobga moyil bo`lgan yangi deputatlar bilan almashtirildi. 1776 yilgi ikkinchi kontinental kongressda shtatlar mustaqil davlat sifatida e`tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |