Amerika Qo'shma Shtatlari davlat budjeti, budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarning xususiyatlari


Download 127.81 Kb.
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi127.81 Kb.
#1648632
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amerika Qo\'shma Shtatlari davlat budjeti, budjet tizimi va budjetlararo


Amerika Qo'shma Shtatlari davlat budjeti, budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarning xususiyatlari
Reja:
Kirish
1. Davlat byudjeti daromadlarining iqtisodiy mohiyati va daromadlarning oshirishning tashkiliy-iqtisodiy huquqiy asoslari.
2. Amerika Qo'shma Shtatlari davlati byudjeti daromadlarining nazariy asoslari
3. Amerika Qo'shma Shtatlari davlat byudjeti daromadlari tarkibining amaldagi holati tahlili.
4. Amerika Qo'shma Shtatlari davlat byudjeti daromadlarini optimallashtirish yo’nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar royxati

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ijtimoiy – iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida to’liq va ijobiy hal etish ma’lum moliyaviy asosni talab etadiki, aynan ushbu asosning markaziy bo’g’inini davlat budjeti daromadlari tashkil etadi. Davlat moliyasini sog’lomlashtirish davlat budjeti daromadlarining barqarorligini, ularni shakillantirish manbalari mukammal nisbatini va butligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan institutsional isloxotlarni hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bir vaqtning o’zida mamlakatimiz budjetining so’ngi yillaridagi ijobiy qoldig’i, ya’ni budjetning profitsit bilan yakunlanishiga qaramasdan, budjetni belgilangan miqdordagi daromadlar bilan ta’minlash masalasining juda kata qiyinchiliklar bilan hal etilayotganligini, davlatning ixtiyorida bo’lishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslarning yetarli darajada emasligi uning o’z oldiga qo’ygan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirish ma’lum bir qiyinchiliklarni vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jahon xamjamiyatiga integratsiyalashuvida tashqi tahdidlarning sodir bo’lishi muqarrar. Bu borada davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevningning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Joriy yilda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko’plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlar to’lash muddatini uzaytirish yoki bo’lib bo’lib to’lashga ruhsat berish bo’yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. Bunday islohatlar albatta iqtisodiyotni rivojlantiribgina qolmay, byudjet daromadlarini ortishiga va mamlakatimiz turmush sharoitini o’sishiga olib keladi”1.
Kurs ishining asosiy vazifalari:

  • davlat budjeti daromadlarini iqtisodiy mohiyati va ahamiyati:

  • davlat byudjeti daromadlari shakllanishi yuzasidan xorij tajribasi:

  • davlat budjeti daromadlarini shakillantirishning tashkiliy – iqtisodiy va huquqiy asoslari;

  • davlat budjeti daromadlarini oshirishdagi muammolar va daromadlarni optimmallshtirish yo’nalishlarini tahlilidan iborat.

Ushbu kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, o’rganilgan va tahlil qilingan materiallar, bayon qilingan fikr-mulohazalar, xulosa va takliflardan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini oshirishni takomillashtirish masalalarida nazariy-amaliy manba sifatida qo’llanilishi mumkin


Download 127.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling