Amerika Qoʻshma Shtatlari
Download 0.83 Mb.
|
Kattaboyev Asadbek AQSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoʻjaligi ;
- E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Amerika Qoʻshma ShtatlariTIPI “Iqtisodiyot” fakulteti 22/1 guruh talabasi Kattaboyev Asadbek Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America, USA), Qoʻshma Shtatlar (inglizcha: United States) yoki shunchaki Amerika (inglizcha: America) Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQShga qarashli. Maydoni — 9.8 million km2. Aholisi 331 million kishidan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadi. AQSh 50 ta shtat, bitta federal okrug va beshta hududdan tashkil topgan federativ respublikadir.[6][7][8] Bundan tashqari, jahonning mavjud eng qadimgi federatsiyasi hisoblanadi. 2021-yilda AQSh Demokratiya indeksida 26-oʻrinni egalladi.[9] QShning amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi — qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq — Kongress, Prezident va Oliy suddir. Xoʻjaligi ; AQSh — dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSh ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, 1994—1996-yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham AQSh birinchi oʻrinda turibdi. E’tiboringiz uchun rahmat !!! Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling