Navoiy shahar
20-umumiy o`rta ta’lim maktabi
tarix fani o`qituvchisi
Kamoliddin Fayzullayevning
9-sinflar uchun
“Amerika Qo’shma Shtatlari”
mavzusida dars ishlanmasi
Sana:
Sinf: 9
Fan: Jahon tarixi
Mavzu: Qadimgi dunyoning yetti mo’jizasi
Dars maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: o`quvchilarda Amerika Qo`shma Shtatlari haqida tushunchalar hosil qilish;
b) Tarbiyaviy maqsad: axloqiy xislatlarni shakllantirish, vatanga muhabbat tuyg’usini singdirish, ma’naviy, madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga o’rgatish;
s) Rivojlantiruvchi maqsad: mustaqil bilim olishga o’rgatish, nutq madaniyatini shakllantirish, tarixiy bilimlarini oshirishga ko’maklashish.
Fanga oid kompetensiyalar:
1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.
2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
Tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;
Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |