Kamoliddin Fayzullayevning 9-sinflar uchun “Amerika Qo’shma Shtatlari” mavzusida dars ishlanmasi


Download 0.55 Mb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1159075
1   2   3
Bog'liq
AQSH

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Fuqarolar urushidan keyin yagona ichki bozorning vujudga kelganligi, qulchilikning tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi, unumdor yerlarning, foydali qazilma boyliklarning ko’pligi, sersuv daryolar va poyonsiz o’rmonlar, amerika xalqining tadbirkorligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo’ldi. Ayni paytda, AQShga qo’shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz edi. Bu hol AQShni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi. Bundan tashqari, AQShga yashash uchun kelganlarning katta qismi amalda yuqori malakali mutaxassis kishilar cdi.1870-1914-yillarda AQShga 25 mln. kishi ko’chib keldi. Bu ham AQSh taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. Shuningdek, ishchi kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarishga keng joriy etilishiga yo'1 ochdi. 1900-yilda mamlakat aholisining atigi 6 foizi savodsiz edi. Qo’lida biroi himaming yo’qligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylandi. Bu omillar ham AQShning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.XIX asrning oxirgi o’ttiz yili AQSh tarixida taraqqiyotning yuksakligi va juda muhim iqtisodiy va siyosiy voqealar bo`lganligi bilan xarakterlanadi. Agar 1860-yil AQSh sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda 4-o'rinda turgan bo’lsa, 1894-yilga kelganda birinchi o’ringa chiqib oldi. 1894-yilda AQShning sanoat mahsuloti G’arbiy Yevropadagi hamma mamlakatlar mahsulotining yarmiga teng va Buyuk Britaniya mahsulotidan esa ikki baravar oshiq edi.AQShda keng ichki bozorning vujudga keltirilishi kapitalizm taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Hammadan oldin bunga qishloq xo’jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining «amerikacha yo'li» g’alaba qilganligi, g’arbiy hududlarning tezlik bilan o’zlashtirilganligi, katta tezlik bilan temiryo’llar qurilganligi va immigratsiya natijasida aholining tez ko’payishi ham yordam berdi.AQSh sanoati o’sishida Yevropa kapitali ham muhim rol o’ynadi. 1880-yilda Yevropa davlatlari AQShga 2 mlrd. dollar kapital kiritgan bo’lsalar, bu ko’rsatkich 1890-yilda 3 mlrd. dollarga yetdi. Biroq, AQSh chetga kapital chiqarish bo’yicha Angliya, Fransiya va Germaniyadan orqada edi.AQSh XIX asrning so’nggi 30 yili ichida barcha sarmoyani asosan tinch qurilishga sarfladi.XX asr boshlarida mamlakatda ishlab chiqarishning markazlashuvi hamda bank kapitali bilan sanoat kapitalining qo’shilib ketishi davom etdi. Korxonalar soni 1899–1914-yillarda 208 mingdan 275 mingtaga yetdi. Sanoat mahsulotining qiymati 1909-yilda 20 mlrd. dollardan oshdi. By Buyuk Britaniya sanoat mahsulotlari qiymatidan 2,5 baravar, Germaniyadagidan 2 baravar ortiq edi. I jahon urushi davrida AQShda qazib chiqarilayotgan toshko’mirning, ishlab chiqarilayotgan cho’yan va poiatning miqdori Angliya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi. Sanoatning barcha tarmoqlari bo’yicha AQSh jahonda birinchi o’ringa chiqdi. Ishlab chiqarishning deyarli hamma tarmoqlarida trestlar tashkil etildi. Po’lat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat tarmoqlari «qirollari»ning qudratli sulolalari vujudga keldi. Ford avtomobil Qiroliga aylandi.1901-yilda Morgan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo’lgan Po’lat korporatsiyasi deb atalgan katta trestni tashkil etdi. Eng yaxshi koks-lanadigan ko’mir konlari joylashgan 5000 gektardan ko’proq yer, ming milyadan ko’proq temiryo'1, 100 dan ortiq daryo kemalari shu trestning qo’lida edi.Rokfellerning «Standart oyl» tresti jami neft mahsulotining 90 foizini, 70000 km neft quvurini, okeanlarda qatnaydigan yuzlab paroxodlami o’z qo’liga oldi. Trest neftdan so’ng gaz, elektr sanoatini, «Anakonda» mis konsernini, rux-qo’rg’oshin zavodlarini bo’ysundirishga kirishdi.1903-yilda Morgan va Rokfellerning ikkita eng katta banki temiryo'1, sug’urta kompaniyasi va boshqa kompaniyalarning 22 mlrd. dollardan ortiq kapitali bo’lgan 112 ta bankni nazorat qiladigan bo’ldi. 1914-yilga kelib aholining 2 foizi milliy boylikning 60 foiziga ega edi.Qishloq xo’jaligidagi tub o’zgarishning mazmunini qo'1 mehnati o’rnini mashinaning tobora ko’proq egallab borishi, kun kechirish uchun yer haydashdan savdo-sotiq maqsadida xo’jalik yuritishning mustahkam mavqeyiga ega bo’la borishi tashkil etdi. Natijada, 1860–1910-yillar oralig’ida AQShda fermerlar soni 3 marta ko’paydi, ya'ni 2 mln. dan 6 mln. ga yetdi.Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer esa 160 mln. gektardan 352 mln. ga yetdi. AQShda yerlarning katta qismi davlat yerlari edi. Bu mamlakatda G’arbiy Yevropaga o’xshash qirol xonadoni ham, Sharq mamlakatlaridagi singari yirik zamindorlar ham, katta-katta mulklarga ega bo’lgan cherkov yer egaligi ham yo’q edi.Tez orada qishloq xo’jalik texnikalari ixtiro qilindi. Bular xashakni press qiladigan mashina, g’alla o’radigan va yanchadigan mashina (kombayn), ekuvchi, qirquvchi, po’st archuvchi, yerni yumshatuvchi, o’g’it sochuvchi, kartoshka ekuvchi, somon qurituvchi, uy parrandalari inkubatori kabilardan iborat bo’ldi. Qishloq xo’jaligida ilm-fan yutuqlari ham keng qo’llanila boshlandi.
Janubda fuqarolar urushidan keyin katta o’zgarishlar yuz berdi. Qulchilik tugatildi. Aholi faollashdi. 1870-yilda AQSh Konstitutsiyasiga 15-tuzatish qabul qilindi. Unga ko’ra «irqi, terisining rangi yoki ilgarigi qullik holatini bahona qilib» saylovlarda ishtirok qilishni har qanaqasiga cheklash bekor qilindi. Janubdagi shtatlar yangi hukumatlari tarkibida negrlar ham qatnasha boshladi. Janubda federal hukumat topshirig’iga ko’ra bu yerga kelgan shimollik respublikachi amaldorlar bilan ozod qilingan negrlar bloki vujudga keldi. Yangi tipdagi hukumatlarda qatnashgan negrlar juda ishchanlik ko’rsatdilar. Bu hukumatlarning faoliyati taraqqiyparvar xarakterda edi. Ular davlat maktablari tizimini vujudga keltirdi. Adolatli soliq tizimini joriy qildilar. Irqiy kamsitish qonunlarini bekor qildilar. Mahalliy hokimiyat organlarini demokratlashtirdilar. Keksalar, nogironlar va yetim-yesirlar uchun xayriya jamiyatlarini tashkil qildilar.
Kongress 1872-yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy afv berish to’g’risidagi qonun qabul qildi. Ayni paytda isyon boshliqlaridan 500 ga yaqin kishining davlat vazifalarida ishlashi taqiqlandi. Bu hol plantatorlarning eski tartiblarini tiklash uchun kurash olib borishiga bahona bo’ldi. Janubda «Ku-kluks-klan» singari irqiy-terrorchi tashkilot yana «bosh ko'tardi». Taraqqiyparvar ziyoli xodimlardan o’ch olish va «Linch sudlari» yana oddiy hodisaga aylandi. Janub negr xalqi uchun «turma» bo’lib qoldi. Prezident saylovlari oldidan faqat ikki janubiy shtat (Janubiy Karolina va Luiziana shtatlari) radikal respublikachilar qo’li ostida qoldi, xolos. AQShda kuchli prezidentlik respublikasi qaror topdi. Ayni paytda, kuchli ikki partiyaviy tizim ham chuqur ildiz otdi.
1828-yilda tashkil topgan Demokratik partiya urush vaqtida «yegan» zarbalaridan o’zini tez «o'nglab olib», yirik yer egalari, boy fermerlar, Janub burjuaziyasi va Shimol sanoatchilari, moliyachilar manfaatini himoya qiluvchi partiya bo’lib qoldi. 1854-yilda tashkil topgan AQSh Respublikachilari partiyasi yirik sanoatchilar va moliyachilar partiyasiga aylandi.Har ikkala partiya ham mayda fermerlarga va shaharlardagi mayda burjuaziyaga, ishchilarga o’z ta'sirini o’tkazish uchun kurash olib bordi. Lekin, ishlab chiqarish yanada o’sib, ijtimoiy harakat rivojlanib borgan sari bu partiyalar o’rtasidagi farq asta-sekin yo’qolib bordi.Amerika burjuaziyasi ikki partiyali tizimdan ustalik bilan foydalanib keldi. Agar hokimiyat tepasida respublikachilar turgan bo’lsa, demokratlar hukumatini «tanqid qilib» va o’zlarini xalq manfaatlarini himoya qiluvchilar qilib ko’rsatib, norozilarning katta qismini o’z tomonlariga og’dirib olardilar. Demokratlar g’alaba qilgan taqdirda muxolifatchi partiya rolini respublikachilar o’ynardilar. Bu omil amalda boshqa uchinchi partiya tuzilishiga jiddiy to’siq bo’lib keldi.
Korporatsiya (lotincha – birlashma) – monopolistik aksiyadorlar birlashmasi.
Latifundiya (lotincha) – katta yer-mulk.
Ku-kluks-klan – irqchilik terrorchi tashkilot.
Linch sudiAQShda negrlar va demokratik harakat qatnashchilarini sud va so’roqsiz jazolash.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1870-1914-yillarda AQSHga necha kishi koʻchib kelgan? A) 10 mln B) 25 mln C) 50 mln D) 80 mln
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida quyidagi qaysi mamlakatda qoʻlida biror hunarning yoʻqligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylangan edi? A) AQSH B) Buyuk Britaniya C) Fransiya D) Yaponiya
Qachonga kelib, AQSH sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda 1-oʻringa chiqib olgan? A) 1860-yil B) 1894-yil C) 1880-yil D) 1890-yil
Ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulotni koʻpaytirish kapi-talizm taraqqiyotining ... deb ataladi. A) amerikacha yoʻli B) plantatsion modeli C) prusscha yoʻli D) yapon modeli
XIX asr oxirida AQSH chetga kapital chiqarish boʻyicha dunyoda ne-chanchi oʻrinni egallagan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Nechanchi yilda AQSHda Morgan tomonidan 1 mlrd dollarlik kapital-ga ega boʻlgan “Poʻlat korporatsiyasi” deb atalgan katta trest tashkil etil-gan? A) 1899-yil B) 1900-yil C) 1901-yil D) 1905-yil
Quyidagi qaysi mamlakatda 1914-yilga kelib aholining 2 foizini tashkil etuvchi sarmoyadorlar milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshlagan? A) AQSH B) Buyuk Britaniya C) Germaniya D) Fransiya
1860-1910-yillar oraligʻida AQSHda fermerlar soni qanchaga koʻpaydi? A) 2 marta B) 3 marta C) 4 marta D) 5 marta
Nechanchi yilda AQSHda “irqi, terisining rangi yoki ilgarigi qullik holatini bahona qilib” saylovlarda ishtirok qilishni har qanaqasiga cheklash bekor qilingan? A) 1865-yil B) 1816-yil C) 1866-yil D) 1870-yil
AQSH Kongressi nechanchi yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish toʻgʻrisida qonun qabul qilgan? A) 1865-yil B) 1872-yil C) 1878-yil D) 1894-yil
XIX asrning soʻnggi choragida quyidagi qaysi mamlakatda taraqqiyparvar ziyoli xodimlardan oʻch olish va “Linch sudlari” oddiy hodisaga aylangan edi? A) AQSH B) Germaniya C) Xitoy D) Rossiya
AQSH Demokratik partiyasi nechanchi yilda tashkil topgan? A) 1828-yil B) 1860-yil C) 1854-yil D) 1872-yil

1. Qanday omillar AQSHning gurkirab rivojlanishiga sabab bo‘ldi?


2. AQSHning dunyoda yetakchi davlatga aylanganligini isbotlovchi dalillar keltiring.
3. AQSH qishloq xo‘jaligida yuz bergan tub о‘zgarishlaming mazmuni nimadan iborat edi?
4. Irqchilik qay tariqa vujudga kelgan? U keltirgan ayanchli oqibatlarga misollar keltiring.
5. „Kuchli ikki partiyaviy tizim“ iborasi mazmunini izohlab bering.Bu narsa yana qaysi davlatda mavjud?
6. Hozir amaldagi AQSH prezidenti qaysi partiya vakili? U haqida bilgan ma’lumotlaringizni qog‘ozga tushiring.

V.Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.


VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa: 49-51 betlar
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling