Amerikaning poperlar oilasidagi kichkina bayram, Yangi yil kirib kelganiga o'n kundan oshgan edi


Download 13.55 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi13.55 Kb.
#1179808
Bog'liq
Arvoh Ona


Arvoh Ona
X-author | December 21, 2022
Amerikaning poperlar oilasidagi kichkina bayram, Yangi yil kirib kelganiga o'n kundan oshgan edi.

Ular uncha katta oila emas edi. Ota va uch qiz. Kunlarning birini kechki ovqatdan so'ng kichik qizi Sara Poperga yangi yil o'yinchoqlarini yerto'laga olib tushishini buyurishdi. U ajoyib qiz edi, endi o'nga to'lgan va boshqa bolalardan anchagina farqli tarafi bor edi. U yerto'la kabi narsalardan qo'rqmasdi, arvohlaru, odatda opalar yoki akalar aytib o'rqitadigan bolalar go'shtiga tashna maxluqlar haqidagi ertaklarga ham ishonmas edi.

Lekin bu safar tushayotganida qo'rqsa arzirdi. Qani edi qo'rqib tushmasligini aytsa yoki yerto'la oldiga kelganda jurati yetmay yugurib borib ko'rpa ostiga kirib olsa. Ammo unday bo'lmadi, u har doimgidek hotirjam zinalarni g'ichirdatib pastga tushdi. Ichida yangi yil qo'shig'i hirgoyasi bilan birgalikda o'yinchoqlardi joylashtirardi. Hatto tezroq chiqib ketish haqida o'ylamas edi ham. Hozir u ham qo'rqlasligi haqida o'ylayorgan edi.

- Nima ham bo'lardi ikkalamiz birgalikda hirgoyi qilib o'yinchoqlarni joylayotgan bo'lsak, qo'rqinchli arvohlar va insu jinslarga nima bor

Deb ichida maqtanib ham qo'yardi.

- Nima!!! ikkalamiz! Qanaqasiga! Axir yolg'iz edimku! - deya hirgoyini to'xtatdi va sokinlik yerto'lani qamrab oldi,

- Rostan ham ikkinchi odam ovozini eshitdimmi o'zi - deya o'zidan shubhalana boshladi.

Endi jim bo'lib ishini qilib tezroq chiqib ketishi kerak va keyingi safar yolg'iz kirmaslik haqida o'ylardi.

- Ha, men boshqa bunaqa qilmayman, bu yerga yolg'iz kirmayman boshqa - degan edi hamki, qayerdandir

- Sen yolg'iz emassan degan ovoz kelgandek bo'ldi va yana eti jimirlab ketdi.

Aslida ham shunaqa, biz yolg'izligimizda qo'rquvimiz sababi yolg'izlagimiz emas, kimdir borligi haqidagi o'ylar edi. Ammo Sarada ishlar yomon edi. Ikkinchi bor uning ovozi, kimning?

- Salom! Bu yerda kimdir bormi? Mening ismim Sara, tashqarida onam uy yig'ishtirayapti qichqirsam u pastga tushadi - deya uni qo'rqitgandek bo'ldi, lekin uni onasi yo'q edida, ular bilan birga yashamas edi.

Shu paytda ayol kishining baland va qo'rqinchli qichqirig'ida

- Yolg'on! - deb baqirdi kimdir uning ortidan



Shunda u seskanib ketdi va orqasiga o'girilaman deganida javonga urilib ketdi va boshiga tuzlatma bankasi tushib ketdi, va bir zumga hushidan ketdi. Ko'zini ochganida esa o'rnidan tura olmas, qancha vaqt yotgani haqida o'y surardi, uning oyoqlari ishlamayotgan edi. U bo'lgan voqeani esladi va qichqirdi, qattiq qichqirdi. Ovoz paylari uzilgudek qichqirdi. Keyin sukunat qamrab oldi yana avvalgidek. Avval uni hech nima qo'rqitmas edi, endi esa har bir qorong'u burchak qo'rqinchli qo'rqinchli tuyilayotgandi. Qani edi rostdan onasi tepada bulsa qichqirig'ini eshitib pastga tushsa deya o'ylayotgan edi hamki, zinadan taqqilalagan tovush kela boshladi, borgan sari sekinlashib amma ovoz balandlashib borar va har bir taqillash diqqatini uzilgan dur marjondek sochib yuborar edi.
Download 13.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling