Mavzu; O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish


Download 20.55 Kb.
bet1/9
Sana20.12.2022
Hajmi20.55 Kb.
#1040181
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish


Mavzu; O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish.

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

1.Pedagogik ta’sir etishda tashqi kо‘rinishning roli.
2. O‘qituvchilarni darsda o‘zini tutish madaniyati
3. О‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakalari.
4.Pedagog madaniyati va imiji
5.Pedagogning kasbiy imiji uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar:

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLAR.


KIRISH

Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.Zamonaviy pedagog qiyofasi deganda uning tashqi va ichki ko‘rinishi nazarda tutiladi. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi “pedagogning imiji”ga albatta mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, o‘qituvchining qiyofasi uning chehrasida va kiyinishida namoyon boladi. O‘qituvchi har qanday kiyimda yurishi mumkin emas. U toza va ozoda, bejirim va latofatli kiyinishi kerak.Bolalar o‘qituvchisini, birinchi navbatda, chiroyli kiyingani, nafis pardoziga qarab ham yaxshi ko‘radi. Undan keyin, uning chehrasiga, ko‘zlaridagi mehrga qaraydilar. Agar o‘qituvchining ko‘zlarida bolalarga nisbatan mehr bo‘lmasa, u qanchalik chiroyli va qimmatbaho kiyingan bo‘lmasin, bolalar uni yaxshi ko‘rmaydi. Shu sababli o‘qituvchi­ning istarasi issiq bo‘lishi ham zarur.O‘qituvchi hamisha darsga ochiq chehra bilan kirishi kerak. Nutq madaniyatiga rioya qilishi, shevadan qochib, adabiy tilda, chiroyli muo­malada so‘zlashi lozim. O‘qituvchi chiroyli gapira olishi, ya’ni notiqlik san’atini ham egallagan bo‘lishi lozim. Aslida, har qanday insonga ham kiyinishiga, ko‘rinishiga va gapirishiga qarab baho beramiz. Shuning uchun shu uchta belgi insonlar to‘g‘risida xulosa chiqarishning birlamchi belgilari hisoblanadi. To‘rtinchidan, o‘qituvchi o‘z kasbini sevishi, mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Beshinchidan, darsni o‘quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib tu­shuntira olishi kerak. Oltinchidan, dars o‘tishning innovatsion metodlari va metodikalarini yaxshi bilishi hamda ularni darsda mohirlik bilan qo‘llay olishi lozim. Yettinchidan, o‘qituvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bili­shi va darsda ulardan samarali foydalana olishi zarur. Sakkizinchidan, o‘qituvchi chet tilla­ridan bir nechtasini (rus, ingliz…) bilishi va shu tillarda erkin muloqot qila olishi kerak. To‘qqizinchidan, o‘qituvchi­ning oilasi na’munali oila ham bo‘lishi zarur. O‘ninchidan, o‘qituvchi mahallasi va jamoasida yetarlicha hurmat-izzatga sazovor bo‘lishi ham kerak. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pedagogdan juda ko‘p kasbiy va insoniylik xislatlari talab etiladi. Shu sababli o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz va muttasil ishlashi, o‘zini isloh etib borishi, bilimi va xulqini doimiy takomillashtirib borishi zarur. Buning uchun esa mamlakatimizda o‘qituvchilarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, Prezidentimizning “O‘zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli, eng e’zozli inson — bu muallim!” yoki “O‘qituv­chini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman!”, deb ta’kidlab turganligining o‘zi biz pedagoglarga katta kuch-quvvat bag‘ishlashi kerak, deb o‘ylayman.


Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling