Mavzu; O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish


Download 20.55 Kb.
bet7/9
Sana20.12.2022
Hajmi20.55 Kb.
#1040181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish

N.Makiavelli ilgari surgan fikrga ko‘ra, davlat xizmatidagi shaxs mansabi va lavozimiga muvofiq o‘z qiѐfasini qayta yaratishi shart. Mutaxassislar birlamchi imijning ta’sir kuchini alohida ta’kidlaydilar. Bu siѐsatchining tashqi ko‘rinishi, kiyimi, mimika, pantomimikasi, jestikulyasiyasi, nutqi, diksiyasi, ovoz tembri. Negaki, notiq beraѐtgan axborotning 45%ni nutqi orqali ifodalasa, qolgan 65%ni noverbal vositalar orqali namoѐn etadi. Djon Meydjor. Britaniyalik premer ministr avvaliga aholi uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishini istab imijmeykerlar xizmatini rad etadi. Natijada, uning birinchi ma’ruzasidan so‘ng gazetalar premer ministrning nima haqida gapirganini emas, qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini munozara qilishadi. SHundan so‘ng, Djon Meydjor o‘z fikridan qaytadi. Toni Bler. Britaniyaning eng ѐsh premer ministri imiji konservativ va qat’iy an’analarga asoslangan qirollik mamlakatining tashqi imijiga o‘zgartirish kiritdi. Tonining rok guruhda gitara chalishi, norasmiy vaziyatda djinsi va krossovka kiyib yurishi jamoatchilikning ѐsh qatlamiga juda ѐqqan. Ijobiy imij omad garovi, barqarorlik va ishonch timsolidir. Pedagoglar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiyofasiga ham e’tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali o‘quvlarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshiradi. Pedagoglarda faqatgina iste’dodining o‘zi etarli emas, balki o‘quvchilarga yoqa olishni ham bilishi kerak. Pedagog imiji - uning ma’naviy-axloqiy qiѐfasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblikdir.
―O‘zini taqdimot qilishning umumiy texnologiyasi‖da 4 ta asosiy texnologik jihatlar mavjud:
1.Qiѐfa vizualizatsiyasi (tashqi qiѐfa)
2.Kommunikativlik (muloqot qilish)
3.Verbal effekt (notiqlik).
4.Flyuid nurlanish (tashqi emotsiya).
Qiѐfa vizualizatsiyasi quyidagilarda namoѐn bo‘ladi:
• kinetika: tana nafisligi, hatti-harakat va holat elegantligi, ishora san’ati. •kiyinish usuli: erkak va aѐllar uchun zamonaviy moda olami tendensiyalari asosida klassik uslubda kiyinib yurish, aksessuarlar samaraligi. •feysbilding: yuz gigienasi, makiyaj, sochlarni parvarishlash va mos soch turmagini tanlash.

Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling