Mavzu; O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish


O‘qituvchilarni darsda o‘zini tutish madaniyati


Download 20.55 Kb.
bet3/9
Sana20.12.2022
Hajmi20.55 Kb.
#1040181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish

2. O‘qituvchilarni darsda o‘zini tutish madaniyati
О‘qituvchi auditoriya (sinf)da yurgan paytida faqat oldin va orqaga qarab yurishi tavsiya etiladi. Chunki, agar u yon tomonlarga, ya‘ni, u yondan, bu yonga yursa о‘quvchilar fikri bо‘linadi va ular tez charchab qoladilar. Old tomonga yurayotganida, о‘qituvchi eng muhim voqealarni bayon qilishi lozim, chunki bunda о‘quvchilar о‘qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bо‘ladilar. Yuzi talalabalarga teskari holda yurayotganda uncha ahamiyatga molik bо‘lmagan fikrlarni aytish, dalillar keltirish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Chunki, bu vaqtda о‘quvchi-о‘quvchilar bir oz erkin holatda о‘zlarini his qilayotgan bо‘ladilar. О‘z hissiyotini boshqara olish malakasi. О‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida о‘z hatti-harakati, hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta‘lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. О‘qituvchi ta‘sir kо‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) о‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bо‘lishi, umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatda bо‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir. Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bо‘lishini bilishi lozim, U о‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va о‘qitsin». Bunday malakaga ega bо‘lgan pedagog о‘z-о‘zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini о‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zо‘riqishlardan о‘zini asraydi. О‘z xatti - harakati, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo, о‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim:
- hayrixohlik va optimizm ruhida bо‘lish;
- о‘z hulqini nazorat qilish, (muskul zо‘riqishini, harakatini, nutq tempini, nafas olishini tartibga solish);
- faoliyatni dam oldirish, ya‘ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy
daqiqalarni yaratish;
- о‘z - о‘ziga salbiy ta‘sir kо‘rsatishning oldini olish va h. k.

Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling