Ami Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi fors manbalar Reja
Shomiyning “Zafarnoma” asari
Download 84 Kb.
|
Ami Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi fors manbalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy”
- Zafarnomayi Temuriy”
- Ulusi arba’-yi Chingiziy”
- Ravzat us-safo”
- Adabiyotlar
Shomiyning “Zafarnoma” asari
Mavlono Nizomuddin Shomiy yoki mavlono Nizomuddin Shanbiy, Shanbi G‘ozoniy asli Tabrizning shimoli-g‘arbiy tarafida, undan ikki mil masofada joylashgan joyda tug‘ilgan tarixchi “Zafarnoma” asari bilan mashhur bo‘lgan. U 1393 yili Amir Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404 yilgacha u bilan bo‘lib, sohibqironning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok qilgan. 1402 yili Amir Temur unga o‘zining tarixini aniq va sodda tilda yozib berishni buyurgan. Nizomuddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida yozib tamomlagan. Asar jahongirning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 yil.)dan to 1404 yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. “Zafarnoma” asari haqiqatan ham sodda tilda, ravon uslubda yozilgan, daliliy ma’lumotlarga boy. Lekin Amir Temur hayoti mazkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan. Asar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining XIV asr II- yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. Nizomuddin Shomiy o‘z asarini yozishda G‘iyosidin Ali Yazdiyning “Ro‘znomayi g‘azavoti Hinduston”, Amir Temurning uyg‘ur kotiblari tomonidan yaratilgan “Tarixi xoniy” va boshqa saroyda bitilgan kundaliklardan foydalangan. “Zafarnoma”yi Nizomuddin Shomiyning ikkita tarhriri mavjud: 1) 1404 yili Amir Temur Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taqdim etilgan nusxa. 2) Mironshohning o‘g‘li Мирзо Umarga (1404 yid 26 martda Amir Temur “Halokuxon taxti”ni , ya’ni G‘arbiy Eron hamda Ozarbayjonni in’om qilgan) paytida taqdim qilingan. U yuqorida qayd etib o‘tilgan birinchi nusxadan deyarli farq qilmaydi. Asar “Zafarnoma” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha hamda Mirzo Umarga bag‘ishlangan kichik bir ilova (zayl) qo‘shilgan. Shunga qaraganda, Nizomuddin Shomiy umrining so‘nggi yillarini Mirzo Umar xizmatida bo‘lgan va ona yurti Tabrizda istiqomat qilgan. “Zafarnoma”ning qo‘lyozma nusxalari Armaniston, Angliya, Fransiya, Iroq va Turkiya kutubxlnalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni F.Tauer tomonidan 1937 va 1956 yillari Pragada chop etildi. 1996 yili Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” asarini Y. Hakimjonov tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.O‘rinboyev tomonidan tahrir qilinib nashr etildi. “Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy” “Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi Mu’niddin Natanziydir. U Isfahon shahriga qarashli, undan qariyb yigirma farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug‘ilgan. Ch.A.Storining ma’lumotiga qaraganda asli seistonlik bo‘lgan. Fors viloyatining hokimi Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning o‘g‘li, 1415 yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan o‘ldirilgan) saroyida xizmat qilgan. Davlatshoh Samarqandiyning so‘zlariga qaraganda, “Mu’iniddin Natanziy Sulton Iskandar davrida Iroqi Ajam va Forsda shuhrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidagn bo‘lib..., ilmda o‘z zamonasining yetakchisi edi va Mirzo Iskandarning maqoma va holati hamda tarixini yozgan”. Mu’niddin Natanziy qalamiga mansub bo‘lgan va bizning zamonamizgacha yetib kelgan bu asarning aniq nomi ma’lum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida “Anonim Iskandera” nomi bilan mashhur. Asar 1413 yili yozib tamomlangan. Uning ikkinchi tahriri ham bo‘lib, “Muntaxab ut-tavorixi Mu’iniy” (“Mu’niniyning saylangan tarixi”) deb ataladi va Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzoga bag‘ishlanadi. “Muntaxab ut-tavorix” umumiy tarix tipida yozilgan asar bo‘lib, olamning yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405 yil 18 fevralgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan voqealar haqida baxs yuritadi. asar muqaddima va uch bobdan iborat. Muqaddima diniy mazmunda bo‘lib, unda olamning yaratilishi, Odam Ato va uning farzandlari, Nuh payg‘ambar va uning avlodi haqida umumiy gap boradi. Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshohlari, Rim va Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab hamda Efiopiya podshohlarining qisqacha tarixi bayon etilgan. Ikkinchi bobda Muhammad payg‘ambar va uning avlodi, xalifayi Roshidin, Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston hamda Misrda podshohlik qilgan Ali va Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bo‘lgan Eron va Movarounnahr hukmdorlari tarixi talqin etilgan. Asarning noyob va qimmatli qismi uning uchinchi bobi hisoblanadi. U turk-mo‘g‘ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodi, Shimoliy Xitoyda ukmronlik qilgan mo‘g‘ul xonlari, Chig‘atoy ulusi hukmdorlari, Elxoniylar, Jaloiriylar, Cho‘poniylar, Muzaffariylar, Oq O‘rda xonlari, 1346-1370 yillar orasida Movarounnahrda hukmronlik qilgan amirlartarixini o‘z ichiga oladi. Asarning uchinchi qismini yozishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin hamda turkiy tilda yozilgan ”Tarixi xoniy” kabi asarlardan keng foydalangan. “Muntaxab ut-tavorixi Mu’iniy” asarining matni 1957 yili Eronda Jak Oben tarafidan chop etilgan. Uning ko‘lyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Angliya, Fransiya va Eron kutubxonalarida mavjud. Bu asar to‘g‘risida va undagi ayrim lavhalar G‘.Karimov tomonidan “Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar bunyodkorligi davr manbalari”(T.: 1997) nomli to‘plamlarda chop etgan. “Zafarnomayi Temuriy” “Zafarnomayi Temuriy”, “Fathnomayi sohibqironiy”, “Tarixi jahonkushoyi Temuriy” yoki “Zafarnoma” nomi bilan mashhur bo‘lgan asarni o‘z davrining yirik tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. U asli Eronning Yazd viloyatidagi Taft qishlog‘idan bo‘lib, turli fan sohalarini egallangan edi. Shuning uchun ham Alisher Navoiy uni “Sharaf davla va din”, ya’ni din va davlat sharafi deb ta’riflagan. Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining hokimi Temuriy Ibrohim Sulton (1415-1435 yy.) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan homiysi bo‘lmish mazkur shahzodaniina emas, balki Shohruhning ham zo‘r hurmat-e’tiborini qozongan edi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shohruhning nabirasi va Sultoniya, Qazvin, Ray hamda Qum hokimi Sulton Muhammad (1442-1446 yy.)ning taklifi bilan Qumga keldi va shahzodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muhammad 1446 yili Shohruhning og‘ir kasalligidan foydalanib, isyon ko‘tardi, Hamadon hamda Isfahonni bosib oldi, SHerozni qamal qildi. Shohruh unga qarshi qo‘shin tortti. Culton Muhammad Shohruh bilan ochiq jang qilishdan qo‘rqib toqqa qochdi. Shohruh Sulton Muhammad bilan yaqin bo‘lgan kishilarni, shuningdek, mahalliy sayyidlardan birmunchasini isyonda ishtirok etishda ayblab hibsga oldi va ko‘plarini o‘limga mahkum qildi. O‘shanda hibsga olinganlar orasida Sharafuddin Ali Yazdiy ham bor edi. Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li) aralashuvi bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi. Shahzoda uni Samarqandga, otasi huzuriga jo‘yeatib yubordi. Sharafuddin Ali Yazdiy Samarqandda bir yil chamasi istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug‘bekning ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bo‘lishi kerak. Shohruh vafotidan (1447 y.) keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton Muhammadning ruxsati bilan yana o‘z vatani Taftga qaytib bordi va umrining oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1454 yili vafot etdi. “Zafarnoma” asosan Nizomuddin Shomiyning shunday nomli asari asosida zo‘r badiiy mahorat bilan yozilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomuddin Shomiy asarida bayon etilgan voqealarning ba’zilariga yangi tarixiy manbalar asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning shaxsiyati va uning faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ya’ni bir tomondan qattiqqo‘l ekanligi, ikkinchi tomonlan esa Movarounnahrdagi tarqoqlikka barham berib, markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha to‘g‘ri va haqqoniy yoritilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zo‘r qimmati shundaki, unda Mo‘g‘ul imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O‘rda, Elxoniylar davlati, Chig‘atoy ulusi, shuningdek Movarounnahrning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining paydo bo‘lishigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda yoritib yuyerilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jahongir”, yoki “Muqaddimayi Zafarnoma” nomi bilan ataladi va 1419 yili yozib tamomlangan. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki redalariga ko‘ra, uch qism – maqoladan iborat bo‘lmog‘i, birinchi qismda Amir Temur tarixi, ikkinchi qismda Shohruh Mirzo va nihoyat, uchinchi qismda ushbu asar yozishning tashabbuskori Ibrohim Sultonning davrida o‘tgan voqealar bayon etilishi mo‘ljallangan edi. Lekin, biz hozir asarning birinchi qismigagina egamix, xalos. Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Ehtimol, ikkinchi va uchinchi qismlari yozilmay qolgan bo‘lsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425 yili yozib tamomlangan. Asarning qo‘lyozma nusxalari ko‘p, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan Toshkentda O‘zR FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma to‘rt nusxasi bo‘lib, ularning ikkitasiga (Inv. № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va 1972 yili A.O‘.O‘rinboyev tomonidan Toshkentda chop qilingan. Asar ikki marta o‘zbek tiliga, ingliz, fransuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim parchalar ingliz hamda rus tillarida bosilgan. “Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi Movarounnahr voqealari bayoni O.Bo‘riyev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili nashr qilindi. Kitob O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu kitobning ta’siri yaqqol seziladi. “Ulusi arba’-yi Chingiziy” “Ulusi arba’-yi Chingiziy” (“Chingiziylar to‘rt ulusi” (tarixi) yoki “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) nomli asar asosiy mualliflaridan biri, uning yaratilish tashabbuskori XU asrda o‘tgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Shohruh Mirzoning o‘g‘li Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekdir. U 1394 yil 22 martida Amir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan navbatdagi besh yillik harbiy yurishi vaqtida Sultoniya shahrida, Eron Ozarbayjonida tug‘ilgan. Amir Temur saroyida hukm surgan an’anaga ko‘ra, shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim, Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yil chamasi vaqt o‘tgach, 1395 yili Amir Temur Saroymulk xonim va nabirasini Shohruhga qo‘gib Samarqandga jo‘natadi.1398 yili Ulug‘bekka mashhur qissaxon, shoir va olim, shayx Orif Ozariy (1382-1462 yy.) muallif etib tayinlandi va u dastlabki asosiy ta’limni ana shu ajoyib shaxsdan oldi. Shahzoda Amir Temurning bar qator harbiy harakatlarida, 1399-1404 yillari Turkiya va Suriyaga qarshi o‘tkazilgan yurishda, 1404-1405 yili Xitoyga qarshi uyushtirilayotgan yurishda qatnashdi. Amir Temur 1405 yil 18 fevralda vafot etgach, Movarounnahr taxtini nabirasi Xalil Sulton zo‘rlik bilan egallab oldi. Bu vaqtda Ulug‘bek otasi Shohruh xizmatida bo‘ldi. 1409 yili Xalil Sulton o‘z amirlari tomonidan asir olingach, Shohruh Xurosondan Movarunnahrga kelib, Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkiston hokimi etib tayinlandi. U 1449 yil 25 oktabrigacha bu mamlakatni boshqardi. Mirzo Ulug‘bek yirik davlat arbobi, sarkarda edi. Lekin u buyuk olim va ilm-fan hamda madaniyat homiysi sifatida tengi yo‘q edi. Samarqand uning davrida Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Mirzo Ulug‘bek ikki yirik asar yaratdi. Biri “Ziji jadidi ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali”) bo‘lib, 1437 yili yaratilgan kitobda ilmi nujumning nazariy va amaliy masalalari qamrab olingan, o‘sha davrdagi eng yuksak ilmiy jasorat hisoblangan. Olimning ikkinchi asari “Ulusi arba’-yi Chingiziy” bo‘lib, unda XIII-XIV asrlarda Mo‘g‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. Kitob 1425 yildan keyin tugallangan. “Tarixi arba’ ulus” muqaddima va to‘rt qismdan iborat. Muqaddimada o‘rta asrlarda tarixchilar o‘rtasida hukm surgan an’anaga ko‘ra, islomiyatdan avval o‘tgan payg‘ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk mo‘g‘ul qabilalari va Chingizxon tarixi bayon etilgan. Birinchi qism Ulug‘ yurt, ya’ni Mo‘g‘uliston va Shimoliy Xitoy tarixi, O‘gadayxon (1227-1241 yy.), Chingizxonning uchinchi o‘g‘li davridan to Ariq Bug‘o avlodi O‘rdoy qoon zamonigacha yuz bergan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi qismda Jo‘ji ulusi, ya’ni Oltin O‘rda tarixi, Jo‘jixondan davridan to Shohruhning zamondoshi bo‘lmish Muhammadxon zamonigacha, XIII-XV asrning birinchi choragi tarixi bayon etilgan. Uchinchi qismda Elxoniylar, ya’ni Eron hamda Ozarbayjonning XIII-XIV asrlardagi tarixidan baxs yuritiladi. To‘rtinchi qismda Chig‘atoy ulusining, Koshg‘ar, Yettisur, Movarounnahr, Shimoliy Afg‘oniston hududidagi XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni ham aytish kerakki, muallif mazkur ulusda hukmronlik qilgan har bir hukmdor xon ustida qisqa va alohida-alohida to‘xtalib, ularning davrida sodir bo‘lgan voqealardan eng muhimlarini yuayon etgan. “Tarixi arba’ ulus” asarining ayrim qismlari, xususan uning to‘rtinchi qismi, ko‘p jihatdan Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddimayi Zafarnoma”siga o‘xshab ketadi. Lekin Ulug‘bek asari birmuncha mukammaldir. Bundan tashqari, unda to‘rt ulus o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, “o‘zbek” etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tahririning to‘rt mo‘tabar qo‘lyozmasi yuizgacha yetib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va to‘rtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838 yili Mayls tomonidan Angliyada chop etilgan. O‘zbekcha tarjimasi B.Ahmedov, M.Hasaniy va N.Norqulovlar bajarilib, 1994 yili Toshkentda chop etildi. “Tarixi arba’ ulus” Markaziy Osiyo, O‘zbekiston va Qozog‘istonning XIII-XIV asrlardagi tarixini, ayniqsa Chig‘atoy ulusi tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biri vazifasini o‘tashi mumkin. “Ravzat us-safo” “Ravzat us-safo” (“Cof jannat bog‘i”) yoki “Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo” (“Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqidagi sof jannat bog‘i”) nomi bilan mashhur bo‘lgan asar umumiy tarixga oiddir. Uning muallifi Mir Muhammad ibn Sayyid Burxoniddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy bo‘lib, asosan Mirxond (1433-1497 yy.) nomi bilan mashhur. Muarrixning ota-bobolari asli Buxorodandir. Mirxondning otasi sayyid Burxoniddin Xovandshoh ham o‘qimishli va keng ma’lumotli kishi bo‘lib, Temuriylar hukmronligi davrida Balxga ketib qolgan va o‘sha yerda vafot etgan. Mirxond Balxda tug‘ilgan, lekin umrining ko‘p qismini Hirotda o‘tkazgan. Uning nabirasi Xondamirning guvohlik berishicha, Mirxond Alisher Navoiy bilan uchrashguncha turli ilmlar bilan shug‘ullangan, ammo birontasida muta’yin emas edi. Tarixchi Alisher Navoiy bilan uchrashgach, shoir o‘zining “Ixlosiya” xonaqohidan unga alohida xona ajratib, shaxsiy kutubxonasidagi kitoblardan foydalanishga ijozat berib, olimni umumiy tarixga oid katta asar yozishga undagan, uni bu sohada doimo moddiy qo‘llab turgan. Ammo Mirxond ulkan asarini mukammal tugata olmiy, ya’ni yettinchi jildi va jug‘rofiy ilova materiallari yig‘ilgan musavvada holida qolganida vafot etadi. Uning asarini nabirasi G‘iyosiddin Xondamir yakuniga yetkazadi. “Ravzat us-safo” asarini yaratishda Mirxond qirqta muallif, ya’ni arab tilida ijod qilgan o‘n sakkizta va fors tilida ijod qilgan yigirma ikkita olim ijodiga murojaat qilgan. Shak-shubhasiz, bu asar zamonaviy tadqiqot darajasida yaratilgan tarixiy yodgorlikdir. Adabiyotlar: «Istoriya O`zbеkskoy SSR» 4 tomlik, «Toshkеnt», «Fan», 1965 y. Mirzaboеv A.Ya. «Sovеto` O`zbеkistana v godo` Vеlikoy Otеchеstvеnnoy voyno`». T., «Fan», 1985 y. Urushdan kеyingi davr bo`yicha F.Burlatskiyning «Xrushyov» Siyosiy portrеtga chizgilar maqolasini tavsiya qilaman. «Litеraturnaya gazеta» 1988 yil 24 fеvral Fyodor Burlatskiy «Brеjnеv i kruhеniе ottеpеli». Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling