Aminjonov Shahzodning Buxoro Me’moriy obidalari tarixi fanidan Kurs ishi Buxoro 2022 yil


Download 13.94 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi13.94 Kb.
#1776275
  1   2
Bog'liq
Aminjonov Shahzodning Buxoro Me’moriy obidalari tarixi fanidan K-fayllar.org


Aminjonov Shahzodning Buxoro Me’moriy obidalari tarixi fanidan Kurs ishi Buxoro 2022 yil

Buxoro Davlat Universiteti


Tarix va Madaniy meros fakulteti
Tarix.Buxoro Tarixi talabasi
Aminjonov Shahzodning
Buxoro Me’moriy obidalari tarixi fanidan

Kurs ishi

Buxoro 2022 yil
Mavzu: G’ijduvon tumani tarixiy va zamonaviy memoriy obidalari.
Reja;
Kirish.
Asosiy qisim.
I bob. G’ijduvon tumanidagi mashhur me’moriy obidalar.
1.1. Abduxoliq Gi’jdivoniy maqbarasi.
1.2. Mirzo Ulug’bek madrasasi.
II bob. G’ijduvon tumanidagi masjidlar.
2.1. Shayx Tojiddin masjidi.
2.2. Imom Jafari Sodiqon masjidi.
2.3. Arabon masjidi.
2.4. Masjidi Rasta.
2.5. Chorsu masjidi.
2.6. Masjidi Qassobon.
2.7. Ko’chi poyon masjidi.
III bob. G’ijduvon tumanidagi Muqaddas qadamjolar.
3.1. Xo’ja Yalangto’sh Bobo qadamjosi.
3.2. Shodmon Xoja Eshon qadamjosi.
3.3. Childuxtaron qadamjosi.
3.4. Childuxtaron mozori.
3.5. Xoja Ahmad qadamjosi.
3.6. Chahmai Shifo.
3.7. Qo’tirbuloqlar.
Xulosa.
Foydalanilgan Adabiyotlar.

Kirish.
G’ijduvonimiz tarixi –o’rganishga ,izlanishga arzigulikdir. Chunki, Buxorxudotlar, Vardanxudotlar (IV-VIII asr), Somoniylar davlati (IX-X asr), Temuriylar davlati (XI-XIV asrlar), Shayboniylar sulolasi ,O‘zbek davlati, Buxoro xonligi (XVI asr), Ashtarixoniylar (XVII- XVIII asr), Mang‘itlar (XIX-XX asrlar) tomonidan idora qilingan G’ijduvon birgina o‘tgan asrda Buxoro amirligi hamda Buxoro Xalk Respublikasi (1920-1924). Sho’rolar davri (1925-1991) kabi tarixiy jabhalarni boshidan kechirdi.
O‘tmishda G’ijduvon Iskandar Zulkarnayn, mo’g’ullar, arablar istilosi davridagi yog’iylar xujumlari, boskinlariga yuzma-yuz turib, qonli janglar maydoniga, qarshilik ko‘rsatish harakati markaziga aylangan. Inqirozga yuz tutgan, vayron bo’lgan, biroq qayta-qayta tiklanib yana obod bo’lgan.
Bugina emas, G’ijduvon ulug‘ qadamjo , bu yerda Naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxolik G’ijduvoniy tug‘ilib. kamol topgan, dunyoga tanilgan. Bu manzilga Amir Temur, Ulug‘bek bobolarnmizning qadami tekkan. Temuriylar sulolasining so‘nggi vakili Bobur bilan Shayboniy o‘rtasida xal qiluvchi janglar bo‘lgan. Muqanna g’alayoni markazlaridan biri bo‘lgan, unga Muqannaning uchta lashkarboshisidan biri G’ijduvonlik lashkarboshi G’irdak hamrohlik qilgan. Bu manzilda G’arb va Sharq, Xitoy, Rim-Yunon, arab tarixchilari bo’lgan. Bu yerga millatimizning asl farzandlari, buyuk arboblardan Fayzulla Xo’jayev, Akmal Ikromov, Yo’ldosh Oxunboboyev, Usmon Yusupov, Sharof Rashidovlar qadam ranjida qilib hamyurtlarimizning yaxshi-yomon kunlarida hozir bo‘lishgan. Bu yerda jahon adabiyotiiing zabardast namoyandalaridan Sadriddin Ayniy tavallud topnb, G’ijduvon shuhratini ellararo yoygan. Ehe, bu mavzuda adoksiz misollar, lillar keltirish mumkin. Shu sababli bu tabarruk manzilgox o’z tadqiqotlarini kutmoqda……


1.1. Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil G’ijduvoniy (1103— G’ijduvon — 1179) — xojagon tasavvufiy tariqatining asoschisi va nazariyotchilaridan biri. Xojaiy Jahon nomi bilan ham mashhur. Uning tarjimai holiga bag’ishlab noma’lum muallif yozgan «Zikri voqioti Xojaiy Jahon Abdulxoliq G’ijduvoniy» asarining 1717 yilda ko’chirilgan nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 9 yoshida Qur’onni yod olgan. 10 yoshidan boshlab, darvishlarning zikrlarida faol ishtirok etgan. Buxorolik ilk ustozi Imom Sadriddindan tafsir ilmini o’rganadi. 22 yoshida Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, uning muridiga aylanadi. O’zini ibodatu riyozatga mashg’ul tutib, butun hayoti davomida 5 asar bitadi. Bulardan «Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy» («Xoja Yusuf Hamadoniy fazilatlari») asarida ustozining tarjimai holi va uning ta’limoti yoritiladi. Abduxoliq G’ijduvoniy Yusuf Hamadoniy ta’limotini har tomonlama boyitib, amaliyotga zikri xufiyani olib kirdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha (qonun-qoida) sini shakllantirib berdi. Abduxoliq G’ijduvoniy ta’limoti keyingi davr yirik sufiylari tomonidan o’rganilgan va sharh qilingan. Masalan, «Maxdumi A’zam» laqabi bilan mashhur bo’lgan Ahmad ibn Mavlono Jaloluddin Xojagiy Kosoniy Abduxoliq G’ijduvoniyning 4 vasiyatini «Risolai chahor kalima» («To’rt so’z haqida risola») asarida sharhlagan. Abduxoliq G’ijduvoniy tasavvufga oid ta’limotining asosiy qismi Abdurahmon Jomiyning ustozi Mavlono Sa’duddin Koshg’ariy (1456 yil vafot etgan) ning «Risola» asarida bayon etilgan.
G‘ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va sofiylik tariqati shayxi Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlari sharafiga bag‘ishlab 1433 yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida,hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan. Hazrat xalq orasida "Xojayi jahon" nomi bilan mashhur tasavvufga oid bir qancha asarlar muallifidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan buyuk alloma Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileyi o‘tkazilishi munosabati bilan 2003 yilda G‘ijduvon shahri markazi xamda Abduxoliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi qayta ta’mirlandi va atrof hududlari obodonlashtirildi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa ta’mirdan chiqdi. Ansambl atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, G‘ijduvon shahrinig markazida go‘zal xiyobon tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2029 yil 29 mart kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumaniga tashrif buyurdi va Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev maqbarada amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu yerga imom-xatiblarni jalb etib, ularga allomalarimiz ma’naviy merosini to‘g‘ri va chuqur o‘rgatish, xalqimizga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi. “Kitobda o‘qish boshqa, ziyorat qilib, yurakdan o‘tkazib o‘rganish boshqa. Bu joy ma’rifat markazi bo‘lishi, odamlar o‘ziga ilm olib ketishi kerak‘1.
Abduxoliq G‘ijduvoniy mazkur yetti pirning birinchisi sanalib, Xojagon tariqati asoschisidir. Keyinchalik Orif Revgariy, Mahmud Fag‘naviy, Ali Romitaniy, Muhammad Boboi Samosiy, Sayyid Amir Kulol bu ma’naviy yo‘nalishni davom ettirib, Bahouddin Naqshband uni yuksak bosqichga olib chiqqan. Shu bois bu tariqat naqshbandiya nomi ostida tanilgan. Qo‘shni mamlakatlar, g‘arbiy va janubiy Sharq davlatlari, hatto butun dunyoda bu aziz avliyolar qadamjolarini kelib ko‘rish istagidagilar ko‘p. Shu yerda mazkur ziyoratgohlarda amalga oshirilgan va davom etayotgan ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari haqida ma’lumot berildi. Shavkat Mirziyoyev bu maskanlarni obod qilish bilan birga «Yetti pir» haqida kitob yaratish, ularning ilmiy merosini targ‘ib etish zarurligini ta’kidladi.
Bunday ma’naviy xazina boshqa hech qayerda yo‘q. Bu xazinani mukammal o‘rganish, odamlarga, yoshlarga oson tilda yetkazish kerak. Maqsadimiz — yoshlarimiz o‘zimizning allomalarga ergashsin, merosini bilsin, ular bilan faxrlansin2.”
Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — ISESCO tomonidan Buxoro shahri 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi.
Prezident bu sanaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish, uning doirasidagi tadbirlarni Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligi va Bahovuddin Naqshband tavalludining 700 yilligi bilan hamohang nishonlash, xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
1.2 Amir Temurning nabirasi Ulug'bek buyuk davlat boshlig’i, buyuk munajjim, matematik, Turon zaminida ilm-fanni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan olimdir. Ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirgan, Movarounnahrda o’z akademiyasi yaratgan.
O’zbekiston jumhuriyati ensiklopediyasida takidlanganidek, Ulug’bek Samarqanda, Buxoroda buyuk tarixiy yodgorliklar kompleksini qurdirdi. Samarqand shahridagi Uluebek madrasasi va Buxoro shahridagi uchta madrasa shular jumlasidandir. Bu madrasalar 1586-yilda Amir Abdullaxon II tomonidan qayta qurildi. G’ijduvon shahridagi me'morchilik yodgorligi bo’lmish madrasa majmuasini ham 1432-1433 yillarda Ulug'bek qurdirgan. G’ijduvondagi uchinchi va ohirgi madrasa Samarqand va Buxorodaghi madrasalarga nisbatan kichik va soddaroqdir. Madrasa Pirmast anhorining quyi qirg’og’idagi hushhavo joyda qad kutargan bo’lib, bir qavatli, tarixi (hovlisi ham) kvadrat shaklida.
Ushbu madrasa Ulug'bek tomonidan o'quv ta’lim dasturlari bilan ta'minlangan, mudarris va ustoz-domlalar uning tomonidan tayinlangan. Ulug'bek Mirzo bu madrasada bir necha marta bo’lib, falakiyot asoslari, islom dini haqida amri maruf- suhbatlar o'tkazgan.
Ulug'bek kompleksida hovli, masjid, darsxona, yotoqxona bo’lgan. Binoning old tomondan peshtoq, uning yonlarida minor qad cho’zgan. Peshtoqdan dahlizga, dahliz to’gridagi esikdan hovliga o’tilgan. Eshik qarshisidagi g’arbiy devorga ravoq ishlangan. Hovlining ikki yonida beshtadan hujra bulib, tepattasi qubba o'rnatilgan. 1583 yilda Abdullaxon II tomonidan ta'mir etilgan.
Kompleks kunchiqar hovlisida Abduxolik G’ijduvoning dafn etilgan maqbarasi bo’lgan. Din va dindorlar qatag’on qilingan sho’rolar hokimiyati yillarida ham bu qadamgohga ziyoratchilar uzluksiz kelib turishgan. Qizil hudosizlar bu qadamgohni oyoq-osti qildilar. Hovlisi va atrofi kompleksi dehkonlar bozoriga, muborak insonlar dafn etilgan mozor eshaksaroyga, qurilish materiallari va mol bozoriga aylantirilgan. Kompleksning shimoliy-g’arbidagi namozgoh masjid, hovuzlar xarobazorga aylantirilgan.
Buxoro xoni Abdulazizkhon 1541 yilda buyuk buzrukvor Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy hurmatini bajo keltirib, u kishining dahmasini qaytadan qurdirgan. U pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib, atrofi cho’yan panjaralar bilan oʻrab olingan.
1557-1598 yillarda Buxoro xoni Abudulloxon II Ulug’bek Mirzo tiklagan madrasa yonida baland, bahavo, oldida ustuni, peshayvoni bo’lgan masjidi qurdiradi. Ulug‘bek paytida G’ijduvon qo‘rgonida kumush va tillo tangalar zarbkhonasi, kurol-aslakha (sovut, nayza, kamon, kilich, xanjar va boshka urush buyumlari) chiqaradigan ustaxonalar tashkil etilgan. G’ijduvonda xalq hunarmandchiligining barcha turlari rivojlangan.3
1933-yilda V. Shishkin, V. Nilsen va I. Notkinlar ilmiy tekshiruv ishlarini olib borishgan va madrasa oʻlchamlarini aniqlashgan.
Abduxoliq Gʻijduvoniyning 890 yilligi munosabati bilan Ulugʻbek madrasasi 1993-yil taʼmirlandi. 2003-yil Gʻijduvoniy daxmasi ustiga, tomi ustunli yogʻoch oʻymakori gumbaz bilan yopilgan, ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi.
Hozirda madrasaning darsxonasida Buxoro muzeyining filliali, masjidida — kutubxona oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.


Download 13.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling