Aminokislotalar almashinuvining umumiy yo‘llari


Tiroksin hosil bo’lishida tireotrop gormon, TTG, tireptropin garmonlarining o’rni


Download 61.68 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi61.68 Kb.
#1416159
1   2
Bog'liq
Aminokislotalarning almashuving umumiy yulari

Tiroksin hosil bo’lishida tireotrop gormon, TTG, tireptropin garmonlarining o’rni
Bu gormon tireostimullovchi gormon (TSG) deb ataladi. Tireotropin qalqonsimon bez gormonal funksiyasining barcha bosqichlariga va bezning moddalar almashinuviga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. TSG qalqonsimon bezning qondan yodni yutishini, uning organik shaklda bog‘lanib, tiroksin va triyodtironin molekulalariga aylanishini, tireoglobulin gidrolizlanib, erkin gormonlarning hosil bo‘lishini va uni qonga ajratib chikarilishini tezlashtiradi. Bunday stimullash tireoid follikulalar epitelial hujayralarining morfologik o‘zgarishlari (aktivlanish) bilan . kuzatiladi. Tireostimullovchi gormonning qalkonsimon bezga dastlabki ta'siri tireoglobulinning proteolitik parchalanishini tezlatishdan iborat.
Gormon yuborilgandan keyin 5— 15 minut o‘tgach, qonda tiroksin, triyodtironin va yod miqdori ortadi. TSG ning tireoid gormonlar sinteziga ko‘rsatadigan asosiy ta'siri mono- va diyodtirozinlar kondensatsiyasini kuchaytirib, faol tironin strukturasini hosil qilishdir. Tireotropinning qalqonsimon bezda shu moddalar almashuviga ta'siri kislorodning yutilishi, glyukozaning oksidlanishi, fosfolipidlarning aylanishi va RNK sintezining kuchaytirilishini o‘z ichiga oladi. Bular orasida glyukozaning oksidlanishiga ta'siri muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u hujayra ichiga glyukozaning o‘tishini kuchayishi hamda uglevodlarning parchalanishi, oksidlanishi va ayniqsa, geksozomonofosfat yo‘lining stimullanishi bilan xarakterlanadi. Qondagi qalkonsimon bez gormonining miqdori tireotrop gormonning ishlab chiqarilishini boshqaruvchi asosiy omildir. Qonda tiroksin miqdori kamayganda TTG ajralib chiqishi kuchayadi va u qalkonsimon bezni faollashtiradi. Agar qonda qalqonsimon bez gormonining miqdori ortsa, tireotrop gormonning chiqarilishi kamayadi. Demak, bu ikkita bezning funksiyasi ham teskari aloqa mexanizmi prinsipida boshqariladi.
Tireotropin molekulyar og‘irligi 25 000 Da ga teng murakkab glikoproteiddir.
Uning tarkibida 23% uglevodlar bor. Bir nechta TSG molekulalarning birlamchi strukturasi aniq. U a- va B-zanjirlaridan iborat. a-zanjirning strukturasi lyuteinlashtiruvchi gormon strukturasiga o‘xshash. Gormon gipofiz old bo‘lagining bazofil hujayralarida gipotalamusning tireotropin rilizing gormoni ta'sirida ishlab chiqariladi va ajratiladi.

XULOSA

Qalqonsimon bez, asosan, tarkibida to‘rtta yod atomi tutuvchi tiroksin nomli gormonni ishlab chikaradsh Bu birikma va tarkibida yod tutuvchi yana bir nechta komlonent bez parenximasini tashkil qiladigan follikulalar kovagida saqlanadigan shaffof aarg‘imtir kolloid! ichidagi oksil — tireoglobulin tarkibida bog‘langan shaklda bo‘ladi. Qalqonsimon bezda gormon ishlab chikarilishining buzilishi odamlarda bir qattar kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Qonda aylanib yuradigan gormonlarning 3 /4 qismini tiroksin tashkil qiladi. Bundan tashqari, qalkonsimon bez gidrolizatlaridan yoki tireoglobulindan yana bir nechta yodlangan tironinlar ajratib olingan bo‘lsa ham ular ichida eng muhimi 1952 yili bir vaqtda ikki gruppa olimlari: Angliyada Gross va PnttRivers, Fransiyada Rosh, Mishel va Lisitskiylar kashf etgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1 Земцова М.Н. Методические указания к выполнению курсовой работы по органической химии.
2. Химические реактивы и препараты Госхимиздат 1953, Стр. 241-242.
3. Карякин Ю.В., Ангелов И.И. Чистые химические вещества Изд. 4-е, пер. и доп. М.: Химия 1974, Стр. 121-122.
4. «Краткая химическая энциклопедия» Изд. Советская энциклопедия, Т.4 М. 1965 Стр. 817-826.
5. Петров А.А., Бальян Х.В., Трощенко А.Т. Органическая химия: Учебник для вузов. – СПб: «Иван Фёдоров», 2002, Стр. 421-427.
6. Гитис С.С., Глаз А.И., Иванов А.В.Практикум по органической химии: -М.: Высш шк., 1991. - 303.: ил.
7. Шабаров Ю.С. Органическая химия: Учебник для вузов в 2-х кн. – М.: Химия, 1996.Стр. 558-561, 626-629.
Download 61.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling