Aminokislotalar biosintezi texnologiyasi


Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish


Download 121 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi121 Kb.
#1276715
1   2
Bog'liq
. Fermentlar yordamida aminokislotalar sintezi

2. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish
Odatda mikroorganizmlar aminokislotalarning hammasini ma`lum miqdorlarda sintezlash qobiliyatiga ega bo`ladi va bu aminokislotalardan hayotiy jarayonlardagi o`zlarining ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan maxsus oqsillarni sintezlaydi. Demak har bir aminokislotani biosintezlanish tezligi gen darajasida shu aminokislotani sintezi uchun mas`ul bo`lgan ferment (repressiya) orqali, shuningdek bu fermentlarning o`zlari darajasida, ya`ni hosil bo`lgan aminokislotalarning miqdori oshib ketsa uning faolligini o`zgarishi (retroingibirlanish) orqali nazorat qilinadi.
Mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladigan aminokislotalar biosintezining shu tamoyilda nazorat qilinishi bu aminokislotalarning oshiqcha miqdorda hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Demak aminokislotalarni hujayradan ajratib olish darajasidagi miqdorda sintezlanishini ta`minlash uchun tizimni izdan chiqarib aminokislotani mikrob hujayrasida ko`p miqdorda yig`ilishiga erishish lozim bo`ladi. Bu xil mikroblar tabiiy manbalardan ajratib olinadi. Masalan, yovvoyi tip shtammlari orasida glutamin kislota, prolin yoki valinni to`playdigan xillari uchraydi. Lekin aminokislota produsentlarini seleksiyalashning asosiy yo`li-auksotrof va boshqaruvchi mutantlarni ajratib olishdan iboratdir. Auksotrof mutantlarni bakterial suspenziya aralashmasiga fizik (ultrabinafsha va rentgen nurlari) va kimyoviy (etilenimin, dietilsulfat, nitroetilmochevina) omillarni ta`siridan so`ng selektiv muhitda tanlab ajratib olinadi. Bunday mutantlarda fermentni determinatsiyalovchi defekt gen paydo bo`ladi-ki, usiz muayyan aminokislotani biosintezi amalga oshmaydi. Aminokislotalarning produsentlari-auksotrof mutantlar sifatida faqat dastlabki mahsulotning bir xilidan eng kamida ikkita aminokislotani tarmoqli ravishda biosintezini amalga oshiruvchi mikroorganizmlardan foydalanish mumkin bo`ladi. Aminokislotalarning biosintezini umumiy sintetik jarayonning birinchi fermenti faoliyati darajasida so`nggi mahsulotning hosil bo`lishi orqali retroingibirlash yo`li bilan nazorat qilinadi. Bu xil auksotrof mutantlarda muhitda bir xil aminokislotalarning ko`p miqdorda bo`lib, ikkinchi aminokislotaning kamligi ferment faolligini to`sib qo`ymaydi. Mutagen ta`sir natijasida biosintezi to`sib qo`yilgan aminokislota muhitga chegaralangan miqdorda qo`shilishi mumkin.
Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling