Amir Alisher Navoiy adabiyotshunos siyosatchi


Kalit so'zlar: Amir Alisher Navoiy, Sulton Husayn Boyqaro, Samarqand, Hirot


Download 28.32 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi28.32 Kb.
#239988
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amir Alisher Navoiy adabiyotshunos siyosatchi

Kalit so'zlar: Amir Alisher Navoiy, Sulton Husayn Boyqaro, Samarqand, Hirot

Kirish

Temuriylar davrining siyosatchi, yozuvchi, olim va o'qimishli dahosi Amir Alisher Navoiyning tarjimai holi va asarlari keng, ixtisoslashgan tadqiqotlarni talab qiladi. Uning ko'p qirrali va hamma yo`nalishlarni qamrab oluvchi shaxsiyati sharqshunoslardan adibning intellektual hamda siyosiy tizimdagi qiziqishlari va tajribasi turiga qarab har birini alohida o'rganish va tadqiq qilishni talab qiladi. Ushbu qisqa tadqiqotda, vaqtim va imkoniyatim cheklanganligi sababli, Amir Alisher Navoiyning siyosiy hayot va devondagi jarayonlarda kasb etgan rollarini qisqacha bo'lsa ham o'rganib chiqishga harakat qildim.

Bundan oldin, alohida bir "Amir Alisher Navoiyning turk(o`zbek) she'riyatini yaratishida fors shoirlarining ta'siri” nomli tadqiqot ishimni to'plab, xalqaro MADANIYATLARARO MULOQOTDA SHARQ TILLARINING AHAMIYATI” mavzusidagi masofaviy-onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun yuborgan edim.

Endi men ushbu olim va yozuvchi, siyosatchi shaxsiyatining yana bir boshqa jihatini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lganimdan bag`oyatda xursandman.




Download 28.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling