Amir nasrulloxon amalga oshirgan harbiy


Oriental Renaissance: Innovative


Download 434.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana12.03.2023
Hajmi434.64 Kb.
#1265312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amir-nasrulloxon-amalga-oshirgan-harbiy-islohotlar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
132 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
XIX asr 30-yillariga oid maʻlumotlarga koʻra, Buxoro amirligida 19000 askar 
boʻlgan. Navkarlarning juda oz qismida pilta miltiq boʻlgan, koʻpchiligi esa 
nayzalar va qilichlar bilan qurollangan edi. Baʻzi navkarlar sovut kiyganlar, 
charmdan yoki temirdan ishlangan qalqonlari ham boʻlgan. Qoʻshinga Buxoro 
viloyatidan 12 ming askar, Samarqanddan - 2500, Qarshidan - 2500, Maymanadan - 
1000, Qorakoʻldan -1000 ta askar yеtkazib bеrilgan. 
Amirlik artillеriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir nеcha toʻplardan tashkil 
etilgan boʻlib, ularning uch-toʻrttasi lafеt (tеmir suyanchiq) ga ega edi. 
Buxoro amirligi qoʻshinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda boʻlmagan. Har 
qaysi urugʻ va hudud mavjud imkoniyatlardan kеlib chiqib yoki amirlikdagi 
nufuziga qarab qoʻshin soni belgilangan. Bundan tashqari, qoʻshin tarkibida turli 
davlatlar fuqarolari hisoblangan harbiy asirlar, qullar va boshqa toifa vakillari ham 
mavjud edi [9:15-19.]. 
Amir Haydarning muntazam qoʻshin tuzish borasidagi harakatlarini Buxoro 
amiri Nasrulloh (1827-1860) davom ettirdi.
Amir Nasrulloh maʻmuriy va siyosiy sohalarda islohotlar oʻtkazishdan tashqari 
harbiy islohotlar qilishga ham katta eʻtibor qaratdi. Bu hukmdorning saʻy-
harakatlari bilan piyoda askarlardan iborat sarbozlar va toʻpchilarning muntazam 
qoʻshini tuzildi. 
2000 kishiga yaqin boʻlgan otryad kalta qizil kiygan va nayzali miltiq, qilich, 
toʻpponcha bilan qurollangan. Sarbozlarni dehqonlar, hunarmandlar va asirlar 
orasidan tanlab olishgan. Ularga har kuni harbiy bilim berilgan. Sarbozlar shahar 
chetidagi maxsus joylarda oʻz oilalari bilan yashaganlarva xizmatdanboʻsh 
vaqtlarida xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanganlar[12:9]. 
Yozma manbalarda qayd etilishicha, bu oʻtkazilgan harbiy islohotr 1837-yilda 
amalga oshirilgan edi. Buning natijasida Buxoro mamlakati qoʻshinining jangovar 
holati yaxshilandi. XIX asr oʻrtalaridagi maʻlumotlarning koʻrsatishicha, dastlab 
muntazam qoʻshin asosini, Buxoro amirligidagi asirlar tashkil etgan edi. Voqеalar 
guvohlarining yozishicha, 1837-yildayoq, 1000 dan ortiq asirlardan 800 kishi 
muntazam piyoda askarlik - sarbozlikka, 250 dan ortiq kishi esa artillеriya 
qoʻshinlari toʻpchilar safiga qabul qilingan edi. 800 kishidan iborat boʻlgan 
muntazam piyoda askarlar qoʻshini 50 ta sarbozlar boʻluklari (jami 40 000 sarboz) 
ga boʻlingan. 
Amir Nasrullohdavrida qoʻshin tuzilishi quyidagicha koʻrinish olgan edi: 



Download 434.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling