Amir nasrulloxon amalga oshirgan harbiy


Oriental Renaissance: Innovative


Download 434.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana12.03.2023
Hajmi434.64 Kb.
#1265312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amir-nasrulloxon-amalga-oshirgan-harbiy-islohotlar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
133 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
Harbiy asirlardan iborat 80 kishilik guruh, 700 kishilik harbiy boʻlinma, ular 7 
dastaga boʻlinib boshida ellik boshi, bu guruh ham oʻnliklarga boʻlinib, dahboshi 
boshqargan va yuzboshiga yordamchi harbiy mansabdor hisoblangan. 
Taʻkidlash joizki, amir Nasrulloh mangʻit amirlari ichida birinchi bor piyoda 
sarbozlar tarkibidan toʻpchilardan iborat doimiy harbiy boʻlinmaga asos solgan. 
Amirlikda toʻplar bundan ham oldin boʻlishiga qaramasdan ulardan alohida 
guruh, Oʻgʻlon va Talipoch darvozalari oldida toʻpchilarning kazarmalari barpo 
etilganligini aytib oʻtadilar. Shu tariqa, Buxoro atrofida “Sarbozxona”nomi ostida 
mashxur boʻlgan, 800 uydan iborat harbiylarning muntazam yashash manzillari 
shakllangan. 
Amir Nasrulloh tashkil etgan toʻpchilar tarkibida 14 nog’arachi, 14 
naychilardan iborat musiqachilar guruhi mavjud boʻlib. har bir yuzlikda ikkita turk 
na’munasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta trubachi faoliyat koʻrsatgan. Bundan 
tashqari, rus harbiy asirlaridan tatar Ismoil va rus Trofim murabbiyligida piyoda 
sarbozlardan tashkil etilgan harbiy musiqachilar guruhi bolobomchilar ham boʻlgan 
[14, б-194].. 
Xorijdan harbiy mutaxassislar jalb etilib, ulardan zamonaviy qurol-yarogʻlar 
tayyorlash va foydalanish sirlari oʻrganildi. Masalan, 1834-yili Erondan kelgan 
Abdusamad Tabriziy yevropacha usuldagi nizomiy askarlarga tartib bergan va 1837-
yili maxsus toʻpchilar qoʻshinini tuzgan. Buxoroda toʻp va zambaraklar quyish uchun 
alohida toʻpxona qurilgan. Ikki yuz kishidan iborat ingliz rusumidagi maxsus askariy 
guruh tuzilib, unga eroniy qullar kiritilgan. Ushbu guruh Amir Nasrullohning oʻziga 
xos maxsus gvardiya otryadi boʻlib, unga Abdusamad Tabriziy boshchilik qilgan. 
Abdusamad Tabriziy bu davrda Amir Nasrullohning harbiy maslahatchisi va noibi 
lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Amir oldida va saroy ayonlari oʻrtasida uning nufuzi 
ancha baland boʻlgan. Shuningdek, xorijdan yana Shohruxxon ibn Ibrohimxon nomli 
toʻpchiboshi va boshqa harbiy mutaxassislar olib kelingan. Buxoro davlatining harbiy 
qoʻshinida qizil kurtka, oq shalvar va qalpoqdan iborat maxsus harbiy kiyim joriy 
etildi. Muntazam piyoda armiyaning soni 40 000 sarbozdan iborat boʻlgan. 
Keyinchalik sarbozlarning har biri nayzali miltiq, qilich va toʻpponcha bilan 
qurollantirildi. Baʻzi manbalarda bu sarbozlarning miqdori 2500 nafar deb 
koʻrsatiladi. Amir sarbozlariga eron, turk zobitlaridan tashqari ayrim rus ofisterlari 
ham taʻlim bergan. Ayrim tarixchilarning fikricha, harbiy sohada islohotlar 
oʻtkazilishidan oldin, ya’ni 1830-1832-yillarda Buxoroda 20 000 kishilik otliq 
qoʻshin, 400 kishilik piyoda qoʻshin boʻlib, ularning ixtiyorida 41 ta artilleriya toʻpi 
boʻlgan. Bundan tashqari, bu paytda amirlikning turli hududlarida 50 000 kishilik 



Download 434.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling