Amir Temur Alisher Navoiy


Download 499.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1162497
Bog'liq
Amir Temur (2)



Amir Temur –
Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabzda (Kesh) dunyoga kelgan. Otasi o’z zamonasining taniqli beklaridan bo’lgan. A. Temur yoshligidan harbiy san’atga qiziqa boshladi, keyinchalik yoshligidagi do’stlarini yig’ib qo’shin tuzdi va turli xon va beklarga yollandi. Taxminan 1358 yillarga kelib Amir Temur, dunyoga harbiy yetakchi sifatida tanildi. O’sha paytlarga kelib Temur, Chingizxon avlodidan bo’lgan va Chig’atoy xonligining, xoni Chig’atoy bilan jang qildi. Amir Temur hayotining keyingi 11 yilini biz, qisqacha qilib uning Yodnomasidan bilib olishimiz mumkin. Temur, Volga Bulg`orlarini mag’lubiyatga uchratgan va taxtdan olib tashlagan Ko`ragon bilan ittifoq tuzgandan so’ng, Xurosonga yurish qiladi. Uning keyingi yurishlari Xorazm va Urgenchga bo’ldi.

Amir Temur

Alisher Navoiy
Alisher Navoiy

Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.


Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.


Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur
Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. U 1483-yil 14-fevralda Andijonda Farg’ona usuli hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Barcha temuriy shohzodalar singari otasi saroyida tahsil oladi. 12 yoshida shiddatli saroy kurashlari girdobida qolib, biron-bir madrasani ham tugatishga imkon va fursati bo`lmasa-da, adabiyot, nafis san`atining chinakam shaydosi bo`lib yetishadi. Andijon taxti uchun ukasi Jaxongir Mirzo, amakasi Sulton Ahmad Mirzo, tog’asi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashadi. Samarqand taxti uchun bir necha yil shiddatli janglar olib boradi, ammo samarasiz kechgan bu janglardan keyin Bobur janubga qarab yo`l oladi. 1503-yilda Qobul va G’aznani jangsiz qo`lga kiritadi. 1505-1515-yillarda bir necha bor Markaziy Osiyoga qaytishga urinib ko`radi, ammo hech qanday natijaga erisha olmaydi. 1519-1525-yillarda Hindistonni qo`lga kiritish uchun jang olib boradi. 1526-yilning aprel oyida Ponopatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo`di bilan va 1527-yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo`lgan janglarda Boburning qo`li baland keladi. Tarixiy ma`lumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo`lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo`llaganlar va Sikri jangidagi bu g’alaba Boburga Hindistonga o`z hukmronligini uzil-kesil o`rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Yangi mustahkam davlat “Buyuk mug’ul imperiyasi” nomini oladi va 300 yildan ortiq hukmronlik qiladi. 1526-yilning 21-dekabrida Bobur zaharlanadi, tasodif tufayli omon qoladi. 1530-yilda Agrada vafot etadi. Keyinroq vasiyatiga ko`ra, farzandlari uning xokini Qobulga olib kelib, dafn etadilar.


Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling