Darvin ta’limotining paydo bo‘lishi


Download 7.58 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.58 Kb.
#1594580
Bog'liq
DARVIN TA’LIMOTINING PAYDO BO‘LISHI

DARVIN TA’LIMOTINING PAYDO BO‘LISHI

Mavzu yuzasidan rejalar

  • 1. Ch. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati
  • 2. Evolyutsion nazariya ustida ishlash
  • 3. Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni

O’tilgan mavzuning qisqacha takrori


«Fransiya florasi» nomli asar qachon chop etildi va u necha tomli
Lamarkning fikricha turlar
o ‘zgarishida asosiy omil nima ?

Ch. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati

  • Charlz Robert Darvin 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shiyusberi shahrida shifokor oilasida tugildi. U bolaligidayoq tabiatdagi voqea-hodisalar, chunonchi, qushlar hayotini kuzatishga, 0‘simliklar va minerallardan kolleksiyalar to‘plashga qiziqar edi. Darvinlar uyining bir tomonida xilmaxil manzarali daraxt va butalar ekilgan bog‘ bo‘lib, ikkinchi tomonida daryo oqar edi. Yosh Charlz bo‘sh vaqtlarini tabiat quchogida o‘tkazar, qushlar, hasharotlarni kuzatib, baliq tutar va ov bilan shug'ullanar edi.

Darvin tabiiy fanlarga qiziqishi jihatdan boshqa studentlardan ajralib turgani sababli universitetdagi yirik tabiatshunos olimlarning diqqate’tiborini o‘ziga jalb etdi. Botanika professori Genslo, geologiya professori Sedjvik Darvinning tabiyotga oid bilimlarini rivojlantirishga yaqindan yordam berdilar. U tajribali geolog Sedjvik tomonidan Shimoliy Uelsga uyushtirilgan geologik ekskursiyalarda faol ishtirok etdi. Darvin A. Gumboldtning Janubiy Amerikaga qilgan safari xotiralarini o‘qib, safar qilishga ko‘proq qiziqa boshladi.
«Bigl» kemasidagi safar va uning ahamiyati
«Bigl kemasidagi safar 1831-yil 27-dekabrdan boshlanib, 1836-yil 2- oktyabrigacha, ya’ni salkam 5 yil davom etdi. Bu kema safarining asosiy vazifasi dengiz xaritalarini mufassal tuzish maqsadida Janubiy Amerikaning sharqiy va g‘arbiy sohillarini hamda unga yaqin orollarni suratga olishdan, yer atrofida bir nechta xronometrik oichov olishdan iborat edi.
Safarga ketayotgan Darvin Lyayelning 1830-yili chiqqan «Geologiya asoslari» degan kitobining birinchi tomini o‘zi bilan olib ketgan edi. Yashil Burun orollarida olib borilgan dastlabki geologik kuzatishlarda Darvin Lyayelning geologik o‘zgarishlar asta-sekin borishi haqidagi mulohazalari boshqa mualliflar nazariyasiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Darvin Kordilera qoyalari bo‘ylab qilgan ekskursiyalarida tizmaning markaziy qismida — 2000m balandlikda araukariyalar oilasiga mansub 50 ga yaqin daraxtning toshga aylangan qoldig‘ini topdi. Ular bir- biridan ancha uzoqda joylashgan boisa-da, bir guruhni tashkil etardi. Toshga aylangan daraxtlarga qarab, Darvin shu yerlarda o‘tmishda sodir boigan voqyealarni ko‘z oldiga keltirdi. Hayvonlar geografik tarqalishining ba’zi o‘ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni ajablantirdi.
Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olamini mufassal o‘rgandi va ularning o‘ziga xosligini ta’kidladi. Mazkur arxipelag 10 ta asosiy va bir necha kichik orollardan tashkil topgan boiib, uning faunasi va florasi tuzilishiga ko‘ra ko‘p jihatdan Janubiy Amerika faunasi va florasiga o'xshash edi. Shu bilan bir qatorda orollardagi ko'p o‘simliklar bilan hayvonlar turi endemik, ya’ni boshqa joylarda uchramaydigan turlar hisoblanadi.
2. Evolyutsion nazariya ustida ishlash
Evolyutsion nazariyaning birinchi xomaki nusxasi 1839-yili tayyor bo‘ldi. Turlar kelib chiqishi nazariyasining asosiy qoidalari esa 1842-yili yozilgan qisqacha ocherkida o‘z ifodasini topdi. 1844-yilga kelib, turlarning paydo bo'lishi to‘g‘risidagi ocherk oxiriga yetkazildi. Bu davrda sun’iy va tabiiy tanlanishning ijodiy roli Darvin e’tiborini tobora ko‘proq o‘ziga jalb etdi
1856-yili Lyayel Darvinga organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi qarashlarini kengroq bayon etishni maslahat qildi. Shundan keyin u nashr etilgan «Turlarning kelib chiqishi» asariga qaraganda 4 marta katta hajmli asar yozishga kirishdi. Lekin asarning yarmini yozib bo'lgach, olimning ilgari o'ylagan fikrlari tamomila o‘zgardi. Gap shundaki, Malayya arxipelagida ish olib borayotgan taniqli tadqiqotchi, zoolog Alfred Uolles 1858-yil 18-iyunda Darvinga xat va kichik maqola yubordi.
Darvinning «Organik mavjudotlarning tabiiy holatda o‘zgarishi, tabiiy tanlanish, xonaki hayvonlarni yowoyi turlar bilan qiyoslash to‘g‘risida» nomli maqolasi nashr qilindi. Lekin har ikki maqola ham olimlar diqqatini o'ziga torta olmadi. Natijada Lyayel va Guker Darvinni o‘z nazariyasini qisqacha boisa-da, bitta kitob holida yozib, nashr ettirishga shoshirdilar va nihoyat, 1859-yil 24-noyabrda «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashda eng yaxshi moslashgan zotlarning saqlanib qolishi» degan mashhur asari chop etildi.
3. Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni
Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli asari aniq va mantiqiy reja asosida yozilgan boiib, Lyayel ta’biri bilan aytganda, «bir uzun argument»dan iborat edi. U umuman evolyutsion nazariya, xususan, tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlashga qaratilgan edi. Asar 14 bobdan iborat boiib, xilma-xil hayvonlar zoti va o‘simliklar navini chiqargan inson amaliyotini tahlil qilishdan boshlanardi.
«Turlarning kelib chiqishi» asari Darvin tomonidan bajarilgan juda katta mehnatning bir ulushidir. Asarda bayon etilgan fikrlarning to‘g‘riligini isbotlash va rivojlantirish maqsadida Darvin keyinchalik ham yana ko‘p asarlar yozdi. Ulardan biri 1868-yili nashr etilgan «Xonakilashtirilgan hayvonlarning va madaniy o'simliklarning o'zgaaivchanligi» nomli asardir. Asarda tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlash maqsadida hayvon zotlari, o'simlik navlarini chiqarish tajribasi, ya’ni sun’iy tanlash masalasi juda keng, puxta, ilmiy tarzda yoritildi.
Download 7.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling