Mavzu: Mustaqillik me`mori. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, Islom Karimov. Mavzuning qisqacha ta`rifi


Download 1.97 Mb.
bet1/5
Sana04.12.2020
Hajmi1.97 Mb.
#158558
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xotira darsi. Absatova Guzal (2)


Mavzu:Mustaqillik me`mori.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, Islom Karimov.

Mavzuning qisqacha ta`rifi :mustaqillik haqida ma’lumot beriladi, mustaqillikka asos solgan Birinchi prezidentimiz Islom Karimov hayoti haqida o‘rganadilar.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: suhbat, tushuntirish, ko’rsatish

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: darslik, multimedialiilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar.

Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Maqsadlar: O'quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish. Mustaqillik me’morchisi I.A.Karimov haqida ma’lumotlar berish va milliy g'urur tuyg'ularini uyg'otish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo,telefon orqali

berilgan xabarlarni gapirib bera olish.



O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning

nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.



Tashkiliy qism: O'quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.

Ma'naviyat daqiqasi

Vatan ona, Vatan chamandir,

Vatan quyosh, Vatan osmondir.

Vatan she'rdir, Vatan xayoldir,

Vatan tuproq, Vatan iymondir.

  1. Asosiy qism:

O’quvchilar:
R.Ozoda
Balqdi adolatning quyoshi
Yetib xalqim sabr bardoshi
Yo’lga boshlab dono yurtboshim
Porlar istiqbolim quyoshi

Aziz

Yigirma olti yil tarixda



Kichik bir sana
Yigirma olti yil avval
Qildi yurtim tantana

Dilafruz 
Yigirma olti yil ichra
Bo’ldi ko’p o’zgarishlar
Asrlarga arzigulik

Buyuk bir ishlar



Shahriyor 
Yigirma olti yil uchun
Beray shu kichik jonim
Yigirma olti yosh muborak
Ey, O’zbekistonim.

X.Madina 
Ming to’qqiz yuz to’son birinchi
Yil birinchi sentabr tongi
Mustaqillik abadiy umr o’tkinchi
Yangradi elimda istiqlol bongi

Samandar

Mustaqil yurt uzra hilpirar bayroq


Ranglari havo rang yashil va oppoq
Qizil ranglari bu tomirdagi qon
Gullayver, yashnayver, jon O’zbekiston.

Diyora

Bordir gerbi,tamg’asi har bir davlatning


Gerbingda aks etgan ko’rku savlating
Daryo, yerlar paxtazoru , bug’doyzor
Mangu yashna erki mustaqil diyor

Shohjahon
Konstitutsiya davlatimda bosh qonun
Adolatga haqiqatga bosh mezon
Huquq burching unda aks etgan ayon
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson

O’qituvchi:

-Bugun yoshlarimiz tinch va osoyishta osmon ostida, ota-onasi bag‘rida emin-erkin ulg‘aymoqda. Ular istiqlolni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uning qadriga yetish zarurligini, bu yorug‘ va saodatli kunlarimiz, baxtiyor hayotimiz xalqimizning fidoyi insonlari chekkan mashaqqatlar evaziga kelganini bilishi kerak. – Mustaqillikning dastlabki yillarida Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyil qisqa davrda hayotda o‘zini oqlab, dunyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etildi. Ko‘plab davlatlar bu tamoyillardan namuna olishga, uni o‘z siyosatiga targ‘ib etishga intildi. Ta’lim tizimidagi islohotlar, qishloq joylarda aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi mamlakatimiz erishgan muvaffaqiyatlarning muhim omillari hisoblanadi.Albatta mustaqilligimiz asoschisi O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Abdug’aniyevichdir.Mohinur: Mana president bobomiz o’gir ahvolda yotganlarida ham biz bolajonlarga o’zining sovg’asini hadya etib ketdilar.  


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling