Amir temur and the temurian period literary environment and some aspects of fine art in historical sources
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 273.11 Kb. Pdf ko'rish
|
amir temur va temuriylar davri adabiy muhit va tasviriy san atning
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793 Academic Research, Uzbekistan 789 www.ares.uz mazmunlarning yangicha talqini sifatida o„zining ham falsafaning ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV-XV asrlar mintaqa ma‟naviyati “Xamsa” an‟anasi ta‟sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo„lmaganda “Xamsa”ning bir dostoniga javob yoza bilish bilan o„lchanadigan bo„ldi. Bu jahon ma‟naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Xaydar Xorazmiylar boshlab bergan “Xamsachilik” an‟anasi o„zining kamolini A.Navoiy ijodida topdi. XV asrning ko„zga ko„ringan adabiyotshunos olimlarning biri Davlatshoh ibn Abouddaula Baxtish al-G„oziy as-Samarqandiydir. Uning tarjimai holiga oid ma‟lumotlar juda kam bo„lib, “Tazkirot un-shuaro” (Shoirlar tazkirasi) asarida keltirilgan ba‟zi bir ma‟lumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat rabobi oilasida tug„ilgan. Uni taxminan yashagan yillari 1435-1495 yillarga to„g„ri keladi. Uning “Tazkirat un-shuaro” asarida VII-XV asarlarda yashab ijod qilgan 155 shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli ma‟lumotlar keltirilgan. Bu asar juda katta davr qariyb sakkiz yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan shoir va adiblar faoliyatini tadqiq qabzasiga olgan. “Tazkirat ush-shuaro” yoki “Tazkirai Davlatshohiy” muqaddima, xotima va yetti qismdan iborat. Davlatshoh Samarqandiyning mazkur tazkirasi jamoatchilik e‟tiborini ko„pdan beri tortib kelmoqda. 1819-yildan bayon asarning ayrim parchalari Rossiya (V.A.Jukovskiy va F.Erdman), Fransiyada (Silvers de Sasi), Angliyada (E.Broun va A.Falkoner), Turkiyada (Fahim Sulaymon afandi), Germaniyada (Hammer) hamda Gollandiyada chop etilgan. Uning to„la matni 1887-yili Bombayda Mirza Muhammad, 1901-yili Londonda E.Broun va 1958-yili Tehronda Xoja Muhammad Ramazoniy tomonidan nashr etilgan. 1900-yili birinchi bor Xivada Muhammad Rafe tomonidan eski o„zbek tiliga (Xorazm shevasida) o„girildi. 1967-yili B.Ahmedov “Tazkirat ush-shuaro” tazkirasidan Mavrkaziy Osiyo va Xurosonlik 32 va 1981-yili 50 dan ortiq shoir hayoti hamda ijodiga oid ayrim parchalarni o„zbek tiliga tarjima qilib, “Davlatshoh Samarqandiy” nomli kitobiga ilova qilgan.[3] Davlatshoh Samarqandiy bilan umrguzaronlik qilgan olimu, davlat arboblaridan bo„lgan Husayn Boyqaro (1438-1506), Husayn Voiz Koshifiy (1440- 1505) bo„lib bular XV asrda Xuroson va Movarounnahr madaniyatining madaniyatining rivojiga katta hissa qo„shgan hamda o„z asarlari bilan so„nggi avlodlarga katta ta‟sir ko„rsatgan mashxur allomalardan bo„lib tarixda qoldi.[4] Ular qomusiy ijodi bilan o„z davri ma‟naviy yuksalishi yo„lida faol xizmat qildi va nafaqat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling