Amir temur and the temurian period literary environment and some aspects of fine art in historical sources


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 273.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana22.04.2023
Hajmi273.11 Kb.
#1382458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
amir temur va temuriylar davri adabiy muhit va tasviriy san atning

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793 
Academic Research, Uzbekistan 787  www.ares.uz 
Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar-tarixiylik, obyektiv, qiyosiy-
mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, tamoyillari asosida yoritilgan boʼlib, unda Amir Temur 
va Temuriylar davri manbalari asosida adabiy muhit va tasviriy san‟at qiyosiy taxlil 
va ketma – ketli asosida taxlil qilingan. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Amir Temur hayoti va faoliyati hamda bu masalani yorituvchi asosiy tarixiy 
manbalar xilma-xil bo„lib, bu Amir Temurning jahon tarixidagi roli buyuk 
ekanligidan va uning nomi g„oyat mashhurligidan dalolat beradi. Mazkur manbalar 
jamiyat tarixini o„rganuvchi olimlarimizning asarlarida, ayniqsa, o„zbek, rus va ingliz 
tillarida nashr etilgan. Jumladan “Amir Temur jahon tarixida” nomli fundamental 
tadqiqotda batafsil tahlil etib berilgan. Ushbu tadqiqotda mavzu bo„yicha jahonning 
turli tillarida nashr etilgan adabiyotlar ro„yhati ham keltirilgan. [1] 
Temuriylar saltanati hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda badiiy 
adabiyot ham yangi bosqichda ko„tarildi. Shu davrda fors-tojik adabiyoti o„zining 
yangi rivojlanish pog„onasiga erishgan bo„lsa, o„zbek adabiyoti Alisher Navoiy, 
Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid 
Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o„z taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga 
ko„tarildi. 
Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang”, A.Navoiyning “Xamsa”, “Hazoyin ul 
maoniy” asarlari shu davr adabiyotining shoh asarlari edi. Jomiy yetti dostondan 
iborat to„plamiga “Haft avrang” (Yetti taxt) deb nom qo„yar ekan, Temuriylar 
sulolasidan yetti (Amir Temur, Xalil Sulton, Shohrux, Ulug„bek, Abulqosim Bobur
Abu Said, Mirzo Husayn Boyqaro) ni ko„zda tutgan bo„lsa, Navoiy o„z “Xamsa”sini 
yaxlit holda Husayn Boyqaroga bag„ishlagan va bu bilan har ikki muallif ham shu 
davr hukumdorlariga o„zlarining ma‟lum ma‟noda minnatdorchiliklarini namoyon 
etgan. 

Download 273.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling