Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
Download 292.68 Kb.
|
Aruz vazni
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQDIMOTI
Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
Aruz Sharq xalqlari adabiyotida juda qadimiy tarixga ega vazn bo’lib, dastlab arab adabiyotida vujudga kelgan. IX asrdan boshlab aruz fors‑tojik adabiyotida ham asosiy vaznga aylandi. Aruzning turkiy xalqlar adabiyotiga kirib kelishi XI asrga to’g’ri keladi. Turkiy adabiyotda aruz vaznida yozilgan birinchi asar Yusuf Xos Hojibning 1079 yilda yozilgan «Qutadg’u bilig» asaridir. Yusuf Xos Hojibdan boshlab to XX asrning boshlariga qadar yashab ijod etgan barcha shoirlar: Ahmad Yugnakiy, Pahlavon Mahmud, Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Muhammad Solih, Bobur, Xoja, Turdi, Mashrab, Munis, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat va boshqa so’z san’atkorlari o’z asarlarini aruz vaznida bitganlar. Aruz haqida Aruz haqidagi ilmga asos solgan kishi ham VIII-asrda yashab ijod etgan arab olimi Xalil ibn Ahmaddir. Bu haqda Alisher Navoiy aruz vazniga bag’ishlangan «Mezon ul‑avzon» asarida shunday deb yozadi: «Xalil ibn Ahmad rahmatullohki, bu fanning voziidur, chun arab ermish» (Mazmuni: Aruz vaznining asoschisi Xalil ibn Ahmad rahmatullohdirki, arab ekan). Xalil ibn Ahmad arab adabiyotida mavjud bo’lgan vaznning o’ziga xos xususiyatlarini g’oyat aniq va mukammal bayon qilib, uni o’zi yashagan vodiyning nomi bilan ataydi.
Download 292.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling