Amir temur avlodlari
Download 32 Kb.
|
AMIR TEMUR AVLODLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahongir – 1356-yilda tavallud topgan.
- Mironshoh – 1367-yil tug‘ilgan.
- Shohruh - 1377-yilda tug‘ilgan.
AMIR TEMUR AVLODLARI Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Sohibqiron Amir Temurning ikki qizi va tо‘rt о‘g‘li bо‘lgan. Qizlardan birining ismi Og‘abegim bо‘lib, u Sulton Husaynning onasi edi. Lekin tarixchilarning ma’lumot berishiga kо‘ra, qizlardan biri haqida hech qanday ma’lumot yо‘q. О‘g‘illar esa Jahongir, Umarshayx, Mironshoh va Shohruh Mirzolardir. Tо‘rtta о‘g‘ildan ikkitasi Temurning hayotligida qazo qilgan. Quyida Sohibqiron Amir Temurning о‘g‘illari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Jahongir – 1356-yilda tavallud topgan. U bolaligidan otasining boshiga tushgan sarsonlik, jangu-jadal mashaqqatlarini barobar tortdi. Shu tariqa ulg‘ayib, о‘n uch-о‘n tо‘rt yoshidan tajribali amirlar qatorida harbiy yurishlarda ishtirok etdi. Jahongir 1373 yili Xorazm hukmdori Yusuf sо‘fining Sevinchbeka ismli jiyaniga Kongilda katta tо‘yu-tantana bilan uylantirildi. Tarixiy manbalarda kelishicha Jahongir Mirzoning yana bir ayolining ismi Ruqiya bо‘lib, u amir Kayxisravning qizidir. Yana bir ayolining ismi esa Xonzoda bо‘lgan. Sohibqiron Amir Temur tо‘ng‘ich о‘g‘lini kо‘p yaxshi kо‘rar edi. Hatto u Jahongir Mirzoni valiahd etib tayinlab, unga о‘n ikki ming otliq askarni in’om qildi. Ammo valiahdga shoh bо‘lishlik nasib etmadi. Chunki u 1376-yilda, yigirma yoshida tо‘satdan olamdan о‘tdi. Jahongir Mirzodan ikki о‘g‘il qoldi. Tо‘ng‘ichi Muhammad Sulton bо‘lib, Temur uni valiahd etib tayinladi. Ammo toju-taxt Muhammad Sultonga ham nasib etmay, foniy dunyoni tark etdi. Muhammad Sultondan uch о‘g‘il qolgan bо‘lib, ular Muhammad Jahongir, Sa’d Vaqqos, Yahyo ismli edi. Jahongir Mirzoning kichik о‘g‘li Pirmuhammad otliq edi. Temur vafotidan oldin uni valiahd etib tayinladi. Ammo Pirmuhammadga ham shoh bо‘lish nasib etmadi. Undan yetti о‘g‘il qoldi: Qaydu, Holid, Yahyo, Buzinjar, Mahdiy, Sanjar, Qaysar. Umarshayx - 1356-yilda tug‘ilgan, 1394-yilda vafot etgan. Umarshayx Mirzo bir jangda otasining buyrug‘iga kо‘ra, unga madad kuchlari etayotgan vaqtida Harmotu qal’asiga yetganda shu yerni sayr qilishni ixtiyor qildi. Shu payt bir kishi о‘q otayotgan edi. Tasodifan о‘q kelib Umarshay Mirzoga tegdi va uning umriga xotima yasadi. Umarshayx Mirzodan besh о‘g‘il qoldi. Kattasining ismi Pirmuhammad bо‘lib, u Umarshayxning otasi edi. Ikkinchisi Rustam Usmon va Alining otasi edi. Uchinchisi Iskandar, tо‘rtinchisi Ahmad edi. Beshinchisi Boyqaro bо‘lib, u Mansurning otasi edi. G‘iyosiddin Mansur Husayn Boyqaroning otasi edi. Mironshoh – 1367-yil tug‘ilgan. Mironshoh Mirzo Ozarbayjonni boshqarar edi. U bu yurtda kо‘plab obodonlashtirish ishlari olib borgan, xususan masjid, madrasa, saroylar qurdirgan. Kunlarning birida Mironshoh Mirzo shikorga chiqgan paytida otdan yiqilib, boshi qattiq lat yedi. Buning oqibatida shahzodaning xatti-harakatlari tushunib bо‘lmaydigan darajada о‘zgarib ketdi. U о‘zi qurdirgan binolarni buzdirib, ichkilikka berilib, О‘zbekxonning nabirasi bо‘lgan xotinini xо‘rlashga о‘tgan. Albatta, о‘g‘lining bu harakatlariga qarshi Sohibqiron Amir Temur turli chora-tadbirlar kо‘rar edi. Mironshoh Mirzo otasining vafotidan sо‘ng, 1408-yilda turkmanlar bilan bо‘lgan jangda halok bо‘ldi. Askarlardan biri jarohat olib, chala jon bо‘lib yotgan Mironshoh Mirzoni tanib qoldi va shu zahoti uning kallasini kesib olib, nayza uchiga sanchib, sardorlari amir Qora Yusufga olib bordi. Shohruh - 1377-yilda tug‘ilgan. Bu Temuriy shahzoda haqida Bо‘riboy Ahmedovning «Mirzo Ulug‘bek» nomli kitobida kelgan ma’lumotni keltirish orqali u kishi bilan tanishsak: «Vazmin va irodasi kuchli odam edi. Mulohaza bilan «yetti о‘lchab bir kes» qabilida ish tutardi. Qolaversa, intizomli odam edi. U hoh harbiy ish bо‘lsin, hoh davlat ishi bо‘lsin, hoh dini Islom va shariat arkonlari bilan bog‘liq ish bо‘lsin о‘z vaqtida, о‘z о‘rnida ado etishga odatlangan edi. Hoqoni said har qanday sharoitda ham besh vaqt namozini uzmas edi. Saroyda ixchamgina masjidi xos bо‘lishiga qaramay, Jum’a namozini kо‘pchilik qatori faqat Hirotning eng katta masjidida, G‘iyosiddin Muhammadning jome’ masjidiga borib о‘qirdi». Shohruh Mirzo otasining vafotidan sо‘ng, 1447-yilda vafot qildi. Undan tо‘qqiz о‘g‘il va olti qiz qoldi. Dunyo tan olgan alloma, yulduzlar ilmining sultoni Mirzo Ulug‘bek Kо‘ragoniy ham uning farzandidir. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling