Parda ko’rinish Qatnashuvchilar Umarshayx mirzo Yunusxon Bobur


Download 20.56 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.56 Kb.
#223334
Bog'liq
BOBUR


BOBURNING BOLALIGI

Qo’g’irchoq teatri uchun pyesa

1parda 5 ko’rinish

Qatnashuvchilar

Umarshayx mirzo

Yunusxon

Bobur

Honzodabegim

Jahongir

Buloq

Kiyik

Xizmatkorlar

Hashamatli saroy. Turli xil ovozlar eshitiladi. Xizmatkorlar u yoqdan bu yoqqa chopib yurishibdi. Qushlarning ovozi atrofni tutgan. Umarshayx qo’lida kitob bilan chiqadi. Sersoya daraxt ostiga borib o’tiradi. Qiroat bilan og’azal o’qiydi

Umarshayx:-Odami ersang, demagil odami,

Oniki, yo’q xalq g’amidin , g’ami

Uzoqdan xizmatkorning quvonchli ovozi eshitiladi.

Ovoz:- Suyunchi. Suyunchi. Amirimiz o’g’illi bo’ldi.

UmarshayxMirzo sevinib, o’rnidan turadi.

Umarshayx Mirzo:-Allohga shukr.

Yunusxon:- O’g’lon muborak.

Umarshayx mirzo(qo’li ko’ksida). Qulluq ota. Umri bilan bergan bo’lsin.

Yunusxon:-Aytganingiz kelsin. Men nabiramni tug’ilganligi munosabati ila ovga chiqmoqchiman.

Umarshayx mirzo:- Ovingiz baroridan kelsin.

Yunusxon xokim chiqib ketadi. Ortidan Umarshayx mirzo ham ketadi.

Karnay Surnay ovozi yangraydi. Xalqni quvonchli qiyqiriqlari har tomonga yoyiladi.

Karnay sunray uzoq davom etadi.

Ovoz:- Xalqqa qirq-kechayu qirq kunduz to’y bo’ladi. Yuzga yaqin qo’chqorlar so’yilib, har bir xonadonga tarqatiladi. Bu Umarshay Mirzoning buyrug’i.

Ayol ovozi:- Ilohim o’glonni qadami qutlug’g kelsin. Risq- nasiba hech qachon tark etmasin.

Ikkinhi ko’rinish

Daraxtzor. Atrofda qushlarning ovozi. Yunusxon ikki otliq xizmatkori bilan asta yurib keladi. Yunusxondan sal narida ona kiyik o’tlab yuribdi. Yunusxon kiyikni ko’radi.

Yunusxon (barmog’ini burniga qo’yib). Tis ovoz chiqarmang. Kiyik yuribdi. Men xozir uni otaman ( kiyikka kamonini to’g’rilaydi).

Kiyik (Yunusxonga ). Ey odamzod meni otma (kiyikni bolasi o’ynoqlab chiqib keladi) .Meni bittagina bolam bor. Agar men nobud bo’lsam bolamni arslonlar yeb ketadi.

Yunusxon(kamonni tushirib). Boraqol ona kiyik. Bolang uchun yasha

Kiyik boshini egib chiqib ketadi. Yunusxon ortiga qaytadi.

Saroy. Umarshayx mirzo o’tiribdi. Yunusxon kirib keladi.

Umarshayx mirzo:- Keldingizmi ota?

Yunusxon:- Ha. Bugun men ajoyib hodisaga guvoh bo’ldim . Kiyik otmoqchi edim uning bolasi bor ekan. U menga jasorat bilan so’zladi. Agar maqul ko’rsangiz nabiramni ismini dovyurak, mardlik belgisi bo’lmish Arslon deb qo’ysak.

Umarshayx mirzo:-Siz nima desangiz shu ota. Yani dovyuraklik mardlik belgisining sal ma’nosi bu Bobur sher demakdir. Zahiriddin Muhammad Bobur bo’ladi.

Yunusxon:- Ma’qul o’g’lim ma’qul.

Ikkisi chiqib ketadi.

Uchinchi ko’rinish

Saroyning bog’i. Etti yoshli Bobur qo’lida kitob o’qib o’tiribdi. Umarshayx mirzo keladi.

Umarshayx mirzo:- Nima bilan bandsiz o’glim?

Bobur (otasiga ta’zim qiladi). Hazrat Navoiyning g’azallarini o’qiyapman ota. Kitob o’qisam negadir yuragim orom olib, o’zimni yengil xis qilaman.

Umarshayx mirzo:-Balli o’g’lim. Kitob o’qigan insonda zarracha yomonlik xissi bo’lmaydi. Siz bemalol mutoala qiling (chiqib ketadi).

Bobur kitob o’qib ko’zi uyqiga ilinadi. Tush ko’radi. Turli ovozlar har tomondan eshitiladi.

Ovozlar:- Suv , suv bering, Tomog’im qurib ketdi. Biz suvsiz qoldik.

Boburning yonidagi darxt shoxiga ikki qushcha qo’nib suhbatlashadi.

1-Qush:- Cho’l yaqinidagi damlar suvsizlikdan azob chekishyapti.

2:- Ha. Bu juda yomon. Lekin buni chorasini toppish kerak.

Bobur uyg’onadi. Qushlar uchib ketadi.

Bobur (o’ziga –o’zi)Odamlar tashnalikdan azob cheksayu, meni ko’nglimga kitob mo’qish sig’armidi. Otam bilan gaplashib ko’rishim kerak (chiqibketadi)

Boburning ovozi:- Ota. Oadmlar qurg’oqchilikdan azob chekishyapti. Ularga yordam berish kerak.

Uamrshayx mirzoning ovozi:- Nima qilaylik o’g’lim?

Bobur:- Meni cho’lga olib boring.

Cho’l. Issiq shamol uvillaydi. Umarshayx bilan Bobur keladi. Bobur atrofni kuzatadi. Bir to’p maysaga ko’zi tushadi.

Bobur(maysalar oldiga yaqinlashib, otasiga). Ota shu yerni kovlasinlar. Bu yerdan shifobaxsh buloq otilib chiqadi.

Umarshayx mirzo:- Siz qayerdan bildingiz o’g’lim?

Bobur:- Atrofga qarang. Bitta ham o’simlik yo’q. Lekin bu yerda bir to’p maysa ko’karib turibdi. Demak shu yerda hayot bor.

Umarshayx mirzo:- Ofarin o’g’lim (ortiga o’girilib). Bu yerni qazinglar.

Ikki xizmatkor chiqib maysali joyni qazishadi. Biro o’tib buloq suvi otilib chiqadi.

Buloq (shodon kulib). Voy erkinlik qanday mazza. Shunday yayradimki. Nech aming yillar yer ostida yashadim. Raxmat sizlarga. Endi men hammani tashnaligin yo’q qilaman. Odamlarga foydam tegadi (har tomonga otiladi).

Bobur buloqdan suv ichadi. Odamlarni quvonchli qiyqirig’i eshitiladi.

To’rtinchi ko’rinish

Umarshayx mirzo toychoq yetaklab chiqadi. Bobur qo’lida kitib bilan ko’rinadi.

Bobur:-Assalomu Alaykum ota.

Umarshayx mirzo.:- Va alykum assalom (toychoqqa ishora qilib). Buni olib keldim Doimo hamrohingiz bo’lsin.

Bobur (sevinib). Raxmar ota. Men jonivorlarni yaxhi ko’raman. Ot insonga sadoqatli do’st bo’ladi. Har qanday jonivorga o’zingizni do’st deb bilsangiz, ular ham sizni do’st deb qabul qiladi.

Umarshayx mirzo:- Ko’p yashang o’g’lim. Qilichbozlik, kamon otish mashqlarini ham bajaryapsizmi?

Honzoda begim kiradi. Ota-bolani eshitib turadi.

Honzodabegim:- Ukamni salohiyatiga qoyil qolish kerak. Boburjon barcha mashqlarni astoydil, o’rganyapti.

Bobur:- Bundan chiqdi siz meni kuzatar ekansizda?

Honzodabegim:-Albatta sevimli ukamni kuzatsam nim bo’pti.

Umarshayx mirzo chiqib ketadi. Jahongir kirib keladi. Qo’lida kamon.

Honzodabegim- Jahongir. Birovni narasini olish yaxshi emas. U Boburjonni kamoni.

Jahongir:- Ozroq o’ynasam nima qilibdi. Biror joyi kamayib qoladimi?

Honzodabegim:- Bu nimasi ukajon?

Bobur:-Mayli opa qo’yavering biroz o’ynasin.

Honzodabegim:- Qurol bilan o’ynab bo’lar ekanmi? Yana bir o’zi. Bering kmonni Boburjonga!

Jahongir (jahl qilib, kamonni uzatib). Mana.

Bobur:- Mendan hadya sizga ukajon. Olavering. O’zgalarni norozi qilib, biror narsaga egalikqilish yaxshi emas (Opasiga)Mehribon opajon. Jahlingiz chiqmasin. Bunday kamonlar menda ko’p.



Jahongir xursand, sakrab chiqib ketadi. Honzodabegim ham chiqib ketadi. Bobur yolg’iz qoladi.
Download 20.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling