Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi Reja: Kirish Asosiy qism


Aminlar vazifasiga bundan tashqari tobe yerlar to'lovini yig'ib kelish ham kirgan. Dargohdagi muhim lavozimlardan yana biri bu — tavochi


Download 177 Kb.
bet4/10
Sana25.10.2023
Hajmi177 Kb.
#1722513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi Reja Kirish Asosiy qism

Aminlar vazifasiga bundan tashqari tobe yerlar to'lovini yig'ib kelish ham kirgan. Dargohdagi muhim lavozimlardan yana biri bu — tavochidir. Tavochi oliy farmonga ko'ra joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to'plash bilan shug'ullangan. Bu vazifa g'oyatda muhim ahamiyat kasb etgani uchun Sharafiddin Ali Yazdiy mubolag'a bilan uni oliy hukmdordan keyingi yuqori darajadagi davlat mansabi deb baholaydi. Albatta, bunday ta'rifda ham jon bor. Zero, lashkar to'plashni quruq farmon yetkazish deb tushunmaslik kerak. Ma'lumki, tobe o'lkalar, hukmron sulola vakillari, nufuzli amirlarga taqsim qilib berilgan yurtlar oliy ko'rsatma bo'lganda tegishli harbiy kuch bilan xizmatga shay turishlari ko'zda tutilgan. Tavochilar esa xuddi mana shu avval boshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo'lishi, tayyorgarlik darajasi, ta'minoti ko'ngildagidek talabga javob berishi, ko'rsatilgan joyga muayyan yo'l bilan o'z vaqtida yetib borishi kabi g'oyatda mas'uliyatli tadbirlarga javobgar bo'lganlar. Mazkur muallifning guvohlik berishicha, tavochilar bosh tavochi, piyoda askar tavochisi kabilarga taqsimlangan. Bosh tavochilar tumanot (o'n minglik), hazorajot (minglik), sadajot (yuzlik) yetakchilaridan! viloyat kattalaridan qo'shinni o'z vaqtida, belgilangan son va sifat, ta'minlanganlikda yetkazib berish to'g'risida tilxat olganlar. Shu bilan birga tavochi harbiy yurish chog'ida qo'shinlarning joylashuvi, berilgan buyruqlarning ijro etilishi (masalan, dushman istehkomlari devori ostidan lahm kavlash) hamda tinchlik paytlarida katta qurilishlarda ish taqsimlash kabilar bilan ham shug'ullangan. Chunonchi, Baylaqon kanalini qazishda 35—40 km masofani har bir harbiy qismga taqsimlab berishga tavochilar bosh bo'lgan.
Dargohda shuningdek bosh hojib, hojiblar, rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va tashkilotchilari, xazinador, xonsolar (dargohda va oliy farmon bilan boshqa yerlarda, masalan, yurishlarda o'tkaziladigan to'y, bazmlar, katta ziyofatlarda dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo'luvchi), jibochi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o'rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va mana shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi (saroy oshpazlarining boshlig'i), kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, g'azalxonlar, farroshlar kabi katta-kichik vazifalar, tablxona (nog'oraxona), dorixona kabi xizmatlar bo'lgani ma'lum.
Ijroiya tizimi, yuqorida aytilganidek, markazda vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan. Kezi kelganda shuni ta'kidlash kerakki, chingiziylarning 150 yil hukmronligi davrida mahalliy boshqaruv tizimi an'analari poymol qilingan bir sharoitda Amir Temur biz somoniylar, qoraxoniylar, g'aznaviylar, saljuqiylar, anushteginiylar zamonida shohidi bo'lganimiz, ijroiya hokimiyatining vazirliklar tizimini qaytadan jonlantira oldi. Amir Temurning o'zbek davlatchiligi oldida qilgan katta xizmatlaridan biri ham shunda. Ya'ni u bir necha asrlar davomida shakllanib kelgan davlatchiligimiz ijroiya tizimidagi boshqaruvning klassik shakllarini tiklay oldi. Bu nihoyatda qadrli va tarixiy xizmatdir.
Endi to'g'ridan-to'g'ri vazirliklarga o'tsak.
Birinchisi — mamlakat va raiyyat vaziri. U mamlakatning muhim ishlari, kundalik muomalalar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazina ahvoli kabi muhim yumushlarga javobgar bo'lgan. Mazkur masalalar yuzasidan oliy hukmdorga tegishli ma'lumot va hisobotlar berib turgan. Agar mazkur vazirlik vazifasini oldingi davr ijroiya tizimi bilan taqqoslasak, u holda so'z bu yerda bosh vazir haqida ketayotgani ma'lum bo'ladi.
Ikkinchisi — harbiy vazir. U harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan yer-suvlar boshqaruvi (ya'ni nazorat va qayd etish ma'nosida), qurol-aslaha ta'minoti, harbiy ko'riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo'lib xizmatga yaroqsiz bo'lganlarga nafaqa tayinlash, iste'foga chiqqan harbiylar to'g'risida qayg'urish kabi masalalar bilan mashg'ul bo'lgan.
Uchinchisi — mulkchilik va soliq ishlari vaziri. Bu vazirlik turli sabablarga ko'ra egasiz qolgan mol- mulklarni nazoratga olish, savdogarlardan zakot va boj olish, mamlakat chorvalari, o'tloq-yaylovlarni boshqarish, ularning barchasidan tushadigan daromadlarni saqlash, mulkchilikdagi merosxo'rlik tartiblarini amalga oshirish (masalan, g'oyib bo'lganlar, o'lganlarning mulkini vorisga topshirish) kabi vazifalarni bajargan.
To'rtinchisi — butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib boruvchi moliya vaziri. «Temur tuzuklari»da moliya vaziri mas'uliyatiga tegishli diqqatga sazovar bir tuzuk bor: «Moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib (xazinadan biron mablag'ni) o'zlashtirib olgan bo'lsalar (avval tekshirib ko'rilsin). Agar o'zlashtirib olgan mablag'I o'ziga tegishli ulufa (ya'ni maosh — A.Z.) miqdoriga teng bo'lsa, mazkur mablag' unga sovg'a — in'om o'rnida berilsin. Agar o'zlashtirib olgan mablag'i maoshidan ikki baravar ortiq bo'lsa, ortig'i oladigan maoshidan ushlab qolinsin. Agar maoshidan uch baravar ko'p mablag' olingan bo'lsa, hammasi (saltanat xazinasiga) tortiq sifatida olinsin».
«Temur tuzuklari»da mazkur to'rt vazirlikdan tashqari yana uch vazir haqida so'z ketib, ular saltanat tarkibidagi turli o'lka va mamlakatlarga oid moliyaviy muomalalar va keladigan daromadlarni boshqarganlar. Agar saltanat hududi va unga kirgan sarhadlar ko'lami nazarga olinsa, haqiqatan ham u yerlar bilan bog'liq moliya-daromad ishlarini tashkil qilish uchun uch vazirlik ta'sis etilishini asosli desa bo'ladi.
Sakkizinchi vazirlik bu adliya vazirligidir (devoni mazolim). Kezi kelganda shuni alohida qayd etmoq kerakki, bu vaqtda adliya, ya'ni sud tizimi uchga bo'lingan edi. Adliya vazirligi to'g'ridan-to'g'ri fuqarolar yo, manba tili bilan aytganda, dunyoviy ishlar bilan shug'ullangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda faoliyat ko'rsatgan. Shariat tartiblari bilan esa islom qozisi shug'ullangan. Ko'rib turganimizdek, bu sohada ham Amir Temur davrida ilgarigi an'analar davom ettirilgan. Sud tizimidagi taqsimot esa bizlarda bir necha asrlar muqaddam amalga oshib kelganini mazkur davr misolida ham mushohada qilsa bo'ladi. Qonun, o'sha zamon tartiblari oldida javobgarlik barchaga barobar bo'lgan. Masalan, Amir Temurning nabirasi Pir Muhammad ibn Umarshayx o'z qilmishi uchun devoni mazolimda qattiq so'roq qilinib, aybi aniqlangach, shunga yarasha jazo berilgani va bu haqda shaxsan Amir Temurning o'zi farmon bergani tarixiy manbalarda o'z aksini topgan.
Ilgarigi sulolalar davrida mavjud bo'lgan vaqf ishlari vazirligi xizmati Amir Temur davrida sadrlar sadriga (sadrlar boshlig'i) yuklatilgan. Garchi vazirlik tizimi manosida tilga olinmasa-da, ammo mazkur xizmat mohiyati saqlanib qolgan. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi, chunki vaqf mulkchiligi saqlangandi.
Saltanatda markaziy boshqaruv organlari vazifasini devonbegi boshchiligidagi maxsus devonxona amalga oshirgan. Devonxonada quyidagi vazifani amalga oshiruvchi vazirlar bo'lgan: 1) mamlakat va raiyat vaziri - mamlakatdagi muhim xo'jalik va qurilish ishlarini, raiyat ahvolini va boshqalarni kuzatib turishgan; 2) sipohi vazirlari -sipohilarning maoshlari va armiyaning holatidan xabardor bo'lib, boshqarib turganlar; 3) davlat daromadlarini omonat saqlovchi vazir -egasiz qolgan, o'lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o'tloq-yaylovlarini boshqarib, bulardan yig'ilgan daromadlarni omonat saqlagan; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir - butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlarini, xazinadan xarajatlarni kuzatib turgan.
Bundan tashqari, yana 3 vazirdan iborat davlat hay'ati (xolisa) tuzilib, u sarhad va bosib olingan mamlakatlardagi moliyaviy ishlarni va keladigan daromadlarni boshqarib turgan.
Yuqoridagi yettita vazir devonbegiga bo'ysungan. Devonbegi ushbu vazirlar bilan birgalikda davlatdagi muhim moliyaviy ishlarni boshqargan va vazirlar faoliyatini nazorat qilib turgan.
Devonbegi yonida arkbegi ham bo'lib, u davlatdagi turli marosimlarni uyushtirgan va o'tkazgan.
Shunday qilib, boshqaruv ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon) dan iborat bo'lgan. Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog'lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo'lgan.
Oliy devonda - ijroiya hokimiyatda bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug'ullanuvchi yana uch vazir bo'lgan va devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy hokimiyat tizimida shayx-ul-islom, qozikalon, qoziyi ahdos (odat bo'yicha hukm chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri a'zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni ko'ruvchi), eshikog'a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyrug'ini bajaruvchi), qalakchi (xiroj miqdorini aniqlovchi), muhassil (soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qo'shinlarni to'plash ishiga mutasaddi amaddpr), qorovulbegi, qutvol (qal'abon), muhtasib (shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va boshqalar bo'lgan.
Shuningdek, dargohda bosh hojib, hojiblar, xazinabon, xonsolar, jibachi, qushchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dorixonachilar bo'lgan.
Amir Temurning tarixdagi xizmati shundan iboratki, u davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot mingan choparlari bo'lgan. Butun saltanat bo'ylab bir kunlik yo'l oralig'ida yomxonalar tashkil etilgan. Har bir yomda 50-200 boshdan ot-ulov tutilgan.
Sohibqiron mamlakatni boshqarishda o'z yaqinlariga suyandi.



Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling