Xorazm viloyat hokimining 2023 yil 13 fevraldagi


Download 277.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana12.03.2023
Hajmi277.19 Kb.
#1263308
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hokim granti-3-11



e-qaror.gov.uz
14.02.2023
3
Xorazm viloyat hokimining
2023 yil 13 fevraldagi
47-12-0-Q/23-son qaroriga
1-ilova
IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqishi hamda eksportga yo‘naltirishi bo‘yicha startap loyihalari uchun
“Hokim granti” ajratish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.1. IT ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar
ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalari uchun
“Hokim granti” ajratish bo‘yicha tanlov nizomi (keyingi o‘rinlarda - nizom)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-
yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-sonli qarori, viloyat hokimligining
2022-yil 9-yanvardagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” to‘g‘risidagi 12-sonli
yig‘ilish bayoniga (4-81, 2023-yil 29-dekabr) asosan Xorazm viloyatida IT ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish,
shuningdek, ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni eksportga
yo‘naltirish bo‘yicha yoshlarning (18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan)
startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali raqamli texnologiyalarni keng joriy
etish maqsadida ishlab chiqilgan.
1.2. Nizom ishtirokchilar o‘rtasida yangi startaplar uchun tanlovlar (bundan
keyin - tanlov) o‘tkazish tashkilotchilari va ishtirokchilarining vazifalari,
huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, tanlovni o‘tkazish tartibi va muddati,
tanlovni baholash mezonlari (indikatorlari) va usulini belgilaydi.
2-bob. Tanlovning maqsadi va vazifalari
2.1. Tanlov maqsadi ishtirokchilarning ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va
ularda innovatsion fikrlash, yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirishdan iborat.
2.2. Tanlovning vazifasi quyidagilar:
- ishtirokchilarda tadbirkorlik layoqatini rivojlantirish va tadbirkorlikni
rag‘batlantirish;
- eng yaxshi startaplarni aniqlash va ularni rivojlantirish;
- biznes-loyihalarning umumiy miqdorini oshirish;



Download 277.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling