Amir temur davrida devon ishlari
Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.: arzbegi –
Download 28.18 Kb.
|
AMIR TEMUR DAVRIDA DEVON ISHLARI
Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.:
arzbegi – dargohdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib, uning xizmati dargohga arz-dod, shikoyat bilan kelganlarni hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatlarini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib turish edi. Undan tashqari, tushgan arzlar, shikoyatlar va takliflarni oliy hukmdorga yetkazib turish ham arzbegining vazifasi bo‘lgan; adolat amiri – bu mansabdagi shaxs turli o‘lka, viloyat va shaharlarda «sipoh va raiyyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida» oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot yetkazib turgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, joylardagi ahvoldan boxabar bo‘lib turishning ikki yo‘lidan foydalanilgan:biri pastdan yuqoriga, ya’ni, arzchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dargohga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lganlar, ikkinchisi esa, maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog‘i, oliy hukmdor dargohi orqali tekshirib borilgan. Mavjud holatlar aniqlanib, shunga yarasha choratadbirlar ko‘rilgan; aminlar – tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatiga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar hisoblanib, ularning vazifasiga bundan tashqari tobe yerlar to‘lovlarining yig‘ib kelish ham kirgan; tavochi – muhim lavozimlardan biri bo‘lib, oliy farmonga ko‘ra, joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘illangan. Tavochilar avval boshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minoti ko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan joyga muayyan yo‘l bilan o‘z vaqtida yetib borishi kabi g‘oyatda ma’suliyatni tadbirlarga javobgar bo‘lganlar. Ularning boshlig‘i bosh tavochi deb atalib, ular tumanot (o‘n minglik), hazorajot (minglik), sadajot (yuzlik), yetakchilaridan, viloyat hokimlaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat, ta’minlanganlikda yetkazish berish to‘g‘risida tilxat olganlar. Shuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar (rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va tashkilotchilari), xazinador, xonsolar (dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va mana shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, Download 28.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling