Amir temur davrida devon ishlari
Download 28.18 Kb.
|
AMIR TEMUR DAVRIDA DEVON ISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Temur tuzuklari» - davlat boshqaruvi haqidagi muhim tarixiy manba.
AMIR TEMUR DAVRIDA DEVON ISHLARI Reja: «Temur tuzuklari» - davlat boshqaruvi haqidagi muhim tarixiy manba. Amir Temur va temuriylar davrida markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi. Amir Temur va temuriylar davlatida unvon va mansablar «Temur tuzuklari» - davlat boshqaruvi haqidagi muhim tarixiy manba. Amir Temur va uning davri xususida zamondoshlari G‘iyosiddin Alining «Ro‘znomayi g‘azovoti Hinduston», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», ibn Arabshohning «Temur tarixi» Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” va boshqalarning qimmatli asarlari mavjuddir. Lekin, buyuk jahongir hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar ichida shubhasiz, «Temur tuzuklari» alohida ahamiyat kasb etadi. «Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomlari bilan atalmish ushbu asar qimmatli tarixiy manba bo‘lib, u jahondagi mashhur kutubxonalardan joy olgan. «Temur tuzuklari» ikki qismdan iborat tarixiy va huquqiy asar bo‘lib unda Sohibqironning davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarish xususidagi nuqtai-nazari bayon etiladi. «Temur tuzuklari» o‘z ichiga hayot tajribasi va sinovi boshidan o‘tgan, bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi shaxs, buyuk davlat arbobining o‘y-fikrlari, mushohada va kechinmalarini o‘z ichiga jo qilgan. «Tuzukot»da yuqorida qayd etilgan mulohazalar aniq-ravon tarzda, ixcham usulda bayon etilgan. Sohibqironning «Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur», degan ko‘rsatmasi XXI asr siyosat maydoni uchun, muammolarni hamjihatlikda yechishga da’vat tarzida ko‘rsatish mumkin. “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir” degan fikrlari hozirda ham ijtimoiy-manaviy hayotda dolzarb ahamiyat kasb etsa, “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar” degan iborasi odamni hamisha o‘z aql- zakovati, ilm-ma’rifat asnosida hayot kechirishga chaqiradi. Amir Temurning “Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzat-ikrom ko‘rsatdim”, degan so‘zlar uning ichki ma’naviy dunyosining boyligidan darak beradi. Takidlash joizki, XXI asr barkamol avlodini tarbiyalash, ularning ma’naviy olamini yuksaltirish va boyitishda shubhasiz, «Tuzuklar» kata ahamiyat kasb etadi. Download 28.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling