Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni


Download 100.17 Kb.
bet1/17
Sana15.01.2023
Hajmi100.17 Kb.
#1093624
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni


Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni
Reja:
Kirish.
1. Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari.
2. Amir Temur qo’shinida harbiy salohiyatning oshishida amirlarning roli
3. Amir Temurning yurishlarda qo`llagan harbiy usullari va ko`rsatgan jasoratlari.
4. Amir Temurning jang harakatlarida qo’llagan taktik qoidalari va harakatlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilova


Kirish
”Shaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko’p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan so’zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon”.
I. A. Karimov
O`zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I. A. Karimov ma’naviyatning shaxs va jamiyat uchun ahamiyati haqida gapirib: “Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir.”1 – deb ta’kidlagan edi. Shu ilmiy mezonga asoslansak, Sohibqiron Amir Temur bin Muhammad Tarag`iy Bahodirxon o`g`li ulug`ligining asosida, uning dunyoviy va islomiy qadriyatlardan yug`rilgan ma’naviy salohiyati turadi. U zoti komilning bu sifatlari I. Karimovning asarlari, maqola va nutqlarida, Davlatimizning Amir Temurga bag`ishlangan rasmiy hujjatlarida, ilmiy adabiyotlarda har tomonlama asoslab berilgan. U manbalarda birinchi marta “Jahom tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan ulug` davlat arbobi va sarkarda fan va madaniyat homiysi”2 Amir Temur sahxsi va faoliyati yuqori davlat darajasida hurmatlandi.
Ulug` ma’naiyatli insondir har doim shaxsiy ehtiyojlarini cheklab o`tib, umumxaql manfaatlarini ko`zlab yirik davlat jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlarni amalgam oshirishga qodir bo`ladilar. Sohibqiron Amir Temur ana shunday sharqona, islomiy aql-zakovatli, ulug` manaviyatli inson bo`lgan.
Amir Temur manaviyatining ummoniyligi, tiniqligiyu dunyoviy, islomiy qadriyatlar qorishmasida mujassamlashganligidir. Amir Temurning manaviy komolotiga yoshlik va o`smirlik yillaridayoq asos qo`yilgan edi. Ul zotning ma’naviyati toboro qudratli ijtimoiy omilga aylanib borlanganligining asoslaridan biri hokimiyatga kelgunga qadar o`n yilgdan ko`proq vaqt davomida hech ikkilanmasdan Turkistonni xorijiy istilochilaridan, gayridinlardan tozalash va barcha murakkab mayday mulklarni yagona markazga birlashtirishdek ulug` maqsad sari dadil borganligidir. Amir Temur bu yillarda bir qancha murakkab harbiy, siyoiy vaziyatga duch keldi, istirob chekdi. Biroq hech qachon chekinmadi, maqsaddan qaytmadi.
Amir Temur davlatni boshqarishda uning ichki va tashqi siyosatini faollashtirish xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olimu fuzalolar, islom rahnamolariga, ologa iymonga, tafakkurga, kitobga va eng sungi choralarda qilichga asoslanib ish yuritdilar, hukm chiqardilar.
Sohibqiron o`z hayotlari davomida ko`plab shaharlar, masjidu madrasalar, maqbaralar, xonaqolar, qal’a-qasrlar, bog`-rog`lar, sug`orish inshootlari, ravon yo`llar, ko`priklar barpo ettirgan. Ularning ba’zilarini o`g`il-nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan ham atashga da’vat etgan. Biroq, barpo etgan etgan inshoatlarning birontasining ham Amir Temur nomi berilmadi. Bunga sohibqironning o`zlari xohish bildirmadilar.
Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to sharqiy Rum va Misr erlarigacha bo`lgan hududlarni islom bayrog`i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Ammo, bu viloyatlarning birontaisga ham o`zimniki, begona joy qabilida munosabatda bo`lmadi.
Sohibqironning da’vati bilan mamlakatning barcha uzoq-yaqin hududlarida qururishlari, obodonlashtirish tadbirlari mehnat shijoati avj oldi. Ularga tegishli mablag` ajratildi, mutasaddi kishilar tayinlandi.
I.A. Karimov islom dinining ilmiy ma’rifiy ahamiyati haqida gapirib: “Biz Sharq davlati, musulmon mamlakatimiz. Ba’zilarning fikricha, musulmon mamlakati bo`lish g`oyoki qaloqlik, oqsoqlik belgisi emish. Bu fikrga also qo`shilib bo`lmaydi. Biz musulmon mamlakati ekanligimizdan sira hijoat chekmasligimiz, aksincha, doimo faxrlanishimiz lozim. Chunki sharqning ming yillik falsafayu islom qadriyatlari taraqqiyot uchun bebaho hazinadir”3, - degan adolatlifikrni bildirgan edi. Agar ana shu haqiqat mezoniga asoslanib mushohada qilsak, Amir Temur ma’naviyatining islom qadriyatlari turadi. Amir Temur ma’naviyatining islomiy asoslari Qur’oni karim, Hadisi Sharif, shuningdek mabhid, tafsir, fiqh, tasavvuf ilmlari mazmunida Ollohga, Rasullohga, ma’joziy va hayotiy pirlariga ixlosi, etiqodi negizida shakillandi, qaror topdi. U Naqshbandiya ta’limoti talablari asosida yanada mustahkamlandi. Hayotiy mazmun oldi. Shuning uchun ham Amir Temur o`zining butun ongli hayoti davomida islom diniga sidqidildan e’tiqod qildi, ularning barcha farz, sunnat talablarini taqvodorlik bilan bajardi. Islom rahnamolariga sayyidlar, shayxlar, xo`jalarga samimiyat bilan munosabatda bo`ldi. Amir Temur butun hayoti davomida islom dinini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik aqidaparastlik kabi illatlardan himoya qildi.
Amir Temur ma’naviyati va siyosatida islomiy ilmlarni dunyoviy fanlardan chegaralash, ularning birini-ikkinchisidan baland-past quyish hollari zinhor bo`lmagan. Chunki Sohibqironning o`zlari taqvador xudojoy bo`lish bilan birga tafsir tavhid, hadis, fiqh, tarix, falsafa, falakiyot, tabobat kabi ilohiy va dunyoviy ilmlarni yaxshi bilganlar. Bu xususda XX asrning mashhur olimlari Abdurazzoq, Samarqandiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Alisher Navoiylar aniq malumotlar yozib qoldirganlar. Shuning uchun ham Amir Temur Movaraunnahrda fan, madaniyat, adabiyot, san’at, memorchilikning rivojlanishiga alohida homiylik va rahnamolik qildi. Barcha olimu fuzalolarga unumli ijod qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berdi. Ular bilan majlislar, munozaralar uyushtirib turdilar.
O`zbekiston mustaqilligining 30 yilligi, Amir Temur tavalludining 686 yilligi arafasida shuni milliy g`urur bilan takidlamoqchimizki, har zamonda yerda ma’naviyat moddiy nematlar asosida yuksaladi. Ammo keyinchalik manaviyat bir xalq, bir hudud mulki doirasidan chiqib umuminsoniy qadriyatga, jahon sivilizatsiyasiga aylanadi. Binobarin Amir Temur manaviy salohiyatli bir halqqa xizmat qilish chegarasidan chiqib umumbashariy ijtimoiy omilga aylandi. U har doim barhayot va umrboqiy manaviyatdir. “Bizning tariximizda Amir Temur Temurday ulug` siymo bor ekan uning qoldirgan merosi, pandu o`gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo`l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o`rganmasdan, tariflamasdan, targ`ibor qilmasdan haqqimiz yo`q… Amir Temur bizning fahrimiz, iftixorimiz g`ururimiz”. Endi ikki og`iz so`z Amir Temur va temuriylar davri fan va madaniyati haqida. Yuqorida biz Sohibqironning nechog`lik istedod egasi bo`lgani haqida takidlagandik. “Zar qadrini zargar biladi” degan hikmat bor. Bir qator ilmlarda (tarix, sheriyat, tibbiiyot matematika, astronomiya, memorchilik) salohiyati katta bo`lgan shaxs buning ustiga yana podshoh, ulkan saltanatning oliy hukmdori bo`lsa tabiiy ravishda ilm va madaniyatga, olim va ijodkorga katta hurmat bilan qaraydi bu yo`lda barcha imkoniyatlar ishga soladi. Bundan tashqari har qanday jamiyat va davlat taraqqiyoti va kelajagi fan va madaniyat ravnaqisiz tasavvur qilib bo`lmasligini Amir Temur yaxshi tushungan. Shuningdek istedod egalari maxsus doimiy etiborga muxtoj va loyiq bo`lishlari, noyob qobiliyat egalarini muhofaza qilish ijodlari uchun sharoit yaratish turmushlarini ta’minlash zarurligini ham u to`gri anglagan. U olimu fozillar o`z maslaklari va dunyoqarashlari yuzasidan jamiyat va davlat taraqqiyoti zamonaviy ahvoli xususida boshqa ijtimoiy tabaqalarga nisbatan ko`proq bosh qotirmalari va bu orqali tegishli tajriba va bo`limlarga ega bo`lib borishlarini yodda tutgan. Shu sabab ham dunyoning qaysi bir mamlakati va shahariga bormasin olimu fozillarni bir yerga yig`ib, ular bilan uzoq suhbatlashish ularning fikrini tinglash, baxslashish ishini kanda qilmagan.




  1. Download 100.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling