Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni
Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari
Download 100.17 Kb.
|
Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni
Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari.
Amir Temur qo`shinlari piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan edi. Lekin piyodalar ham uzoq cho`l safarlarida otlar bilan ta`minlanar, otlik askarlarning katta qismi esa bizning dragunlarimiz kabi, kerak bo`lganda piyoda tartibda jang qilishga ham o`rgatilgan edi. Ular faqat kamondan zarb bilan bexato otish lozim bo`lgandagina otdan tushib, piyoda janggacha aylanardilar. Lekin ular otda piyoda holda harakat qilishdan ko`ra yaxshiroq harakat qilganlari shubhasiz, chunki ko`chmanchi xalqlar yoshliq chog`laridanoq otda yurishni yaxshilab o`zlashtirib olishadi4. Otliq askarlar oddiy va saralangan janglarga bo`linib, yengil va og`ir otliq qo`shinini tashkil etar edi. Bundan tashqari, Amir Temur gvardiya singari o`zining xos navkarlariga ham ega edi. Amir Temur lashkarlarida bu asosiy qo`shin turlaridan tashqari yana quyidagilar mavjud: 1) pontonchilar (ko`chma ko`priklar qurish ishlari bilan shug`ullanuvchilar) va kemachilar ( ular asosan Amu va Sirdaryo kemachilik bilan shug`ullanuvchi kishilardan tanlab olinib, kemalar va ko`priklar qurish uchun ishlatilardi); 2) naftandozlar ( Gregorian yoki yunon olovini otuvchilar); 3) qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar uchun ishlashni biladigan jangchilar. Amir Temur boshchiligida qamal qilingan ko`plab qal`alarming Gregorian olovlarini otish va uloqtiruvchi qurollardan mohirona foydalanish natijasida qo`lga kiritilganligi qo`shinning shu turi juda katta malakaga ega bo`lganligidan dalolat beradi. Amir Temur olib brogan qamal jarayonlari, u yunonlar va rimliklar qal`larni ishg`ol qilish uchun qo`llagan usullarni yaxshi bilganini ko`rsatadi. Boyazidga qarshi bo`lgan jangda Amir Temur Gregorian olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga o`rnatib jangga kiritdi;4) tog`larda olib boriladigan jangler uchun Amir Temur tik qiyaliklarga chiqa oladigan, tog`lik yerlarda bo`ladigan janglarga ko`nikkan, tog` aholisidan tashkil topgan maxsus piyoda qismiga ega edi. Bu qism jangchilari Amir Temurga daralar, tog` yo`llari va tog`larda joylashgan qal`alarni qo`lga kiritishga katta xizmat ko`rsatdi. Amir Temur qo`shinlari Chingizxon qo`shinlari kabi o`nliklar, yuzliklar, mingliklar, tumanlar (10 000 yoki 12 000 jangchidan iborat qo`shin) va boshqalargaa bo`linib , ularga o`nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar boshchilik qilardilar. Amirlar 1 dan 12 gacha bo`lgan 12 darajaga bo`lingan edilar. Amirlar turli qabilalarga boshchilik qilib, bunda ularning darajasi qabila tomonidan berilgan jangchilar soniga bog`liq bo`lgan bo`lishi ehtimol. Download 100.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling