Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni


Qurol-yarog` va harbiy yurish zahiralari, unvon berish, boshliqlar huquqi va maosh tayinlash


Download 100.17 Kb.
bet3/17
Sana15.01.2023
Hajmi100.17 Kb.
#1093624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sohibqiron armiyasining tarkibi qo`shinda amirlarning o`rni

Qurol-yarog` va harbiy yurish zahiralari, unvon berish, boshliqlar huquqi va maosh tayinlash.
Amir Temur urush boshlashdan avval oddiy otliq askarlar yoki yengil otliqlar harbiy yurish uchun kamon, sadoq (o`q- yoylari bilan) qilich, arra, bigiz, igna, taroq, arqon, bolta, o`q uchun 10 ta poynak, qop, mesh ( daryodan kechib o`tish hamda suv olib yurish uchun ishlatiladigan charmdan ishlangan qop) va 2 ta otga ega bo`lishlarini talab qilardi. Bundan tashqari, har 18 kishi kigizdan ishlangan o`tlov olishlari shart edi.
Saralangan jangchilar yoki og`ir otliqlar dubulg`a, qalqon, qilich, kamon va o`q – yoylar bilan qurollanar edilar. Ularning har biri 2 ta ot va har 5 kishi bitta o`tov olishlari shart edi ( 5 kishiga bitta o`tov olishning sababi- saralangan jangchilarning qurol- anjomlari ko`p joyni egallar hamda ular maxsus xizmatkorlarga ham ega edilar). Bulardan tashqari gurzi, oybolta, shamshir bilan qurollangan maxss jangchilar bo`linmasi mavjud bo`lib, ularning otlari ustiga yo`lbars terisidan yopinchiq yopilardi. Bu jangchilar Amir Temurning xos navkarlari bo`lsa kerak. Jangchilar qilichni chap yonlarida, ikki tig`li shamshirni esa o`ng yonlarida osib yurishlari lozim edi. Har bir o`nboshi zirix (sovut), qilich hamda kamon va o`q- yoy bilan qurollangan bo`lib, chodir va 5 ta otga ega bo`lishlari kerak edi. Yuzboshilar 10 ta ot, o`z o`tovlari, qurollardan esa qilich, kamon a o`q –yoy, gurzi, cho`qmor va sovutga ega bo`lishga majbur edilar.
Mingboshilar o`z o`tovlarida soyabon va bir qancha ortiqcha qurol- yarog`lar- sovut, dubulg`a, nayza, qalqon, qilich, sadoq va o`q- yoylar saqlashlari kerak edi.
Birinchi darajali amirlar 2 ta o`tovga ega bo`lib, birinchisi oddiy ikki soyabonli, ikkinchisi esa zarrin iplardan tikilib bezatilgan bo`lishi lozim edi (bu o`tov boshliqlarni qabul qilish va ziyofatlar uchun mo`ljallangan bo`lsa kerak). Ular oddiy jangchilarni ta`minlashga ham yetadigan juda ko`p ortiqcha qurol- yarog` ham saqlar edilar.
Ikkinchi darajadan o`n ikiinchi darajagacha yoki bosh qo`mondongacha bo`lgan oliy darajadagi amirlar yanada ko`proq qurol- yarog` va ot- aravalarga ega bo`lishlari zarur edi.
Birinchi amir o`zi bilan 110 ta otni, ikkinchisi 120 ta, uchinchisi 130 ta va hokazo, bosh qo`mondon esa 300 dan kam bo`lmagan otni yurishi shart edi.
Piyoda jangi shamshir, kamon va o`qlarga ega bo`lib, jang oldidan o`qlar soni maxsus buyruqqa binoan ko`paytirilishi mumkin edi. To`xtamishga qarshi bo`lgan yurishda har bir jangchiga 30 tadan o`q olish buyurilgan edi. Bundan ko`rinib turibdiki, bular yengil piyoda askarlar bo`lib, kerak bo`lganda kuchli qurollangan otliq askarlar piyodalarga aylanishi va og`ir piyoda askarlar o`rnini bosishlari mumkin edi.
Chingizxon amr qilgan, yurish boshlashdan avval yoki jang oldidan qo`shinning ahvolini, qanday jihozlanganini umuman uning holatini ko`rikdan o`tkazish qonuniga Amir Temur nihoyatda jiddiy ravishda amal qilardi.
Piyoda jangchi shamshir, kamon va o`qlarga ega bo`lib , jang oldidan o`qlar soni maxsus buyruqqa binoan ko`paytirilishi mumkin edi. To`xtamishga qarshi bo`lgan yurishda har bir jangchiga 30 tadan o`q olish buyurilgan edi. Bundan ko`rinib turibdiki, bular yengil piyoda askarlar bo`lib, kerak bo`lganda kuchli qurollangan otliq askarlar piyodalarga aylanishi va og`ir piyoda askarlar o`nini bosishlari mumkin edi.
Chingizxon amr qilgan, yurish boshlashdan avval yoki jang oldifan qo`shinning ahvolini qanday jihozlanganini, umuman uning holatini ko`rikdan o`tkazish qonuniga Amir Temur nihoyatda jiddiy ravishda amal qilardi.

Download 100.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling