Mundarija : kirish asosiy qism i-bob. Amir temur va temuriylar davrida o’lkamiz


Download 115.34 Kb.
bet1/4
Sana13.02.2023
Hajmi115.34 Kb.
#1195046
  1   2   3   4
Bog'liq
Amir temur


MUNDARIJA :
KIRISH
ASOSIY QISM
I-BOB.AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’LKAMIZ. 1.1 Amir temur buyuk sarkarda, jamoat arbobi va yuksak ma’naviyat sohibi 1.2 Amir Temur davrida o’lkamiz taraqqiyoti II-BOB. MARKAZIY OSIYODA TEMUR YURUSHLARI. 2.1 Amir Temur Xurosonda turmush tarzi 2.2 Amir Temur davrida Sharq she’riyati XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Kirish
XII asrning boshida Xorazmshohlar davlati Chingizxon qo'shinlarining daxshati va ayovsiz hujumiga uchradi. Bu hujum 1219 yilda Xorazmshohlarning shimoliy chegarasida O'troq qal'asini zabt etishdan boshlandi va 1220-1221 yillarda Xorazmshohlar markazi Ko'han Urganch dushman qo'liga o'tdi. Xorazmshoh qo'shinlari yaxshi qurollangan bo'lishiga qaramay, ichki nizolar va kelishmovchiliklarning kuchayganligi, qo'shinning shaharlar himoyasi uchun bo'lib yuborilgan. Birlikning yo'qiigi Chingizxon hujumiga bardosh bera olmay tezda barbod bo'lishiga olib keldi. Shaharlar, madaniy markazlar vayron etildi, aholi qirg'inga uchradi. O'lka to'lig'icha mo'g'ullar mustamlakasiga aylandi. Markaziy Osiyoni turli tumanlarga bo'lib yuborgan mo'g'ul xonlari o'rtasidagi o'zaro nizolar va kurashlar ham avj oldi, bular hammasi mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir ko'rsatdi, madaniyat o'choqiari so'ndi. Juda ko'p madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yo'q qilindi, san'at va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar, me'mor va musavvirlar o'ldilar, tasodifan omon qolganiari esa Shimoliy Hindiston, G'arbiy Eron va Xurosonning turli viloyatiariga qochib, jon saqlab qoldilar.
Mavzuning dolzarbligi : Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir.

Download 115.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling