Mundarija : kirish asosiy qism i-bob. Amir temur va temuriylar davrida o’lkamiz
Amir Temur davrida Sharq she’riyati
Download 115.34 Kb.
|
Amir temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
2.2.Amir Temur davrida Sharq she’riyati.
XV asr miniatyuralarining aksariyatida Sharq she'riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san'ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog'liq bo'lib, temuriylarning Bag'dod, Sheroz, Tabriz, hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir neeha miniatyura maktablari vujudga keldi. Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bo'lib, lurli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda Sharqiy Turkiston san'atiga xos bo'lgan Turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta'siri sezilib turadi. Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog'i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar saslangan. Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar. Temur va temuriylar davrida xalq og'zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. o'zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi. Bu davrda etuk ijodkorlar qutb, Sayfi Saroyi, haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o'zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko'lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko'tardi. Temur va uning avlodlari adabiyot va san'atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo'lib, ular o'zlari she'r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Xalil Sulton, husayn Boyqaro kabilar o'z she'rlaridan devon tuzganlar. O'zaro almashishga keng yo'l ochib berdi. Eron, arab mamlakatlari, hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan bo'lgan aloqalarda madaniy boyliklar almashinuvi ha muhim ahamiyat kasb etdi. Badiiy hunarmandchilik asosan me'morchilik bilan bog'liq bo'lmay, koshinkorlik kulolchiligi, Yog'och va tosh o'ymakorligi bilan ham bog'liq edi. qabr toshlariga qisman o'simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so'zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o'yiqlarida bitilgan. qabrtoshlar sag'ana yoki suna shaklida bo'lib, bo'z rangli marmardan, ayrim hollarda o'ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog'och o'ymakorligida Go'ri Amirda, SHohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklarida uchraydi. Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g'amxo'rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug'bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko'rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar etishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo'shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug'bek, qozizoda Rumiy, g'iyosiddin Jamshid va Ali qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida SHarofiddin Ali YAzdiy, hofizi Abro', Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashhur bo'ldi. XULOSA Amir Temir va Temuriylar davrida o’lkamizda sodir bo’lgan voqealar asosan ma’daniyati va hunarmandchiligini she’riyatini ko’rib chiqildi. Temur davridagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan yuqori darajada rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta ye’tibor berdi. Samarqandni poytaxt qilib olgach dunyoning turli joylaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar qurildi. Hattoki g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan maxsus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron, Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar qad ko’taradi. Samarqand atrofida atab go’zal bog’lar yaratgan. Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari siyosiy hayotda ham katta kuchga aylandi. U chet davlatlar bilan aloqani kengroq yo’lga soldi. U davr shart-sharoitlaridan kelib chiqib, tashqi siyosatda qat’iy faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga olib chiqa oldi. Temuriylar davlati O’rta Osiyo tarixi va madaniyatida o’chmas iz qoldirgan. Bu davrda ichki va tashqi savdo, Sharq va G’arb mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. Ko’plab masjid, madrasa va maqbaralar bunyod etilgan, kanallar qazilib, sug’orma dehqonchilik rivoj topgan. Sohibqiron Amir Temurning avlodlari bir necha yuz yil davomida sarkarda, davlat va jamoat arbobi, shoir va olim sifatida mamlakat ravnaqiga katta ulush qo’shdilar. Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik, Dashti Qipchoq o’zbeklarining Movarounnahrga to’xtovsiz hamlalari temuriylar sulolasining inqirozini tezlashtirdi. Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo’ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan me’morchilik bilan bog’liq bo’lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog’och va tosh o’ymakorligi bilan ham bog’liq edi. Qabr toshlariga qisman o’simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so’zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o’yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag’ana yoki suna shaklida bo’lib, bo’z rangli marmardan, ayrim hollarda o’ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog’och o’ymakorligida Go’ri Amirda, Shohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek Xv asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Тemur va Ulug’bek davrlarida metall o’ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o’yib, bo’rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan. Yassaviy maqbarasi ulkan-shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza qo’yish san’atining eng yuksak namunasidir. Amaliy san’atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda o’simliknoma naqshlarni qora bo’yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bo’lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo’yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och havorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo’llaydi. Тemur va temuriylar davrining amaliy san’at turlaridan to’qimachilik, gilamdo’zlik, kashtachilik yuksak san’at darajasiga ko’tarildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Karimov I.A. Amir Temur haqida so'z. T. 1986 y. 2.Karimov LA. Toshkent talabalar shaxarchasida so'zlagan nutqi 2006 y. 3. Temur va Ulug'bek davri tarixi. T. 1996 y. 4.Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at. T. 1996 y. 5.Abdurahmonov A. Ulug'bek va uning rasadxonasi. T. 1996 y. 6. Ahmedov B. Temur. T 1995 y. 7.Ahmedov B. Ulug'bek. T. 1994 y. 8. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. T. 1992 y. Download 115.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling