Amir temur-faxrimiz, G`ururimiz


Download 54 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2023
Hajmi54 Kb.
#1330405
1   2   3
Bog'liq
AMIR TEMUR-FAXRIMIZ, G`URURIMIZ

2-boshlobchi: Ulug` Amir Temur tengsiz kurashlar, o`tkir aql va tadbirkorlik bilan tiklagan saltanatini adolat bilan boshqarishga hamda imkon boricha ezgu ishlar qilishga hamisha intilganlar.
Amir Temur:
.... Bolalarim, unutmangki, davlat ishida,
Har qanday yumushning ham o`z o`rni bordir.
Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan,
Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o`rganib,
Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa.
Yurish qilish lozim bo`lsa yiroq ellarga,
Tadorigin ko`rmoq kerak uch-to`rt yil avval.
Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang,
Yilqilarni ko`paytiring o`sha joylarda.
Toki sizning horg`in otlar yetib borgan payt,
Tulpor bo`lib, kishnab tursin minglab toychoqlar.
Yov qo`shinin tahlikaga solmoqlik uchun,
Tunda uning atrofiga gulxanlar yoqing.
Necha yuzlab miltillagan cho`g`larni ko`rgach,
Yog`iy sizning lashkarlarni ko`p deb o`ylagay.
Shabxun deya ataladi tungi hujumlar,
To`rtta otning biqiniga shox-shabbalardan,
Oddiygina supurgini bog`lab qo`ysangiz-
Chunon to`zon ko`tarilgay, deysiz qiyomat!
O`rni kelsa to`rt suvoriy ming otliqning,
Vahimasin yaratadi qiyqiriq bilan.
Bayrog`ingiz egilmasin maydonda sira,
Jangda yolg`iz qolsang ham bayroq tik bo`lsin.
Hujum qilish arafasi: “Allohu akbar!”-deb,
Nido aylang, Parvardigor kuch ato etgay.
Suring!”-degan na`ra esa bosqinga da`vat,
Bizning oddiy: “Ur-ho-ur”dan yov juda qo`rqar.
Endi jahon yaxshi bilar qudratimizni,
Pinhon joyi qolmagandir hiylalarning ham.
Biroq Temur firiblarin adog`i yo`qdir,
Endi ruxsat, mashvaratning mehmonlariga....
Sahna ko`rinishi tugagach maktabning eng bilimdon o`quvchilari o`rtasida “Intellektual ring” o`yini o`tkazildi. Unda 11 nafar o`quvchi ishtirok etadi. Savollar boshlovchi tomonidan beriladi. O`yin oxirigacha to`g`ri javob bergan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
1-boshlovchi: Amir Temur hamisha el g`amini o`ylab, yovlar oyog`i ostida toptalgan o`lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Keling aziz do`stlar, barchamiz yakdil bo`lib, halol nehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O`zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantirishga xizmat qilaylik.
2-boshlovchi: Jahonga Amir Temurdek buyuk dahoni bergan xalq mangu yashasin, baxtu saodati ziyoda bo`lsin.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi



Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling