Amir Temur ilm-fan va madaniyat homiysi
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida Amir Temsur
Download 53 Kb.
|
Amir Temur davlatida ma’daniy hayot
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida Amir Temsur
Buyuk davlat arbobi, sarkarda Amir Temurning hayoti va faoliyati, u tashkil etgan davlat tarixi yuzasida bildirilgan fikrlarni kompleks ravishda qayta o’rganish va konseptual asosda qayta baholash ham ilmiy, ham siyosiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tarix fanining ahamiyati hamda o’zbek xalqining qadimiy va boy tarixini idrok etishda: «sohibqoron haqida baho berib, amir temurga nisbatan tarixiy adolatni qaror topshirish bugungi temurshunoslikning muhim vazifalaridan biridir» - deb ta’kidlagan edi o’zbekiston prezidenti i.a.karimov.1 shu boisdan mustaqillik yillarida O’zbekistonlik tarixchi olimlar tomonidan amir temur hayoti va faoliyatiga oid qator asarlar chop etildi.2 sohibqiron va uning davlatchiligi tarixni yorutuvchi bir nechta ilmiy anjumanlar toshkent va samarqand shaharlarida o’tkazildi.3 manbashunoslik, tarixnavislik va tarixiy tadqiqot ixtisosligi bo’yicha d.obidjonova va b.usmonovning tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dessirtatsiyalari muvofaqiyatli ravishda himoya qilindi.4 yuqorida zikr etilgan asarlar va uyushtirilgan barcha ilmiy andjumanlar bo’yicha nashr etilgan to’plamlarni o’rganib chiqib umumlashtirilganda ularga qo’yidagicha tavsif berish mumkin. Birinchidan xorijda amir temur tarixi o’rta asrlardanoq katta qiziqish bilan o’rganib kelingan. g’arbning mashhur tarixchilari o’z asarlarida amir temur faoliyati haqida hozirgi kunda ham e’tiborga molik darajada saqlangan fikr- mulohozalarini bayon etganlar. Ikkinchidan horij tarixshinosligida amir temur tarixini yorituvchi tadqiqot ishlarining salmoqli qismini rossiyada nashr etilgan asarlar tashkil etadi. Va nihoyat, uchinchidan rus muarrixlarining amir temur shaxsi va uning tarixdagi urni haqidagi fikrlari xx asr davomida barcha sovet tarixchilari uchun asosiy dasturulamal bo’lgan desak xato qilmaymiz.5 chunki, rossiyalik tarixchilardan m.m.karamzin, t.m.granovskiy, v.v.bartold, a.yu.yakubovskiy asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan hamda jahon tarixshunosligi rivojlanishiga ham ma’lum darajada ta’sir o’tkazgan.6 shuning uchun ham rossiya tarixshunosligidagi amir temur tarixiga oid asarlarni ilmiy tahlil etish, ularning yutuq va kamchiliklarini tarixiy manbalar asosida qo’rasatib berish hozirgi zamon o’zbek tarixshunosligining muhim vazifalaridan biriga aylandi. YAna eng muhim fikr: “Hech kimga azab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning azabiga duchor bo’lmayin va ishimni buzib, holimni tang qilmasin deb”. Har ikkala fikrdan Amir Temur davlati qanday qonunlar asosida idora qilinganligini bilib olish qiyin emas. Amir Temurning davlat idora usuli “Kuch adolatdadir” shiori asosida olib borilgan. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov, “Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir”, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida birday amal qilib, ahloqiy maonaviy mezonga aylandi” - degan edilar. (1996 yil 18 oktyabrda) Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so’zlagan nutqlarida. Amir Temur o’zining “Tuzuklari”da, “Qay bir joydan bir isht olsam, o’rniga o’n isht qo’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim deb yozishining o’zi naqadar adolat bilan boshqarganligidan dalolat beradi. Amir Temurning buyuk tarixiy shaxs sifatida hamda uning davlatchiligi tarixi o’tmish tarixchi olimlari tomonidan chuqur o’rganilgan, bugungi kunda ham o’rganilmoqda, bundan buyon ham turli fanlarga o’rganish ilmiy maydoni bo’lib xizmat qiladi. Sababi, hali o’rganilmagan tarixiy ildizlari hisobsizdir. “Temur tuzuklari” xususida, uning tadqiq qilinishi haqida qisqacha to’xtab o’tdik. Endi uning davlatchiligi tarixi jahon tarixchi olimlari tomonidan qanday o’rganilganligi to’risida fikrlarimiz quyidagicha. SHaxsan Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbuslari bilan xalqimiz o’zining ulu allomalari, davlat arboblari, tariximizda shonli iz qoldirgan ajdodlarimizga hurmat bajo keltirilmoqda. 1996 yilning “Amir Temur yili” deb eolon qilinishi, o’sha yili 23-26 oktyabrp kunlari xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKO tomonidan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzuidagi xalqaro konferensiyaning tashkil qilinishi hamda o’tkazilishi fikrimizning dalilidir. Konferensiya ishiga Amerika, Angliya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Misr, Pokiston, Eron, Afoniston, Turkiya va yana dunyoning qator mamlakatlaridan olimlar, mehmonlar tashrif buyurishib, bobomiz Amir Temurga o’z ehtiromlarini izhor etdilar. O’zbek xalqi qatori butun dunyo xalqlari tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligini keng nishonlashlari xalqimiz fan va madaniyatiga, tarixiga chuqur ehtiromidir. Mavzumizni Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning Amir Temur bobomiz haqida aytgan quyidagi ajoyib fikrlari bilan muhtasar qilmoqchimiz: “Davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo’lib qolgusidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling