Amir Temur ilm-fan va madaniyat homiysi


Download 53 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi53 Kb.
#184211
1   2   3   4
Bog'liq
Amir Temur davlatida ma’daniy hayot

Demak, Amir Temur buyuk dav1at arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib, ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero:

1. Amir Temur XIV asrdayoq mam1akat va mintaqalararo munosabat1arni chuqur1ashtirib, yagona iqtisodiy makonga bir1ashtirishga harakat qildi. Integratsiyani ish1ab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mam1akat1ar o'rtasida madaniyat1ar mu1oqotini bosh1ab berdi.

2. Amir Temur dav1at tizimi va boshqaruvni tashki1 etishda o'ziga xos maktab yaratdi, ado1at1i jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvor1igiga rioya qi1di.

3. Amir Temur dav1atchi1ik tamoyi11arini rivoj1antirdi, uni aq1-idrok sa1ohiyatiga tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi;

4. Amir Temur sa1tanati ma 'naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo'g'ri1gan sa1tanat edi. «Temur tuzuk1ari».

Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'1ib, dastlab turk tilida chop etilgan. 1783-yilda ing1iz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga 1967-yilda forschadan tarjima qi1ingan.

«Temur tuzuk1ari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va ax1oqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir. Asar 2 qismdan iborat.

Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.

Temuriy1ar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'1ib, hozirgacha dunyoni 101 q01dirib ke1moqda. Albatta, buyuk inson1ar komillik cho'qqisiga oson1ikcha erishgan1ari yo'q. U1ar tur1i qiyin bosqich1ardan o'tgan1ar. O'tmishda ma'naviy kamolotga inti1gan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabih1ik va razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida

«Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan:



Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim,

Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim.

Madad qildi, Azozilni kovlab surdim,

Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano.

Talaba1ikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga harakat qi1gan. Shogirddagi mag'rur1ik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustoz1ari ila masjid va madrasa hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil a11omalar ustoz1ar tomonidan buyurilgan ishni bajarmas1iklari mumkin emas edi. Aynan shu xil riyozatlar cheki1gani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka inti1uvchi inson qolgan. Yuzaki qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz jabri afzal» , degan purma'no maqol yarati1gan. Bunga monand Amir Temur: «Piri komil shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yegin, kam ux1a, kam gapir» , degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mu1ozim1arga ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchi1ik ko'rmaysiz1ar, boy-badavlat yashaysiz1ar , kam uxlanglar -mukammallikka erishasiz1ar, kam gapiringlar dono bo'lasizlar. Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. 1,5 mln. kv. km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta podshohlikni egalladi. Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Sohibqiron tomonidan barpo eti1gan markazlashgan mustahkam davlat qariyb 1,5 asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida quri1gani, ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal qilgani bilan izohlanadi. Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat:

Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi.

Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.

Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min etishi uning buyuk xizmatidir.

To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (1402), Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi.


Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi.

Amir Temur davlatida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo`lgan. Temur taqvodor ruhoniylarga chuqur ehtirom bilan qaragan. Ularning duolarini olib, kamsitilgan turli mahzab tarafdorlarini doim o`z himoyasiga olgan. O`rta Osiyo xalqlarining ma'naviy taraqqiyotida Temurning diniy va dunyoviy bilimlariga e'tibor berishi katta rol o`ynadi. Temuriylar davridagi nodir qo`lyozmalar tarixning mo`jizasiga aylanib qoldi.

Ma'lumki, Amir Temurga piri Abu Bakr Tayobodiy bir chig`anoh uzuk hadya etgan bo`lib, uzuk ko`ziga "rusto-rosti", ya'ni "kuch-adolatdadir" so`zlarni bitilgan edi. Amir Temur butun umri davomida ushbu so`zlarga amal qilib hokimiyatni boshqardi va hamisha talaba qozonib keldi. Keyinchalik bu so`zlar bitilgan muhr tayyorlanib, u bilan hujjatlarga imzo chekilar edi.

Mashhur muarrixlardan biri Nizomiddin Shomiy o`zining "Zafarnoma" asarida shunday yozadi: "...Uning adolatiyu, siyosati o`rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridangina emas, balki Xo`tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atroflarigacha, Bobul Abvobdan to Misr va Rum hududigacha bo`lgan yerlardan savdogarlar u yoqda tursin, bolalaru beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollarini keltirardilar va olib ketadilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham ko`z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne'mat va poyonsiz marhamatlar Amir Sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir."

Ma'naviy ildizlarimizdan biri - bu Temur ma'naviyatidir. Bu qudratli manba insoniyat tarixida tengi yo`q markazlashgan davlatchilikka, qonunchilikka asos solish bilan yer yuzining deyarli hamma mamlakatlarida o`rganilgan bo`lib, hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz faqat hozirgi kunga kelgandagina bu ma'naviyatni naqadar zarur ekanligini va buyuk kelajak sari kadam tashlayotgan xalqimiz uchun nihoyatda qadrli ekanligini anglamoqdamiz.

Amir Temur insonni qadrlay oladigan va uni farqday oladigan ulkan arbob edi. Musulmonchilikda "eng yaxshi kishining ikki qo`li ham to`g`ri bo`ladi, u bir qo`li bilangina emas, ikki qo`li bilan ham yaxshilik qiladi"- degan hikmatli ibora bor. Amir Temur do`stiga ham, dushmaniga ham xuddi ana shunday ikki qo`li bilan yaxshilik qildi, qolganlarni ham shunga undadi. "Tuzukot"da ham, tarixiy asarlarning mualliflari ibn Arabshoh Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida ham, de Klavixo kundaligida ham buni yaqqol ko`rish mumkin.

Temur o`z faoliyati davomida olloh buyurgan oliy insoniy fazilatlarga astoydil amal qildi. Temur o`z farzandlariga qilgan vasiyatda shunday deydi: "...Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo`ring, yo`qsillarni zanginlar (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va iyilik (yaxshilik) qilmoq dasturingiz va rahbaringiz bo`lsin". Adolatni shunchalik qadrlagan hukmdor albatta xalq orasida katta obru-e'tiborga ega bo`lishi tabiiy hol edi.

Temurning "Kuch-adolatda" degan so`zi haqiqatda shiorga. aylanib, hamma davrlar uchun jaranglab turuvchi ibora tusini olganligini shohidi bo`lishimiz mumkin. Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o`rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy qilgan. Arzbegi shikoyat, arizalarni ko`rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususda kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo`lishidan qat'iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qatiy tartib-qoida o`rnatilgan. Rus Sharqshunosi D.N.Logofet bu xususda shunday deb yozadi: "...biz hozir zo`r berib intilayotgan daromad solig`i degan narsa uning hokimiyatida o`shandayoq mavjud edi".

Temur ma'naviyati-ulkan manba va tuganmas bir buloqdir. Hozirgi mustaqillikka erishgan davrimizda, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda bu manbaning ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham Prezidentimizning Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalari va keyingi vaqtdagi qator chiqishlarida bu manbaning ahamiyatini takror va takror qayd etmoqda. Temur ma'naviyatining bizga o`rgatuvchi, saboq bo`lguvchi joylari juda ko`pdir. Zero, bu ma'naviyat-bobokalonlarimizning bebaho manaviy boyligining bir bo`lagi bo`lib, yurtimiz ravnaq va porlok kelajagi uchun hamisha xizmat qilajakdir.


Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling