Amir Temur, Temur, Temurbek toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul


Download 59.27 Kb.
bet9/12
Sana09.03.2023
Hajmi59.27 Kb.
#1256309
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Amir TemurTemurTemurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
Tarjimai holi
Amir Temurning oilasi
Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…“. Taragʻayjon piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan.
Amir Temurning katta opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo bor edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. "Muyizz al-Ansabʼga koʻra, Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish. Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi.[1]
Amir Temurning yoshligi
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.

Download 59.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling