Amir Temur, Temur, Temurbek toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul
Download 21.43 Kb.
|
Amir Temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bobur
- Jaloliddin Manguberdi ( arabcha : جلال الدين منكبرتي
- Islom Abdugʻaniyevich Karimov
- Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
- OZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda (dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk o'zbek sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-an va madaniyat homiysi,uning zakovati juda ham kuchli edi. U oʻng qoʻlda ham chap qoʻlda ham bir xil qilichini oʻynatar edi. Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.[1] Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biridir. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. Jaloliddin Manguberdi (arabcha: جلال الدين منكبرتي— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq ismi — Jaloliddin Abulmuzdhhdvebheffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi — Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (tugʻ. 24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Prezidenti (2016-yil 14-dekabrdan), 2003-yil 12-dekabrdan 2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti. 2016-yil 4-dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi.[ Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Respublika hududi sharqdan g’arbgacha 1 425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 km ni tashkil etadi. Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog'iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg'iziston va Tojikiston, g'arbda Turkmaniston, janubda esa Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg'oniston bilan uzunligi — 143 km, Qozog'iston — 2.356,31 km., Qirg'iziston — 1.476,12 km., Tojikiston — 1.283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1.831,49 km ni tashkil etadi. Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling