Amir temur va temuriylar davlatchiligida soliq munosabatlari


Download 105.28 Kb.
bet1/12
Sana31.01.2024
Hajmi105.28 Kb.
#1829048
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI


AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI
§ 5.1. Amir Temurning markazlashgan davlatga asos solishi va soliq islohotlari
Markaziy Osiyoni barlos qabilasidan chiqqan Amir Temur (1336-1405-yillarda yashagan) mo’g’ullar hukmronligidan butkul ozod etadi. Yarim asr davomida u Kashmirdan O’rta dengizga, Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar cho’zilgan ulkan saltanatni barpo etadi.
Bunday ulkan yurish va istilolar uchun Amir Temurga juda katta moliya resurslari kerak edi. G’alabalardan qo’lga kiritilgan boyliklar va soliqlar harbiy yurishlarning asosiy manbai bo’lgan. Muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy ta‘biri bilan aytganda, Temur davlati mamlakatning u boshidan bu boshigacha bir bolakayni oltin va javoxirot to’la patnis bilan jo’natganida ham biron-bir kishi boylikni tortib olishga qasd etmas darajasida yuksalgan. Sohibqiron Amir Temur Xitoydan G’arbiy Yevropaga qadar savdo yo’lini yanada kengaytiradi. Bundan ko’rinadiki, Amir Temur iqtisodiy siyosatining bosh omili globallashuv bo’lgan.
Temur saltanati kengayib ketgandan so’ng uning hududi amirzodalarga taqsimlab beriladi. Xususan, amirzoda Mironshoh1ga “suyurg’ol” etilgan hududlar Old Osiyo, Kavkaz, Iroq va Barbiy Eronning hududlari bo’lib, uning maydoni qariyb 3 million kvadrat kilometrni tashkil etgan.
Pirmuhammad Mirzo47ga topshirilgan hududlar Xuroson, Shimoliy Hindiston, Movarounnahr va Qipchoq bilan birga 7-8 million kvadrat kilometrni egallagan edi. Ana shu ulkan saltanat hududiy jihatdan Kushonlar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar kabi imperiyalarining vorisi ya‘ni, Buyuk Ipak yo’li vorisi edi.
Bu davrda yirik va mayda feodal yer egalarining asosiy qismi suyurg’ol mulklarga ega edilar.
Suyurg’ol yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo’lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha suyurg’ol shaklida in‘om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko’pincha hukmron sulola namoyandalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan.
Suyurg’ol egasiga o’z suyurg’oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shoxrux davrida Xorazm - Shoh Malik; Farg’ona - Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni o’z ichiga olgan Xuroson - Boysung’ur; Qobul, Bazna va Qandaxor viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurg’oli edi. Suyurg’ol yorlig’iga ega bo’lgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga faQat nomigagina qaram bo’lib, odatda, ular deyarli mustaqil edi. Suyurg’ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba‘zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning ma‘muriy va adliya jihatidan haq-huquqni cheklab qo’yar edi. Suyurg’ol egasi markaziy hukumatga bo’ysunmagan taqdirda suyurg’ol huquqidan mahrum bo’lar va hokim uning viloyatini boshqa shaxsga berar edi2.
Temuriylar davrida maydoni jihatidan mayda va haq-huquqi jihatidan ancha-muncha cheklangan suyurg’ol yerlari ham bo’lgan. Bunday mayda suyurg’ol yerlari, odatda, xizmat ko’rsatgan kichik mansabdagi harbiylardan tortib, oliy hukmdorning muntazam gvardiyasidagi harbiylargacha berilgan.
Viloyat va tuman hokimlari ana shunday yerlarning to’la xo’jayinlari bo’lib, o’z hududidan soliq va o’lponlar yig’ish uchun ular davlat xazinasi oldida javobgar bo’lganlar. Ular Amir Temur davlatining asosiy tayanchi sifatida mulkdor yer egalari kabi aholining imtiyozli qatlamini tashkil etgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, Husayn Boyqaroning 14 minglik gvardiyasi va 40 minglik muntazam qo’shini (kush)ning har bir askariga 80 jarib, ya‘ni 40 tanob3dan yer berilgan. Navkarlarga berilgan bu yerlardan ham soliq va to’lovlar olinmagan.
Hukmdor soliq to’plashning viloyatlar va uluslar tizimidan foydalangan. Bunda barcha tushumlar markaziy davlat xazinasiga to’planmasdan mahalliy ma‘muriy tuzilmalar ixtiyorida qoldirilgan.
Mahalliy hokimiyatlarga soliq va boshqa tushumlardan o’zlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanish, natura tarzidagi molmulklarni esa o’z hoxish-irodalariga bog’liq tarzda taqsimlash vakolati berilgan.


Download 105.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling