Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan rivoji Farg’ona Davlat Universiteti Tarix fakulteti
Download 31.33 Kb.
|
Amir Temur va Temuriylar davrida ilm (2)
Adabiyotlar va metodologiya. Amir Temur sayyidlar, ulamoyu-mashoyixlar, oqilu-donolar, tarixchilarni e’tiborli kishilar sanab ularning hurmatini joyiga qo’ygan. Sohibqiron mamlakatni idora etishda muammolarning to’qqiz ulushini tinchlik tadbir yo’li bilan, qolgan bir ulushini boshqa iloj bo’lmagan taqdirdagina qilich bilan hal qilgan. Amir Temur taxt tepasiga kelgandan so’ng Samarqandda ko’p yillar tinchlik hukmronlik qildi. Bu esa ilm-fan rivoji uchun eng kerakli omil bo’ldi. Bu davrga kelib xalq uchun juda ko’plab qulayliklar yaratildi, ko’plab yangi qurilishlar bo’ldi Sohibqiron oʻz siyosatini mamlakatda markazlashgan kuchli mustaqil jamiyat oʻrnatish, har bir ishda qonun va tartib joriy qilish, yurtda osoyishtalikni jonlantirish, hunarmandchilik, savdoni rivojlantirish, islom aqidalariga rioya qilishdan boshladi. Amir Temur va temuriylarning faoliyati, shubhasiz ilm-fan taraqqiyoti va maʼnaviyati bilan sugʻorilgandir. [1:46]
Natija. Sohibqiron saltanatida zamonasining taniqli allomalari hisoblangan dunyoviy fanlarning hamma tarmoqlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan qariyb 100 dan ortiq olimlar faoliyat yuritgan. Ibn Arabshoh shunday taʼriflaydi: “Temur har bir jonni yigʻib nimaiki narsa boʻlsa sarasini Samarqandga keltirdi. Samarqandda har bir ajib fan ahli namoyondasidan va sanʼatlar gʻaroyib uslubidan fazilati peshonasida nishona boʻlib, oʻz tengqurlaridan ustun turgan oʻz sohasida alloma kishilar yigʻilgan edi” ushbu olimlar Temur tashkil etgan Koʻksaroy kutubxonasida ishlash va foydalanish huquqiga ega edilar. Ular ilm-fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, Turonu zaminning ilm-fan, madaniyatini jahon sivilizatsiyasi darajasiga koʻtarib, Samarqandda oʻziga xos ilmiy markazni tashkil etdilar. Bu keyinchalik sohibqironning nevarasi Ulugʻbek davrida fanning keng taraqqiy etishiga, ilmiy laboratoriya va Samarqand fanlar akademiyasining vujudga kelishiga asos solgan. Temur davriga kelib Samarqand olimlar maskaniga aylangan. Madrasalarning vazifalari ham kengayib, ular yuqori ilm-fan muassasalariga aylana bordi. Ushbu olimlarning koʻpchiligi Temur davrida va Temurdan oldin barpo etilgan va obod xolga keltirilgan Samarqand madrasalarida talabalarga taʼlim berar edilar. Ularda endi diniy qadriyatlardan tashqari davlat xizmatchilari va iqtidorli yosh olimlar xam tayyorlana boshlandi. Oʻsha davrda Damashqdan keltirilgan yosh tolibi ilm Ibn Arabshohning Samarqanddagi Temur madrasasida tahsil olib taniqli tarixchi olim boʻlib yetishganligi fikrimizning dalilidir. Temur davrida qurilgan va obod etilib faoliyati ijobiy yoʻlga qoʻyilgan madrasalar masalasiga kelsak faqat birgina Samarqandning oʻzida ularning soni unga yaqin. Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sulton madrasasi, Bibixonim madrasasi, Feruzshoh madrasasi, Amir Shohmalik madrasasi, Idiku Temur madrasasi, Qutbiddin Sadr madrasasi va boshqalar shular jumlasidan. Bundan tashqari, Shahrisabzda, Buxoroda, Xirotda ilm-fan ahllari, koʻplab adiblar, shoir bastakorlar, musavvirlar, meʼmoru muhandislar, binokor naqqoshlar, mohir hunarmandlar ijod bilan band edilar. [2:125] Bu davrda Temurning ota yurti Shahrisabzda esa oʻzi oʻqigan madrasa qayta taʼmirlanib, kengaytirilib, ilmiy tarbiya markaziga, yaʼni “Adab ilmining gumbazi”ga aylangan edi. Undagi Temur bunyod etgan “Dor uttilovat”da nafaqat adab ilmi, balki diniy va dunyoviy bilimlar ham oʻrganilar edi. Xirotda esa Shohrux Mirzo ham Temurning ilm-fan va maʼrifat sohasidagi say-harakatlarini olib butun Xurosondagi eng katta kutubxonani tashkil etadi. Temur saltanatining har ikkala ulkan kutubxonasida nafaqat arab va turk tillarida, balki fors, lotin va yunon tillaridagi eng nodir asarlar toʻplangan edi. Bu asarlardan foydalanib ishlagan olimlar keyinchalik Samarqandda Mirzo Ulugʻbek shakllantirgan ulkan ilmiy akademiyaning aʼzolari boʻlib, ilmu faoliyatlari bilan jahonga yirik va mashhur olimlar boʻlib yetishadi. Xirotda esa ana shu say-harakatlarning davomi va Xirot kutubxonasining tarkibiy qismi tarzida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida Kamoliddin Behzod rahbarlik qilgan “Sanʼat akademiyasi” “Nigariston” vujudga kelgan edi. [3:225] Amir Temur zamonasida ulamo va mudarrislarga katta moddiy yordam koʻrsatilib yaxshi maosh va ish haqi olib mudarrislik qilar edilar. Ular esa davlat va uning boshligʻi tomonidan olimu ulamolarga qilgan salohiyatni moddiy va maʼnaviy yordami tufayli oʻsha davrlarda yaratilgan ilm-fan natijalari hozirgi kunda kelajakda ham oʻz qiymatini yoʻqotmaydi. Hozirgi kunda Samarqandda Amir Temur saroyida xizmat qilgan olimlardan biri Muhammad Ibn Umar Saʼdidin at-Taftazoniyning ilm hisob, handasa va mantiqqa doir bir necha risolasining qadimgi qoʻlyozma nusxalari mavjud. Shulardan biri toʻgʻri chiziqlarning paralelligiga bagʻishlanadi. Shu jarayonda u burchaklarning boshqa bir qator xossalarini ham isbot qiladi. Ularning tatbigʻi sifatida ikki masalaning yechimini ham keltiradi. Amir Temur va temuriylar davrida ijod etgan olimlarning asarlari keyingi va yilliklar davomida qayta koʻchirilgan va foydalanib kelingan. Tadqiqotlar bu asarlar ilm-fanning keyingi taraqqiyotida ham alohida oʻrin tutganliklarini koʻrsatadi. [4:96] Sohibqironning oʻzi ham fan bilan shugʻullangan tarixni sevgan tarix haqida kitoblar yozgan. Uning “Manzumoi Turk”, “Tuzuklari” shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda Amir Temur tabobat ilmining rivojiga katta sharoit yaratib beradi va xalq meditsinasini, tabobat ilmiy markazlari binolarini vujudga keltiradi. Temurning alohida bino tarzida shifoxona qurdirganligi haqida adabiyotlarda maʼlumot yoʻq. Biroq bizga Amir Temur davrida Samarqanddagi Ark qalʼada dor ush-shifo, yaʼni shifoxona xizmati tashkil etilganligi maʼlum. Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko‘plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Temur tuzuklarida aytilishicha musulmonlarga diniy madrasalarda ta’lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari, tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o‘z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko‘p maosh to‘langan, ular farovon hayot kechirganlar. Sohibqiron «Temur tuzuklari»da sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e’tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo‘ydim. Ular bilan qimmatli fikrlardi almashdim deb yozadi. Download 31.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling