Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan rivoji Farg’ona Davlat Universiteti Tarix fakulteti


Download 31.33 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi31.33 Kb.
#1410474
1   2   3
Bog'liq
Amir Temur va Temuriylar davrida ilm (2)

Muhokama. Garchi Turon zaminida olimlar, muhandislar, ustalar yetarli bo‘lsada, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib kelgan. Amir Temur qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o‘ljasi shu o‘lkaning rassomlari, mohir ustalari hisoblangan. U o‘sha yerlik olimu ulamolarga mehribonlik ko‘rsatgan. Bu tadbirlar juda yaxshi natijalarga olib kelgan. Xilda Xukxemning e’tirof etishicha, «Temur dunyoga kelgan yurtda falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot sohalarida olamshumul asarlar yaratildi. Bu asarlar keyinchalik Yevropa Uyg‘onish davriga turtki bo‘ldi va Yevropa, fanining uzoq asrlar davomidagi taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qildi. O‘n beshinchi asrni Temuriylar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g‘amxo‘rlik Ulug‘bek davriga kelib o‘z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O‘n yettinchi asrga kelib Angliya qirolligining birinchi astronomi Ulug‘bekning «Zijijadidi Ko‘ragoniy» asaridan foydalangan. Temuriylar davri ma’naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha dunyoni lol qoldirib kelmoqda.[5:65]
Sohibqiron Amir Temur o’z yurishlaridan so’ng bosib olingan mamlakatdan nafaqat oltin, kumush, javohirlarni ko’plab nodir qo’lyozma asarlarni, alloma, shoirlar, donishmandlarni, me’mor, muhandislarni, ilm ahlini mamlakat poytaxti bo’lmish Samarqandga olib kelar va ularga ilm-fanni yuksaltirish, yangi binolarni qurish ishlarini topshirardi. Ularga yaxshi ulushlar, martabalar tayin qilardi.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan ayon boʻldiki, Temur nevarasi Ulugʻbekka qadar ham oʻz saltanatida ilm-maʼrifat taraqqiyotiga alohida eʼtibor bergan va shunday xulosa qilish mumkinki Ulugʻbek akademiyasidek ulkan ilm maskanining poydevoriga ham aslida Temurning oʻzi asos solib ketgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.2009.

  2. I.A.Karimov Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna boʻlaversin T.1996.

  3. I.A.Karimov Xalqimiz bor ekan Amir Temur nomi barhayotdir, Sohibqiron kamolga yetgan yurt, Adolat va qudrat timsoli, Amir Temur faxrimiz gʻururimiz, Asarlari T.1997

  4. I.Y.Tursunov Amir Temur ma’rifat homiysi. Xalq ta’limi T.1996.

  5. Temur tuzuklari. Akademik B.Axmedov taxriri ostida T.1991.

  6. Usmanov, B. (2019). Horticulture in Fergana in the Temurid's period. Scientific journal of the Fergana State University, 2(4), 73-75.

  7. Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-хановская история / Перев. с тадж., предисл., прим. и указат. проф. А.А.Семенова. – Т.: изд-во АН УзССР, 1956.

  8. تМунтахаб ат таворих. Таълифи Муҳаммад Ҳакимхон / Тасҳиҳи Яёйи Кавахара, Коучи Ҳанеда. Ҷилди аввал. – Токио, 2009; Ҷилди дуввум. – Токио, 2006.

Download 31.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling