Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat


Download 31.95 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi31.95 Kb.
#1165756
1   2   3
Bog'liq
Amir Temur va temuriylar davrida ilm

"Ziji jadidi Koʻragoniy" Ulugʻbek ziji yoki "Ziji sultoni" - Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1437-yilda nashr etilgan astronomik jadvaldir. Ptolemey va Tycho Brahening ishlari safida, eng buyuk yulduz kataloglari qatorida turadi.
Mirzo Ulugʻbekni XV asrdan beri Yevropa va Amerikada ham, Osiyoda ham yaxshi bilishadi. XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida Yevropada astronomiya fanining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi yevropaliklarning Samarqand akademiyasiga boʻlgan qiziqishini oshirdi. Shogirdi Ali Qushchining Ulugʻbek asarlarini Turkiyada targʻib etganligi natijasida yevropaliklar uning fan taraqqiyotiga qoʻshgan kashfiyotlaridan bahramand boʻldilar.
Hozirgi kunda «Ziji jadidi Koʻragoniy» asarining 150 dan ortiq nusxasi ma’lum. Boshqa ma’lumotlarga koʻra, asarning 120 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arabiy nusxasi ham mavjud. Mirzo Ulugʻbekni davlat ishlari bilan mashgʻul boʻlishdan koʻra koʻproq ilmu fan bilan shugʻullanish qiziqtirgan. Uning «Bir darajaning sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulugʻbek», «Toʻrt ulus tarixi», «Ziji jadidi Koʻragoniy», «Koʻragoniyning yangi jadvallari» kabi asarlari dunyo olimlari tomonidan hali hanuz oʻrganiladi. Ulugʻbekning «Ziji jadidi Koʻragoniy» asari «Ulugʻbek ziji», «Ziji Koʻragoniy» kabi nomlar bilan ham ataladi. «Zij» soʻzi fors tilidagi «zik» soʻzidan olingan boʻlib, «jadval» ma’nosini bildiradi. Mazkur asar Ulugʻbekning qariyb 30 yillik izlanishi samarasi boʻlib, u 1444 yilda yozib tugatilgan. Asar fors tilida bitilgan, keyinchalik Gʻiyosiddin Al-Koshiy tomonidan arab tiliga tarjima qilingan. «Ziji jadidi Koʻragoniy» muqaddima va toʻrt maqoladan iborat.
5.“To‘rt ulus tarixi” asari haqida nimani bilasiz? 
To'rt ulus tarixi”, “Ulusi arba’-yi Chingiziy” (“Chingiziylar to'rt ulusi” (tarixi) yoki “Tarixi arba’ ulus”) nomli asar XV asrda yozilgan, muallifi Mirzo Ulug'bekdir.
Kitobda Odam atoning yaratilishi va islomiyatdan awal oʻtgan paygʻambarlar, turklarning afsonaviy otabobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk-moʻgʻul qabilalari va Chingizxon tarixi bayon etilgan. Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston zaminida podshohlik qilgan avlodi Abuljaxon, Dibokuyxon, Kuyukxon va boshqalar, moʻgʻul va turk qavmlari va ularning podshohlari tarixi bayon etilgan.
“Tarixi arba’ ulus” asarida to‘rt ulus oʻrtasidagi siyosiy munosabatlar, “o‘zbek” etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tahririning toʻrt moʻtabar qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va toʻrtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838-yili Mayls tomonidan Angliyada chop etilgan. O‘zbekcha tarjimasi B.Ahmedov, M.Hasaniy va N.Norqulovlar tomonidan bajarilib, 1994-yiIi Toshkentda chop etildi.

Download 31.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling