Amir temur va temuriylar davrida madaniy hayot


Download 89 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi89 Kb.
#1206776
  1   2
Bog'liq
4. Amir Temurga


O‘rinbaeva Dilfuza Abdumannobovna
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar
maktabi” xarbiy akademik litseyi tarix fani katta o‘qituvchisi
Tel: +998(99) 857-77-20
e-pochta: uktamovna22@inbox.ru


AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY HAYOT


КУЛЬТУРНАЯ ЖИЗНЬ В ПЕРИОД АМИР ТЕМУР И ТЕМУРИЙ
CULTURAL LIFE IN THE PERIOD OF AMIR TEMUR AND TEMURIY

Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz: “Askarlari botir el qudratli bo‘lur”, deganlarida aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan edilar. Men har bir askar, Vatanning har bir posboni Amir Temur va ulugʻ lashkarboshilarimiz oʻgitlarini, ularning harbiy merosini chuqur bilishi kerak, deb qayta-qayta taʼkidlab kelaman. Bu oʻlmas va bebaho meros hozirgi kunda ham har birimizning qalbimizga cheksiz gʻurur baxsh etadi, muqaddas tuprogʻimizga sadoqat tuygʻularini kuchaytiradi.
SH.M. MIRZIYOYEV

Amir Temur va temuriylar davri Vatanimiz xalqlari tarixida o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega bo‘lib, hozirga qadar bu davr tarixi tulaligicha o‘rganilgan emas. Bu davrning tarixini qanchalik chuqurroq va to‘la atroflicha o‘rganilishiga harakat qilinsa, shunchalik yangidan-yangi tarixiy voqea va xodisalarni, ma’naviy-madaniy merosimizga bog‘liq qimmatbaho va noyob tarixiy xujjatlarning mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.


Temur va temuriylar davrida o‘lkamizda fan va madaniyat barq urib o‘sdi, rivojlandi va kamol topdi. Ona diyorimiz XIV va XV asrlarda jahon tsivilizatsiyasining eng oldingi qatorlaridan joy olganligining guvohi bo‘lamiz. Temuriylar sulolasi davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ubaydulloh Ahror, Behzod kabi ulug‘ vakillarini yetishtirib berdi. Ular o‘z bebaho asarlari bilan nafaqat o‘zbek xalqining buyuk siymolari qatoridan, balki jahon miqyosidagi allomalar qatoridan munosib o‘rin oldilar. Amir Temur o‘z tarjimai holida bunday yozadi: «Men yetti yoshga to‘lganimda meni madrasaga topshirishdi va qo‘limga so‘zlar jadvalini tutqazishdi. Men o‘qiy boshladim va erishgan muvaffaqiyalarimdan g‘oyat sevinchga to‘ldim. Men to‘qqiz yoshga to‘lganimda besh vaqt nomozni o‘rgandim va maktabdagi barcha o‘quvchilarga boshliq bo‘lib oldim. Men qatnashgan barcha yig‘inlarda ulamolar yaqiniga o‘tirishga harakat qilardim va tiz cho‘kib o‘tirardim. Kattalarga nisbatan shunday hurmat bajo keltirishni o‘zimga odat qilib oldim»1.
Amir Temur hukmdor bo‘lgandan keyin ham ilmli, ma’rifatli kishilarni o‘z atrofiga to‘pladi, ilm, fan va madaniyatga homiylik qildi. Amir Temur Samarqandda o‘z saltanatining qo‘rg‘oni – Ark qal’a va undagi betakror va go‘zal binolarni qurdirganki, Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deb elda mashhur bo‘lgan bu binolar shaharning ko‘rki hisoblangan. SHahar arki ichida bu binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona, shohona uy-joylar, Amir Temurning xazinasi va taxta pul zarblanadigan qo‘ra, aslahasozlik ustaxonalari, soz hammomlar hamda zindon bo‘lib atrofi qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan.
Amir Temur Samarqandni dunyoning eng ko‘rkam va go‘zal shaharlardan biriga – yer yuzining «sayqali»ga aylantirishni o‘zining vazifasi deb bildi. Uning tushunchasi bo‘yicha Samarqand Temurning kuch-qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilib ko‘rsatish kerak edi. U ko‘rkam va go‘zal Samarqand oldida dunyoning boshqa davlatlari bamisoli kichik-kichik qishloqlarga o‘xshab ko‘rimsiz bo‘lib turishi lozim deb hisoblardi. Ulug‘ bobomizning ana shu mantiqi asosida Samarqand atrofida bir qancha manzilgohlar tuzilib, ularga jahondagi yirik davlatlarining poytaxtlari nomlari berildi: Bog‘dod, Damashq, Kohira, SHeroz, Sultoniya, Parij va hokazolar. Parij keyinchalik xalq talaffuzida Forish deb yuritila boshlagan. SHaharning toza va ozodaligi juda ko‘p manbalarda madh etilgan. «Muxtasiblar ko‘chaga tarvuz-qovun po‘choqlarini hamda boshqa chiqindilarni tashlab, yo‘lovchilar uchun sirg‘alish xavfini tug‘dirmasligi, oqava suvlar sachrab odamlarning kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko‘chalarda yoki do‘konlarning oldida mol so‘yib atrofni ifloslantirmasligini, har kim o‘z tomonidan yog‘adigan qorni o‘zi tozalashini va boshqa obodonchilik ishlarini qattiq nazorat qilganlar»2. Tarixchi sayyoh Ibn Xaqqulning hikoya qilishicha, Samarqandda «oqar suv kirmagan biror ko‘cha, biror hovli deyarli yo‘q edi»3. Odamlar ko‘chalarda ariqlarda oqib o‘tadigan toza zilol suvlardan ichimlik suvi o‘rnida foydalanganlar. Samarqand atrofi bog‘i-rog‘lar bilan o‘rab olingan va bevosita sohibqironnning buyrug‘i bilan bir-biridan go‘zal o‘ndan ortiq bog‘lar barpo etilgan. Bular: Bog‘i Naqshi Jahon, Bog‘i Behisht, Amirzoda SHohruh bog‘i, Bog‘i Buldu, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Zog‘on, Bog‘i Baland, Davlatobod, Bog‘i CHinor, Bog‘i Nav, Bog‘i Jahonnomadir. Ayniqsa uning o‘zga yurtlarda bunyod etgan bino va inshootlari Temur ma’naviyatidagi yangi qirralarni ochib berishga hizmat qiladi. Amir Temurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik ishlarini nevarasi Mirzo Ulug‘bek davom ettirdi. U bir vaqtning o‘zida Samarqand, Buxoro va Fijdivonda madrasalar barpo etdi. Tarixchi olimlar B.Axmedov va A.Axmedovlarning4 ma’lumotlari bo‘yicha Samarqandda madrasa qurilishi 1417 yilda boshlanib, 1420 yilda tugatildi. Fijdivonda esa madrasa 1433 yilda ishga tushirildi. Madrasalarning eng kattasi Samarqanddagi bo‘lib, u ikki qavat va 50 ta hujradan iborat bo‘lgan. Unda 100 dan ortiq talaba ta’lim olgan va istiqomat qilgan. Ular ilmu-fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, Turoni-zamin ilmu-fani va madaniyatini jahon tsivilizatsiyasi darajasiga ko‘tarib, Samarqandda o‘ziga xos ilmiy markazni tashkil etib, nevarasi Ulug‘bek davrida fanning keng taraqqiy etishiga, ilmiy laboratoriya va Samarqand fanlar akademiyasining vujudga kelishiga asos solgan edi. SHunday buyuk ishlarni amalga oshirgan Soxibqiron Amir Temur haqida bir qancha rivoyatlar tarqagan. «Qaysi bir kitobda g‘oyat ibratli rivoyatni o‘qigan edim. Emishki, Amir Temur yarim jahonni zabt etib, olis o‘rmon qabilalariga borib yetibdi, xullas, ularni ham o‘ziga bo‘ysundiribdi. Qaysar va jangari, ozod va samimiy bu qabila boshlig‘i chorasizlik tufayli Temurga qurollarini topshirar ekan, quyidagi gaplarni aytibdi: «Ey, Temur! Sen bizni qurol kuchi bilan yenga olding. Biroq senga aytadigan shartlarimiz bor. Agar sen qassob bo‘lsang, bizni so‘yib tashla, agar sen savdogar bo‘lsang, sotib yubor, agar podsho bo‘lib kelgan bo‘lsang -bizga baxt ato et!»5
Ma’naviy ildizlarimizning bir bo‘lagi Amir Temur va shu xalq madaniyati, ilm-fani rivojiga hissa qo‘shgan ayrim temuriylar ma’naviyatidir. Bu ma’naviy manba insoniyat tarixida tengi yo‘q markazlashgan davlatchilikka, qonunchilikka asos solganligi sababli ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amir Temur va temuriylarning ma’naviy-madaniyatini o‘quvchi-talaba yoshlarga o‘rgatilar ekan, ulardan kutiladigan asosiy maqsad yoshlarimiz kelajakda ma’naviyatli, komil inson bo‘lishidir. CHunki yuksak ma’naviyatli inson umumxalq manfaatini ko‘zlab, davlat va jamiyat uchun o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘laydi, Vatan uchun kuyib-yonadi, Vatan ruxi bilan yashaydi. Vatan kuch-qudratini oshirishga, mustahkamlashga bor kuchi, imkoniyati va bilimini sarf qiladi. Amir Temur va temuriylar ana shunday aql-zakovatli ma’naviyatli insonlar bo‘lganlar. Ana shunday tarbiyani Amir Temur yoshligida ota-onasidan olib temuriylarga ham shunday ruxda tarbiya berdi.



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling