Jurnalistika fakulteti


Download 92.13 Kb.
bet1/10
Sana14.02.2023
Hajmi92.13 Kb.
#1196874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мелиева Маржона


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O ‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
318 - guruh talabasi
Meliyeva Marjonaning
“O`zbek tilshunosligida grammatik shakllar tasnifi” mavzusidagi


KURS ISHI

Ilmiy rahbar:______________




TOSHKENT – 2023





  1. Kirish………………………………………………………… 3

  2. Asosiy qism.

  1. O`zbek tilshunosligida grammatik shakllar tasnifi.

1. 1. Grammatik shakl……………………………………….. 7
1. 2. Grammatik shakllarling turlari…………………………. 9
1. 3. Grammatik kategoriya………………………………….. 19

  1. Xulosa………………………………………………………... 30

  2. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………. 32





Kirish
Sharqning ulugʻ allomasi Kaykovusning “Qobusnoma“ asarida “Soʻzni bagʻoyat ulugʻ bilgil“ degan hikmat uchraydi. Soʻz, til benihoya buyuk qudratdir. Oʻzbek tilining shonu shavkati, tuganmas, kuch-qudrati bashariyatning aqliy va badiiy xazinasidan joy olgan juda koʻplab asarlarda mujassamdir. Bu til shaʼnini ajdodlarimiz hamma zamonlarda sarbaland etib kelganlar. Amir Temur magʻlubiyat neligini bilmas qoʻshniga shu tilda qoʻmondonlik qilgan. Sohibqiron tigʻi yetmagan joylarni Navoiy shu tilda zabt etgan.
Bugun millat bilan birga yaralib, shonli tarixning barcha sokin va suronli davrlarini millat bilan hamnafas bosib oʻtib, millat dardu quvonchiga sherik boʻlib kelayotgan, Vatan yangligʻ bepoyon va muqaddas, ona kabi moʻtabar va munis, jon kabi yaqin va aziz oʻzbek tilimizning maqomu martabasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida“gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori bilan yana bir karra yuksaldi, eʼzoz topdi.
Oʻzbek tilimiz “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir“1 deya ulugʻlanadi ushbu qarorda.
Darhaqiqat, oʻzbek tili bugungi kungacha koʻp ming yillik tarixiy taraqqiyot yoʻlini mardonavor bosib kelmoqda. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklaridagi bitiklardan tortib hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan ilmiy, adabiy, maʼnaviy-maʼrifiy manbalar oʻzbek tilining shakllanish va rivojlanish tendensiyalari, adabiy ifodasi, maʼno qatlamlari, lugʻat tarkibi toʻgʻrisida atroflicha va asosli maʼlumotlar bera oladi.
Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan mamlakatimizda ona tilimiz ravnaqiga ham alohida eʼtibor qaratildi, yuksak ehtirom koʻrsatildi. “Davlat tili haqida“gi qonunning 30 yilligi tantanasi arafasida xalqimizning jon kabi aziz va bebaho qadriyati – oʻzbek tilining maʼnaviy maqomi takomillashdi.
Til borasida yana bir yangilik. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida koʻchadagi reklamalar,joy nomlari,firmalarning nomlanishi bilan shugʻullanadigan “Nomlash“ markazi ochildi. Hozirgi kunda ushbu markaz poytaxtimizdagi Chilonzor tumani boʻyicha tahlil olib boryapti.
Soʻzimizni koʻngilga iftixor bagʻishlovchi qahramonimiz haqidagi fikrlar bilan davom ettiramiz. Ta Jen Shen Xitoy xalq respublikasining Shinjon viloyatidan. Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining doktoranturasida oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi. Uning maqsadi tilimizni mukammal oʻrganish va oʻz yurtida soha yuzasidan yoshlarga taʼlim berish.
Hamisha shunday tilimiz borligidan faxrlanaman. Men Navoiy gʻazallarini, Bobur baytlarini kuylab el ichra hurmat topdim. Xorijiy mamalakatlarda boʻlganimizda ona tilimizda kuylar ekanmiz, tilimiz sehriga mahliyo boʻlganlarni nigohiga boqib, ichim gʻururga toʻlgan paytlar koʻp boʻlgan. Bizning tilimiz ardoqlanishga munosib va bu barcha soha vakillarining vazifasidir- deya taʼkidladi, Oʻzbekiston xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva biz bilan suhbatda…
YUNESKO vakillarining soʻzlariga qaraganda, qachonlardir odamlar soʻzlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingacha yetgan boʻlsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud boʻlib, ularning 90 foizi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonlI millatlarning tillaridir.
Bu tillarda soʻzlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega boʻlsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida soʻzlashuvchi aholining 80 foizi hamon oʻz yozuvlariga ega emas.
“Millat tilini yoʻqatmak-millat ruhini yoʻqatmakdir“2 degan edi Abdulla Avloniy. Shu birgina soʻz tilning jamiyatda tutgan oʻrnini isbotlab turibdi.
Biz ona tilimizni qanchalik sevamiz? Qachon tavallud kunlarda oʻzbek tilida qutlashni odat qilamiz? Qachon “X“ va “H“ farqiga yetamiz?
Masalaning biz yoshlar bilan bogʻliq jihati haqida ham ikki ogʻiz soʻz. Ayrim yoshlar soʻzlashuv jarayonida bir necha tilni qoʻshib gapirishlarini qanday tushunish mumkin. Bir soʻzi oʻzbekcha, ikki soʻzi ruschayu yana bir soʻzi inglizcha.
Hayron qolasan, balki ular bu holni zamonaviylik bilan izohlar, shu orqali oʻzini koʻrsatgisi kelar, ammo muammoning ogʻriqli nuqtasi shuki, bu holatni koʻrib, tilga hurmatsizlikning oliy namunasini anglaysiz. Alisher Navoiy “Mahbul-ul-qulub“ asarida “Tilga ixtiyorsiz-elga eʼtiborsiz“ deb mana shunday odamlarni nazarda tutgan boʻlsa, ne ajab.
Biz tilimiz bilan faxrlanishga haqlimiz. Ona tilimiz shunchalar boyki, qadri ham qaddi ham togʻlar kabi sarbaland.
Toʻplangan bilimlarimizga asoslanib aytadigan boʻlsak, bizda yigʻlamoq soʻzining 36 xil, yuz soʻzinining 8 xil, shamol soʻzining 30 xil shaklini uchratasiz. Bunday roʻyxatimizni istagancha davom ettirishimiz mumkin.
Tizza orqa qismi tilimizda toʻpiq deb nomlanadi. Vaholonki, bu soʻzni dunyoning boshqa biror tilida uchratmaysiz.
Zahriddin Muhammad Bobur oʻz asarlaridan birida Alisher Navoiy turk nazmida bayroq koʻtarib, bitta qalam bilan dovrugʻini dunyoga yoyib, turk tilining oʻlgan ruhiga Masih nafasdek jon ato qilganligini yozgan edilar.
Bugun ham tilimizga boʻlgan hurmatsizlik holatlar uchramoqda. Biz yoshlar ham xuddi Navoiy bobomizdek, tilimiz qaddini hamisha sarbaland etmogʻimiz shart. Tilimiz bilan bogʻliq muammolarning yechimi esa-ona tilimizni sevish, uni ardoqlash bilan bogʻliqdir. Mana shu pallada koʻp narsa bizga bogʻliqdir. Bir yoqadan bosh chiqarib, tilimiz himoyasi uchun birlashishimiz, katta maydonga chiqishimiz shart.
Haykal qoʻyishga arzigulik tilimiz bor, biz bu haykalni avvalo, qalbimizda unga boʻlgan cheksiz hurmat orqali namoyon boʻlmogʻi lozim, soʻzlayotgan soʻzlarimiz va qilayotgan amallarimiz bilan ona tilimiz qadrini yuksaltiraylik!



Download 92.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling