1. Bolalar folklor qo‘shiqlari xalqimizning tuganmas merosi. Ramazon kuy – aytimlari Mavsumiy marosim qo‘shiqlari
Download 18.32 Kb.
|
1- amaliy mash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.«CHoriy – chanbar».
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: O'zbek bolalar musiqiy folklori asarlari Reja: 1. Bolalar folklor qo‘shiqlari xalqimizning tuganmas merosi. 2. Ramazon kuy – aytimlari 3. Mavsumiy marosim qo‘shiqlari. 4. O'zbek bolalar musiqiy folklori asarlari namunalar. Bolalar folklori o‘tgan asrning 20 yillarigacha bolalarni badiiy - etetik tomondan tarbiyalashning birdan – bir vositasi edi. O‘zbek bolalar folklori kompozitorlarimiz uchun bitmas tuganmas ijod manbaidir, o’zbek bolalar folklorining ayrim namunalaridan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda. Misol uchun kompozitor Sh.Yormatov ko‘p ovozli bolalar xori uchun moslashtirgan «Boychechak» qo‘shig‘ini ko‘rsatish mumkin. Bolalar folklor qo‘shiqlari xalqimizning o‘ziga xos hayot faoliyati davomida inson yoshlik davrining muayyan bosqichlariga mos ravishda kichik yoshdagi bolakaylar olami bilan kattalar dunyoqarashining uyg‘unlashuvi ostida shakllanib kelgan. Ular orasida ayniqsa bolalar o‘yin - qo‘shiqlari alohida ajralib turadi. O‘zbek xalq musiqa merosida bunday qo‘shiqlar juda ko‘p. «Boychechak», «Ramazon», «Zuv - zuv borag‘ay», «CHoriy – chanbar», «CHittigul», «Oq terakmi - ko‘k terak», «CHillak», «Kim oladi - ya – shuginani – ya», «Lanka», «Quyon», «CHuchvara qaynaydi» kabi qo‘shiqlar ijro xususiyatiga ko‘ra kuylash bilan birga biror - bir jismoniy harakatlarni bajarish orqali ijro etiladi. Bunday qo‘shiqlarni ijro etish davomida o‘quvchi - yoshlarda qo‘shiq kuylash malakalari bilan birga chaqqonlik, sabr - toqat, chidamlilik, topqirlik va maqsadga intilish xislatlari shakllanadi. Qo‘shiqlarning g‘oyaviy - badiiy mazmuni esa yoshlarda estetik madaniyatni tarkib topishiga xizmat qiladi. Shu o‘rinda I. Qudratov, N. Tolliboevlar tomonidan chiqarilgan «Boshlang‘ich sinf musiqa darslarida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish» nomli uslubiy qo‘llanmasidagi folklor qo‘shiqlaridan ikkitasini o‘rgatish holatini keltirib o‘tamiz: 1.«CHoriy – chanbar». Bu bolalar folklor qo‘shig‘ini ijro etish holati quyidagicha: - bolalar davra qurib, oyoqlarini oldinga cho‘zib o‘tiradilar. Boshlovchi qo‘shiqni kuylay turib barmog‘i uchini bolalar oyoqlariga tekkizib sanaydi. Sanoqning oxiri kimda to‘xtasa, shu bola boshlovchining u yoki bu shartini bajaradi (raqsga tushadi, bir oyoqda turadi va hokazo). Download 18.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling