1. Bolalar folklor qo‘shiqlari xalqimizning tuganmas merosi. Ramazon kuy – aytimlari Mavsumiy marosim qo‘shiqlari


Download 18.32 Kb.
bet2/4
Sana19.10.2023
Hajmi18.32 Kb.
#1710111
1   2   3   4
Bog'liq
1- amaliy mash

2.«Oq terakmi - ko‘k terak». Bolalar teng ikki guruhga bo‘linib, ma’lum masofada qo‘l ushlashib turadilar. O‘yin shartiga ko‘ra bir tomon «Oq terakmi -ko‘k terak, bizdan sizga kim kerak?» deb kuylashadi. Qarshi tomondagilar esa boshlovchi guruhdan bir bolaning ismini aytishadi. Ismi tilga olingan bola yugurib qarshi guruhdagi bolalar zanjirini yorib o‘tishga harakat qiladi. Yorib o‘tsa g‘olib sifatida bir bolani o‘z guruhiga etaklab keladi. O‘yin shu tariqa bir guruh g‘olib bo’lguncha (bir guruhda bir bola qolguncha) davom etadi.
Ramazon kuy - aytimlari
Xalqimiz hayotida muqaddas Ramazon oyi bilan bog‘liq o‘ziga xos musiqiy an’analar yuzaga kelgan. Chunonchi, bu oyning har tunida mahalla (yoki qishloq) ahliga eshitilarli qilib, tom boshida, qo‘shnog‘ora usullar turkumi chalinadi. Bundan tashqari, mazkur oyning uchinchi kunidan boshlab kattalar yoki bolalar ishtirokida Ramazon marosimi o‘tkaziladi. Marosim ishtirokchilari bo‘lgan ramazonchilar xufton vaqti bo‘lgach, har bir xonadon eshigi oldida to‘planishib, «Ramazon» yoki «YO, Ramazon» aytimini kuylashadi va bunga javoban uy egalaridan turli pishiriq va hadya - ehsonlar olishadi. Xilma - xil ko‘rinish (variant)larda mavjud bo‘lgan Ramazon aytimlari mazmunan o‘zaro yaqin bo‘ladi. Jumladan, ularning she’riy to‘rtliklarida xonadon egalariga nisbatan yaxshi istak va ezgu -niyatlar bildiriladi. Ramazon aytish odati qadimdan an’ana ekanligi yodga solinadi, ba’zan esa hazil - mutoyiba va hajviy mazmundagi bandlar ham kuylanadi. Naqorat sifatida «YO, Ramazon» yoki «Salom ayting Muhammad Mustafoga, Salom ayting Alisheru Xudoga» misralari takrorlanib turadi.
Etiborli joyi shundaki, garchand Ramazon aytimlari ijro etilishi vaziyatlariga ko‘ra bahor mavsumiga oid «Boychechak» va boshqa band - naqorat shaklli darakchi qo‘shiqlarga monand bo‘lsada, ammo kuy - ohanglari nuqtai nazaridan ko‘proq oilaviy marosim aytimlariga o‘hshashdir. Kichik uchlik ohangida o‘qiladigan quyidagi «Ramazon» aytimi bu fikrga yaqqol misol bo‘la oladi.

Download 18.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling