1. Bolalar folklor qo‘shiqlari xalqimizning tuganmas merosi. Ramazon kuy – aytimlari Mavsumiy marosim qo‘shiqlari
Ramazon Notaga oluvchi N. Toshtemirov Mavsumiy marosim qo‘shiqlari
Download 18.32 Kb.
|
1- amaliy mash
Ramazon Notaga oluvchi N. Toshtemirov
Mavsumiy marosim qo‘shiqlari. Mavsumiy marosim qo‘shiqlarining eng ko‘p namunalari go‘zal bahor fasli va undagi asosiy sana - Navro‘z bayramiga bog‘liq ijod etilgan. E’tiborli joyi shundaki, bu toifa namunalar asosan bolalar folklori tarqibida bizgacha etib kelgan. CHunki bolalar ham kattalar qatorida aksariyat marosimlarda qatnashib kelganlar. O‘rta Osiyo xalqlari islom dinini qabul etishi munosabati bilan g‘ayri e’tiqodga asoslangan marosimlar o‘zining ijtimoiy moxiyatini yo‘qota boshladi. Ammo bir qator marosimlarning ma’lum voqelik o‘yinlariga asoslanganligi pirovardida bolalar tabiatiga nihoyatda mos edi va shu jihatdan ham ular faoliyatida saqlanib qolgan. Xususan, «Boychechak», «Laylak keldi», «Qaldirg‘och», «CHitti gul», «0q terakmi, ko‘k terak» kabi hozirda ma’lum o‘yin - qo‘shiqlar shu tarzda bizgacha etib keldi. Ma’lumki, o‘tmishda bahor elchilari sifatida ayrim qush (laylak, turna, qaldirg‘och) va ko‘klam o‘simliklari (boychechak, binafsha va b.) alohida e’zozlangan va, hatto, ular bilan bog‘liq turli ishonch va qarashlar ham shakllangan. Masalan, erta bahorda laylakni ko‘rish baxtdan nishona bo‘lsa, laylak uchib kelgan tomondan kelgan odam qishloqqa qut-baraka keltiradi, deb e’tiqod qilingan. Turnalar ham ko‘p narsadan «darak» bergan. CHunonchi, barvaqt uchib kelgan turna erta bahorni daraklasa, pastlab uchgan turna rizq - ro‘zg‘or unumli bo‘lishini anglatgan va h.k. Irimga ko‘ra, bahor elchilarini birinchi bo‘lib ko‘rgan odam bu xaqda boshqalarni ham tezroq xabardor etishi lozim edi. SHu maqsadda «xushxabarchilar» baland joylarga chiqib, maxsus hayqiriqlar ila atrofga jar solishgan. Xushxabarni eshitgan katta - kichik to‘planishib, bu xaqda qishloqma – qishloq, maxallama - maxalla «jar solib» yurishgan. Jar solishning kuydagi in’iqosi bo‘lgan bu toifa ohanglarni shartli ravishda «jarchi ohanglar», «Darakchi ohanglar» yoki «Xabarchi ohanglar» kabi atash mumkin. 17_Misol: Arg‘amchi Notaga oluvchi (namuna) O. Ibrohimov Aytimda P - bosqichning kelmasligi darakchi ohang vositasi qo‘llanganligi bilan sharhlanadi. Ittifoqo, qo‘shiqning naqorat qismlari jarchi ohanglarining quyi sakrama tovushlariga «qurilgani» holda, bandlari yuqori sakrama ohanglari asosida aytiladi. Jarchi ohanglarining yorqin namunasi qish fasliga oid «Oftob chiqdi» qo‘shig‘ida namoyon bo‘ladi. Qish kunlari ba’zan quyosh chiqib, kun isiy boshlaydi. Bundan quvongan bolalar ota - onalari, qarindosh - urug‘lari yoki qo‘ni - qo‘shnilari oldiga yugurib borib, shirinlik yoki biror boshqa hadya olish ilinjida guyo bahor kelganidan darak bera boshlaydilar. CHunki bayram bahor faslida jarchilarga egulik pishiriqlar va turli in’omlar berish odat tusini olgan edi. Ammo «Oftob chiqdi» qo‘shig‘i qish faslida aytilganligi va demakki, bahor kirib kelishi uchun hali ma’lum fursat borligini nazarda tutib, kattalar darakchilarni «quruq» qaytarishadi ya’ni hadyalar berilmaydi. Mazkur aytim barcha xususiyatlari bilan bahor mavsumi qo‘shiqlariga mos keladi. Umuman shuni aytish kerakki, darakchi ohanglar bolalar folklori bo‘lgan «Boychechak», «Tomdan tarasha tushdi», «Quyonim», «Zuv - zuv boragay», «CHitti gul», «CHuchvara qaynaydi», «Oshxo‘r akam» kabi ko‘plab o‘yin - aytimlariga nihoyatda tabiiy singib ketgan. SHu boisdan ham darakchi ohanglar bolalar ijodining muhim xususiyati sifatida «bolalar - ohang lug‘ati» ga aylangan. Download 18.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling