Amir temurning harbiy salohiyati


Download 0.71 Mb.
bet1/10
Sana30.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1734155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMIR TEMURNING HARBIY SALOHIYATI

AMIR TEMURNING HARBIY SALOHIYATI

  • AMIR TEMURNING HARBIY SALOHIYATI
  •  
  • Reja:
  • 1.Amir Temur mohir sarkarda va lashkarboshi.
  • 2.Amir Temur qo‘shinining tuzilishi.
  • 3.Amir Temurning yurishlari va davriy chegaralari:
  • 4.Uch yillik, besh yillik, yetti yillik yurishlar.

Amir Temur mohir sarkarda va lashkarboshi.

  • Amir Temur mohir sarkarda va lashkarboshi.
  • Harb tarixi Temurbekni jaxonning eng buyuk sarkardalardan biri sifatida, hakli ravishda tan oladi.
  • Uning harbiy iste’dodi asosan ikki yo‘nalishda : mohir harbiy tashkilotchi va atoqli sarkarda tarzida yorkin namoyon bo‘ldi. (Mo‘minov I.M. «Rol i mesto Amiro Temura v istoriii Sredney Azii. 28-29 bet).
  • Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi sifatida Temurbek o‘ta intizomli armiya tuzishga , muhoraba chog‘ida qo‘shin qismlarini san’atqorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qandayy to‘sik va koyalarni tadbirqorlik bilan bosib o‘tishga, armiyadagi jangovor ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo‘ldi.

MAVZU: Amir Temur va Temuriylar davlati

MAVZU: Amir Temur va Temuriylar davlati

To‘liq ismi Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul bo‘lgan bu buyuk tarixiy shaxs o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysidir. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta`riflanadi. Amir Temurning onasi Takinaxotun buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Ubaydulla ibn Mas`udning avlodi (1350-yil vafot etgan) edi. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqolilaridan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining e`tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari esa Chig‘atoy saroyi mulozimlari qatoridan o‘rin tutgan. Ular Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Shu boisdan Amir Temurning otasi Amir Tarag‘aybek ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt bek va biylarining umum qurultoyiga taklif etilar va bunday yig‘inlarda qatnashardi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling