Amir Temurning harbiy yurishlari Farg’ona Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Mo’ydinov Muhammadali


Download 67 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi67 Kb.
#1498517
  1   2   3
Bog'liq
Amir Temurning harbiy yurishlari (2) (2)


Amir Temurning harbiy yurishlari
Farg’ona Davlat Universiteti Tarix fakulteti
3-kurs talabasi Mo’ydinov Muhammadali
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlari, jangdagi qo’llagan harbiy taktikalari, mohir harbiy tashkilotchiligi va harb sohasida o’z davrining yetuk shaxslaridan biri ekanligi haqida so’z boradi. Bundan tashqari mazkur maqolada Temurbekning bosib olgan hududlari tog’risidagi qisqacha ma’lumotlar ham berilgan.
Аннотация: В данной статье рассказывается о военных походах Сахибкирона Амира Темура, военной тактике, применяемой в бою, искусной военной организации, а также о том, что он является одним из самых зрелых людей своего времени на военном поприще. Кроме того, в этой статье также приведены краткие сведения о территориях, завоеванных Темурбеком.
Abstract: This article talks about Sahibqiron Amir Temur's military campaigns, military tactics used in the battle, skillful military organization, and the fact that he is one of the most mature people of his time in the military field. In addition, this article also provides brief information about the territories conquered by Temurbek.
Kalit so’zlar: harbiy yurishlar, siyosiy jarayon, To’xtamishxon, cherkes yurishi, Zinda Chashm, uch besh va yetti yillik yurushlar, Eron qo’zg’oloni.
Ключевые слова: военные походы, политический процесс, Тохтамыш-хан, Черкесский поход, Зинда Чашм, трех-пяти- и семилетние походы, иранское восстание.
Key words: military campaigns, political process, Tokhtamish Khan, Circassian campaign, Zinda Chashm, three-five and seven-year campaigns, Iranian uprising.
Kirish. Amir Temur ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahriga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Temur yoshlik chog’idan harbiy ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori , amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) hissasi katta. Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi.Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong’i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati, shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazag’on bilan yaqinlashtirdi .Xondamirning yozishicha otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush og’aga, so’ngra Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, amir Qazag’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi. Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo’jandda amir Boyazid jaloyir, Balxda O’ljay Bug’a Sulduz, Shibirg’onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar. [2:195]

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling