Ammiakning laboratoriya va sanoatda olish usullari


Download 16.01 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1782432
Bog'liq
Документ Microsoft Word123


Ammiakning laboratoriya va sanoatda olish usullari

Olinishi. Azot vodorod bilan bir nechta birikmalar hosil qiladi. Ulardan eng muhimi ammiak hisoblanadi.

H- N- H struktura formulasi
H
Laboratoriyada olinishi.

Laboratoriya sharoitida ammiak ammoniy xlorid bilan so`ndirilgan ohak aralash-masini ohista qizdirish yo`li bilan olinadi.

2 NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3 + H2O

Hosil bo`lgan NH3 so`ndirilmagan ohak (CaO) bilan quritiladi. Uni CaCl2 yoki H2SO4 bilan quritib bo`lmaydi, chunki ammiak bu moddalar bilan ximiyaviy reaktsiyaga kirishadi. Sanoatda ammiakning olinish usullari 1-usul. Azot va vodoroddan sintez qilish

N2 + 3H2 = 2NH3 + Q

Reaktsiya faqat katalizator ishtirokida boradi. Katalizator sifatida alyuminiy va kaliy oksidlari bilan aralashtirilgan temir metali ishlatiladi. Boshlang`ich moddalardan N2 suyuq havodan vodorod suvdan olinadi. Elementlardan ammiak sintez qilish nazariyasi ancha murakkab protsess bo`lib Le-Shatele printsipiga asoslangan, eng qulay shart-sharoitlardagina amalag oshadi. (Texnologik protsess TNV)
Ammiakning toshko`mirdan olinishi
Sanoatda ammiak olishning eski usullaridan biri toshko`mirni kokslashda
chiqadigan gazlardan ajratib olish usulidir. Toshko`mirda 2% gacha azot bo`lib uning 25% i quruq haydashda ammiak holida chiqadi. 1 t ko`mirdan 2-2,5 kg ammiak olish mumkin. Bu usulda toshko`mirdan chiqqan gaz suvda eritiladi. Bu ammiakli suv deyiladi. Uni isitib ammiak olish mumkin. Toshko`mirni quruq haydash bilan olinadigan ammiak unga bo`lgan extiyojimizni qondira olmaydi. Bu muammoni echishda butun dunyo olimlari bosh qotirishdi. Havoda hajm jixatdan 78,09% og`irlik jihatdan 75,53% N2 bo`lganligi uchun, havodagi erkin azotni bog`lab azot birikmalari hosil qilish ustida olimlar o`ylashdi. 1869 yildagi Mendleevning ―Ximiya asoslari‖ - asaridagi havo azotini bog`lash problemasini o`rganib, havo azotidan N2 – birikmasi olish usulini topishdi. Mendleevning bu asarida ―Qishloq xujaligining kelajagi shunday usulning topilishiga ko`p darajada bog`liq‖ deyilgan. 1-chi usul ya'ni azot bilan vodorodni biriktirib NH3 olish 1908 yilda taklif qilingan edi. Ammiakning sianamid usuli bilan olinishi (1905-1910 yillar) Kaltsiy karbid CaCl2 yuqori to da havodagi erkin N2 bilan birikib kaltsiy sianamid hosil qiladi. CaC2 ko`mir bilan ohakdan olinadi.

CaC2 + N2 = CaCN2 + C + 7 kkal

CaCN2 ning tuzilish formulasi
Ca = N - CN
bo`lib rangsiz poroshok, unga ko`mir qo`shilganda kul rang kukun hosil bo`ladi. CaCN2 6 atm bosimda 100 0C dan yuqori to gacha qizdirilgan suv bug`i ta'sirida CaCO3 va NH3 - ga ajraladi.
CaCN2 + 3H2O = CaCO3 + 2NH3 + 21 kkal

Bu usulning ahamiyati sanoatda uncha katta emas. Sanoatda ammiakning azot bilan vodoroddan sintez qilish eng muhim usul bo`lib, u borgan sari rivojlanmoqda. Ammiakning eng muhim xossalaridan biri uning kislotalar birikib ammoniy tuzlari hosil qilishidir.

NH3 + HCl =NH4Cl
NH3 + H3PO4 =NH4H2PO4

Bu reaktsiyalardan ammiak birikish reaktsiyalariga moyilligi ko`rinadi.
Ammiak kuchli qaytaruvchi. Qizdirilganda u mis (II) - oksidini qaytaradi, o`zi esa erkin azotgacha oksidlanadi.

2 SiO + 2 NH3 = 3 Si + N2 + 6H2O

Ishlatilishi. Ammiakning ko`p miqdori nitrat kislota, N2 - tutuvchi mochevina soda olish sanoatida, suyuq ammiak va uning suvdagi eritmalari suyuq o`git sifatida ishlatiladi. Azotning kislorodli birikmalari 6 ta kislorodli birikma hosil qiladi. N2O, NO, N2O3, N2O4, N2O5, NO2 Azotning barcha oksidlari orasida NO va NO2 nitrat kislota ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Nitrat kislota HNO3
orlashda ishlatiladi.
Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling